Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish - Chiqarish qurilmalari monitor, printer va boshqaruv qurilmalari kabi elementlarni oʻz ichiga oladi. Displey ekranlari (monitorlar) Monitor – kompyuterdagi maʼlumotlarni ekranda aks ettiradigan qurilma. Asosiy turlari: • CRT (cathode ray tube = katod nurli trubka); • TFT/LCD (thin film transistor = yupqa tasmali tranzistor); • IPS/LCD (planar kommutatsiya); • LCD (liquid crystal display = suyuq kristalli displey); • sensorli ekran.
CRT monitorlar - Bu monitorning eng arzon turidir. Shuningdek, ular eng eski versiya bo‘lib, nihoyatda ogʻir, shu sababli TFT monitorlar ularning oʻrnini deyarli toʻliq egallagan. Ular ekranga elektron nurini yoʻnaltirish orqali ishlaydi. Bu ekranlar bir xil oʻlchamdagi displey maydoniga ega, lekin TFT monitor CRT monitorga qaraganda ancha yupqa va yengil. CRT monitorning afzalliklaridan biri shundaki, ekrandagi tasvirni koʻrish uchun bevosita uning ro‘parasida boʻlishingiz shart emas.
TFT monitorlar - Ushbu monitorlar CRT monitorlardan farqli bo‘lgan texnologiyadan foydalanadi. TFT monitorlar elektronlar nuridan foydalanmaydi. Buning oʻrniga ekran ortida mitti rangli oynachalar bilan toʻsilgan oq yorugʻlikka ega bo‘ladi. Oynachalar ochilganda, yorugʻlik porlab chiqadi. Bir soniyada ushbu mitti oynalarni bir necha marta ochish va yopish orqali monitor aniq, rangli, harakatlanuvchi tasvir hosil qiladi. Bu texnologiya bloklarning juda ingichka boʻlishi mumkinligini anglatadi.
- TFT monitorlar CRT monitorlarga qaraganda nihoyatda kichik va yengil hisoblanadi. Shu sababli devorga oson va xavfsiz oʻrnatish mumkin. Agar ularni stol ustiga qoʻyish kerak boʻlsa, ular juda kam joy oladi. TFT monitorlardan labtop va mobil telefonlarda foydalaniladi; ular ekranda ancha kam yorug‘lik beradi, bu esa koʻz uchun foydali.
IPS/LCD monitorlar - Taʼkidlash joizki, LCD – texnologiyaning bir turi, IPS esa LCD ekranda ishlatiladigan panel turidir. Shuningdek, LED foydalaniladigan yorugʻlik turidir. Shu sababli IPS panelli va LED yoritkichli LCD ekranga ega boʻlish mumkin. IPS displeylar yaxshi koʻrish burchaklari va rang uzatish texnologiyasiga ega, shuningdek, ulardagi kontrast va qora darajalari ham yaxshi. Ularda reaksiya vaqtining (ekranda tasvirni hosil qilishi uchun ketadigan vaqt) boshqa turdagi displeylardan sekinroq ekanligi ularning kamchiligi hisoblanadi
Multimediali proyektor - Bular kompyuterdagi tasvirni keraklicha katta yuzada aks ettira oladigan qurilmalardir (2.13-rasmga qarang). Tasvir oʻlchamining yagona chegarasi proyektordan chiqaradigan yorugʻlikning kuchi yoki yorqinligidir. Boshqa barcha jihatlarda qurilma odatiy monitor ekrani bilan bir xil
Qurilma toʻliq koʻchma yoki devorga oʻrnatilgan holda ishlatilishi mumkin. Qurilmaning kamchiligi – tasvirlarni aks ettirish uchun kuchli va qimmat lampa kerak boʻladi. Ushbu lampalar moʻrt bo‘ladi, ayniqsa, proyektor qizib turganda harakatlantirilsa, lampaga zarar yetish darajasi oshadi.
- Printer va plotter qogʻoz yoki boshqa materiallar ustida belgilar va/yoki grafikalar yaratadigan chiqarish qurilmalaridir. Hammamizga ma’lumki, printerning bir necha turlari bor
- Lazerli printerlar kerakli natijalarni barabanga “chizish” uchun lazer nurlaridan foydalangan holda ishlaydi. Bu barabanning lazer tekkan qismlarida musbat elektr zaryadini hosil qiladi. Soʻng siyoh kukuni (toner deb ataladi) barabanga sepiladi hamda elektr zaryadi boʻlgan yerlarga yopishadi Purkagichli printer turli rangli siyohlar uchun bir necha naychalardan siyoh purkash orqali sahifaga ma’lumotni chop etadi. Naychalarga ega bosish tugmasi qogʻozni skanerlayotgan bir paytda, pogʻonali motor qogʻozni oldinga siljitadi. Ular yuqori sifatli natijani taʼminlaydi va sotib olish uchun ham boshqa printerlarga nisbatan arzon hisoblanadi
Keng formatli printer - Baʼzi ofislarda yirik jadvallarni chop etish uchun keng formatli printer ishlatiladi. Ulardan poligrafiya sohasida maketlar, plakatlar va boshqa hujjatlarnii bosib chiqarishda ham foydalaniladi. Jismoniy shaxslar ham oʻz suratlarini keng formatda chop etishni xohlashi mumkin.Ushbu jarayonda ham keng formatli printerdan foydalaniladi Plotter – vektorli grafikani chop etish qurilmasidir. Vektorli grafika, odatdagi tasvir formatlari(masalan, .jpeg, .bmp yoki .gif)dan farqli oʻlaroq, piksellardan emas; vektorli chiziq, kvadrat, uchburchak, egri chiziq va boshqa grafik shakllarni yaratishi mumkin boʻlgan boshlanish hamda tugash nuqtasiga ega chiziqdan hozil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |