O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash
Download 313.87 Kb.
|
tim slayd A.Nasiba
O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlashO'quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat:
Sinf o‘quvchilari bilimining sifatini oshirish, to’la o’zlashtirishga erishish sinf rahbarining muhim vazifalaridan biridir. Chunki bu o‘quv ishigina emas, balki tarbiyaviy vazifa hamdir. Bilimlarni egallashga qiziqish, diqqat, qat’iyat, tirishqoqlik va sabotlilik o‘quvchilar bilimi sifatini oshirishning muhim shartidir. Shuning uchun ham sinf rahbari o‘quvchilarda shu xususiyatlarni shakllantiradi, o‘quv vaziflariga ongli munosabatni tarbiyalaydi. Sinf rahbari shu maqsadda fan o’qituvchilarining darslariga qatnashadi, ular bilan suhbatlashadi, o’z o‘quvchilarining darslariga munosabatini, o’zlashtirishlarini doim nazorat qilib turadi. Sinf jurnallarini, o‘quvchilar kundalik daftarlarini kuzdan kechirib, baholarini tahlil qiladi.O‘quvchilar bilimining sifatini oshirishga ota - onalarni ham jalb etish kerak. Ularga o‘quvchilar oldida ma’ruzalar, estalik va xotiralar bilan chiqishlarini, suhbatlar o’tkazishni, sayr va ekskursiyalarga olib borishga yordamlashishlarini topshirish mumkin.
Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun ham tarbiya jarayoni ham, uning qoida va usullari ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning samarasi - bu qoida va usullaraing to‘g‘ri qo‘llanishiga, tanlangan vosita va usullar muayyan ijtimoiy guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, ularning tarbiya vazifalari va maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog‘liqdir.O’qituvchi o‘quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hech qaysi o‘quvchini nazardan chetda qoldirmasiligi darkor. O‘quvchilarning xulq-atvori tartib intizomi, o‘zlashtirish ko‘p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Ba’zi bir o‘quvchi o‘zining o‘qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgurmaydi, ikkinchi birining darsda yaxshi javob berishga o‘z jur’atsizligi, tortinchoqligi halaqit beradi, yana birining yaxshi o‘qishiga o‘zlashtirilmaganligining sabablarini bilgan taqdirdagina, uning oldini olish borasida, real va ta’sirchan tadbirlar qo‘llash mumkin bo‘ladiDownload 313.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling