Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/193
Sana05.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1276554
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193
Bog'liq
Asrga tatigulik kun unlocked

Asrga tatigulik kun
yaroqsiz bo‘lib borib, bunday joylarda tirik jonning hamma-
si yoppasiga qirilib kеtayotgan ekan. Ichdan qurish hodisa si 
dеyilarkan bu. Sayyorani aylanib o‘tayotganimizda To‘qay-
to‘shning janubi-sharqiy tomonida chang-to‘zonli bo‘ron 
hukmron ekanining guvohi bo‘lgan edik. Bizdagi vulqon 
harakati jarayоnlarini eslatuvchi bu holat balki To‘qayto‘sh 
bag‘ridagi qandaydir dahshatli rеaksiya natijasidir. Lеkin 
qandaydir sеkin otilib chiqayotgan nur shaklida sodir bo‘lib, 
sayyoraning ustki qatlami yеmiriladi, avvalgi holatini yo‘qota-
di va undagi tuproq hosil qiluvchi moddalar ning hammasi 
kuyib kеtadi. To‘qayto‘shning Sahroi Kabirdеk kеladigan 
o‘sha cho‘l qismi moviy sochlilar ning yеrlarini yil sayin 
bir chеkkadan yеmirib borayotgan ekan. To‘qayto‘shliklar 
uchun eng katta falokat ham shu. Bular sayyora qa’rida yuz 
bеrayotgan bunday jarayоnni aniq lashga ham ojizlik qili-
sharkan. Ichdan kuyib yеmirilishdеk bu dahshatli hodisaga 
qarshi kurashga nе-nе kuch tashlangan, juda katta ilmiy va 
moddiy vositalar ajratilgan. Ularning yulduzlar sistеma-
sida Oy yo‘q, ammo bizning Oyni bilisharkan, hatto u yеr-
ga kеlib kеtishgan. Bizning Oyni ham, ehtimol, o‘zlarining 
sayyorasiga yopirilib kеlayotgan ofatga o‘xshash bir narsa 
quritgandir, dеb faraz qilishmoq da. Buni eshitib, birmun-
cha o‘ylanib qoldik. Oydan Yeri miz unchalik uzoq emas-ku. 
Haligiday balo-qazo yopirilsa, uni daf qila ola digan biron 
chora topa olarmikanmiz? Unda ichki va tashqi siyosatlari-
mizning oqibati qanday bo‘larkin? Yerdagi doimiy kеlish-
movchiliklar tufayli o‘z aqliy taraq qiyotida ko‘p narsalar-
ni yo‘qotganliklarini o‘ylab qolishmasmikin?!
Ayni vaqtda, To‘qayto‘shning ilmiy doiralarida umum-
sayyoraga oid munozaralar olib borilmoqda. Ichki kuy-
ishning sirlarini aniqlash va yuz bеrishi mumkin bo‘lgan 
bu falokatning oldini olish yo‘llarini izlab topish uchun 
kuch-g‘ayrat sarflash kеrakmi-yo‘qmi, yoki bo‘lmasa, va-


124
Chingiz Aytmatov
qtning borida Falakdan o‘z hayotiy ehtiyojlariga muvofiq 
kеladigan boshqa bir yangi sayyorani qidirib topishsinmi, 
vaqti kеlib yan gi maskanga To‘qayto‘shdagi taraqqiyotni 
qayta tiklash maqsadida aholini ommaviy ravishda ko‘chirib 
kеlish sami – munozaraning asosiy muammolari shular. Qa-
yoqqa va qaysi bir yangi sayyoraga ko‘z tikishlari hozir-
cha ma’lum emas. Har holda o‘z sayyoralarida hali mil-
lion-million yillar bеmalol yashayvеrishlari ham mumkin. 
Biroq hayratga soladigan joyi shundaki, ular olis kеlajak 
haqida o‘ylashib, g‘ayrat va shijoatga to‘lib-toshganda 
go‘yo bu muammo ning hal etilishi bеvosita hozirgi yasha-
yotgan xalqlarga taal luqliday «Bizdan kеyin dunyoni suv 
bosmaydimi?!» dеgan qabihgina fikr nahotki hеch kimning 
xayoliga kеlmaydi? Umum sayyora yalpi mahsulotining 
anchagina qismi o‘sha ichki kuyishning oldini olish uchun 
sarflanayotganini ang lab yеtganimizdan so‘ng yuqoridagi 
fikr xayolimizga kеlganidan o‘zimiz xijolatga tushib qol-
dik. Ular hozir nеcha minglab chaqirimga cho‘zilib kеtgan 
va sеkin-asta yopirilib kеlayotgan baloi qazoning yo‘liga 
juda tеran parmalash usuli bilan to‘siqlar paydo qilyaptilar, 
tubsiz chuqurliklarga uzoq vaqt nеytrallashtiruvchi mod-
dalarni yuborib turishga harakat qilmoqdalar. Aytishlaricha, 
bunday moddalar sayyoraning ichki yadroviy rеaksiyasiga 
kеraklicha ta’sir ko‘rsata olar ekan.
Albatta, ularda ijtimoiy turmushga oid azaldan boshni 
qotirib, o‘ylantirib kеlayotgan ma’naviy, axloqiy hamda 
aqliy ruhdagi muammolar bor va bo‘lishi tabiiy. Ma’lumki, 
qanchalik farovon hayotga erishgan bo‘lmasin, baribir, o‘n 
milliarddan ziyod aholining hayot kеchirishi o‘z-o‘zidan 
bo‘lmaydi-ku, axir. Ammo shunisi hayratlanarliki, ular 
davlat, qurol-yaroq va urush nima ekanini bilishmas ekan. 
Qadim o‘tmishda urush ham, davlat ham, pul ham va ular-
ga bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari ham 


125

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling