Chingiz aytmatov va jahon adabiyoti


Download 26.84 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi26.84 Kb.
#1798942
Bog'liq
Ch.Aytmatov axborot xati УЗБЕКЧА



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI
CHINGIZ AYTMATOV VA JAHON ADABIYOTI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish bo‘yicha








AXBOROT XATI

2023-yil 23-noyabr kuni Farg‘ona davlat universitetida jahon adabiyotining yirik vakili Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bagishlangan “Chingiz Aytmatov va jahon adabiyoti” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.


Anjumanda qatnashish uchun respublika va xorijning yetakchi olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar hamda mustaqil tadqiqotchilar taklif etiladi.
Anjuman materiallari to‘plam shaklida nashr qilinadi. Anjuman yo‘nalishlari:
1. Chingiz Aytmatov poetik olami masalalari.
2. Chingiz Aytmatov ijodi va tarjima muammolari.
3. Turkiy xalqlar adabiyotida Chingiz Aytmatov ijodi o‘rni.
4. Chingiz Aytmatov nasrida globallashuv muammolari.
5. Adabiyotshunoslik va tilshunoslikning dolzarb masalalari.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:
1.Tezislar (maqolalar) anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzuda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida taqdim etilishi lozim.
2. Maqola hajmi – 5-7 bet.
3. Matn formati: MS Word – 2003/2007. Times New Roman shrifti, 14 kegel kattalikda bo‘lishi kerak. Satrlar oralig‘i 1,5 interval. Chegara o‘lchovlari: yuqori va quyi – 2 sm, chap tomon – 3 sm, o‘ng tomon – 1,5 sm. Matn boshlanishida 1 sm. abzats tashlanadi, satr kengligi bo‘yicha formatlanadi.
4. Tezis nomi bosh harflar bilan o‘rtaga yoziladi. Navbatdagi qatorga muallif to‘liq familiyasi va ism-sharifi bosh harfi yoziladi. Navbatdagi qatorda tashkilot, shahar, davlat nomi to‘liq va manzili (telefon raqami, e-mail) ko‘rsatilishi shart. Ma’ruza bilan qatnashuvchi ishtirokchi familiyasi ostida chiziq bilan belgilanadi.
5. Maqola nomi, annotatsiyasi, kalit so‘z va iboralar (3 tilda), matn qismlari, adabiyotlarni rasmiylashtirish ilmiy maqola talablari doirasida bo‘lishi zarur.
6. Bir faylda faqat bir tezis bo‘lishi kerak, fayl nomi birinchi muallifning nomi bilan nomlanadi (masalan Xamidov M.M (Uzb).docx va Umrzoqov R.M (Eng).docx).
Ilmiy va texnik rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan, shuningdek, imloviy va ishoraviy xatolari ko‘p bo‘lgan, plagiatga asoslangan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi (ular haqida ogohlantirish, tuzatish va tahrirni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga olmaydi).

Anjuman tili: o‘zbek, ingliz, rus tillari.


Maqolalarni qabul qilish muddati – 2023-yil 1-noyabrgacha.
Anjumanning tashkiliy badali bir sahifa uchun 30.000 (o‘ttiz ming) so‘m.
(to‘lov rekviziti: 8600530483115401 (Po‘latova Dilafruz).
Tashkiliy qo‘mita manzili:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy. FarDU filologiya fakulteti, 27-xona, adabiyotshunoslik kafedrasi.
Maqolalarni elektron shaklda quyidagi telegram manzillariga yuborish mumkin:
@umarovdavron1, @Sayidolimov.
Mas’ul xodimlar: R.Umrzoqov
Tel. +99890 230 26 90 T.Mo‘minova
Tel. +99890 406 13 39


Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling