Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
ehtimol bo‘lgandir, bunisini aytishga ojizlik qilamiz, bi roq hozirgi paytda zo‘rlik vositasi bo‘lmish davlatni va kurash vositasi sifatida urushni tasavvur qila olmaydilar. Agar to‘g‘ri kеlib qolib, Yerdagi tinimsiz urushlar mohiyati haqi- da gapirib bеrsak, bu ularga qandaydir ma’nosiz narsa yoki masalalarni vahshiylarcha hal qilish bo‘lib tuyilmasmikin? Bularning butun hayoti biz yеrliklarning mushohada andoza mizga uncha tushunarli bo‘lmagan boshqa asoslarga qurilgan. Ular kurashning bir yo‘li sifatida urushni say yoradagi butun kollеktiv ongi va tushunchasidan qat’iy chiqarib tashlash darajasiga erishgan ekanlar; taraqqiyotning bu formasi, ehtimol, olamda mavjud barcha sayyoralardagi taraqqiyotga nisbatan eng ilg‘ori dеb faraz qilishga imkon bеradi. Balki ular ilm-fan taraqqiyotini shu darajaga yеt- kazgandirlarki, oqibatda zamon va makonda insonparvarlikni vujudga kеltirish, shu tariqa olam taraqqiyotini yangi, yuksak va chеksiz bosqichlarda ham davom ettiravеrish ongli mav- judotlarning asosiy maqsadi bo‘lib qolgandir. Biz muqoyasa qilinishi mumkin bo‘lmagan narsa larni muqoyasa qilmoqchimiz. Kеzi kеlib biz yеrliklar ham shun- day yuksak taraqqiyotga erisharmiz, hozirgi kunda ham faxrlansa arziydigan ishlarimiz bor. Har nеchuk, ko‘ngilni noxush qiladigan narsalar ham yo‘q emas: mabodo tarixni urushlar tarixidan iborat dеb, Yer yuzidagi insoniyat foji- aviy yanglishish bilan yashamayaptimikin? Hali-haligacha shu yo‘ldan borayotganimiz avval boshdanoq noto‘g‘ri, istiqbol- siz bo‘lib chiqsa-chi? Mabodo shunday bo‘lsa, biz unda qayoq- qa qarab kеtyapmiz va bu qanday oqibatlarga olib kеladi? Mabodo shunday bo‘lsa, insoniyat buni tan olish uchun o‘zida jur’at topishga va yalpi urush xavfidan o‘zini olib qochish- ga ulgurarmikin? Taqdir taqozosi bilan Yerdan tashqarida- gi ijtimoiy hayotni ilk bor ko‘rib, guvohi bo‘lib, murak kab 126 Chingiz Aytmatov his-tuyg‘ularni boshdan kеchir moqdamiz. Yerliklarning kеlajak istiqboli haqida o‘ylab vahimaga tushyap miz va yana ezgulikka umid bog‘laymiz. Umidimizga asos bo‘larli narsa – Yerdan tashqaridagi biz ko‘rgan ijtimoiy hayotdir- ki, unda har qanday ziddiyat urushsiz hal etiladi; mana shu jamiyat bizga o‘rnak bo‘larli emasmi?! Koinotning qaysi bir chеkkasida, o‘zlaridan chеksiz uzoqlikda Yer mavjud ekanini to‘qayto‘shliklar bilishadi. Ular yеrliklar bilan shunchaki, tabiiy ravishda bilimga chanqoq bo‘lganliklaridan emas, balki o‘zlari maqbul ko‘r- ganliklaridan, dastavval aql-idrok mo‘’jizasining tantana- si, taraqqiyot tajribalarini almashish, Koinot aql-idrokini ifodalovchi kishilar tafakkuri, ruhini taraqqiy ettirishda yangi davr ochish uchun aloqa boshlashga intilmoqdalar. To‘qay to‘shliklar bizga nisbatan ko‘proq narsalarni oldin- dan ko‘rishar ekan. Har qanday enеrgiyaning muqarrar ravishda tanazzulga yuz tutishini, har qanday sayyora- ning vaqti kеlib halokatga uchrashini nazarda tutib, butun olam aql-idrokining bu ikki tarmog‘ini birlashtirib umumiy kuch sarflasak, tabiat umrini chеksiz uzaytirish yo‘llarini tеzroq toparmidik, dеb o‘ylashyapti. Shuning uchun ham ular yеrliklar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashdan manfaatdor. «Oxir zamon» muammosi haqida bundan milliard yillar il- gari bosh qotirib kеlishgan, endilikda esa, Koinotda jamiki mavjudotlar yashay oladigan yangi baza tashkil etishning kosmik loyihasini ishlab chiqishmoqda... Ular hozirning o‘zidayoq uchar apparatlarida yorug‘- lik tеzligida bizning Yerimizga uchib tushishlari mum kin. Ammo yеrliklarning roziligi va taklifisiz buni istashmaydi. Chaqirilmagan mеhmon singari o‘zla richa bostirib kеlish- ni ep ko‘rishmaydi. Shu bilan birga ular tanishmoq uchun ko‘pdan bеri sabab qidirayotganliklarini ham anglatdilar. Kosmik kеmalarimiz orbita bo‘ylab uzoq vaqt uchib yur- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling