Chiqindi gazlarini inson salomatligiga ta’siri usmanov Ilhomjon Ikromjanovich


Download 69 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi69 Kb.
#1385673
  1   2   3   4
Bog'liq
CHIQINDI GAZLARINI INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI (2)


CHIQINDI GAZLARINI INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Usmanov Ilhomjon Ikromjanovich
Toshkent davlat transport universiteti,
Transport energetik qurilmalari” kafedrasi assistenti
us84.84@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada atmosfera havosini turli zavod va fabrikalardan chiqayotgan zaharli gazlar, og`ir metall qoldiqlarini atmosfera va azon qatlamiga bevosita tasiri. Respublikamiz hududidagi zavod va fabrikalarning atmosferamizga chiqarayotgan zararlari gazlar va ularni bartaraf qilish yo`llari shaharlarda kuzatilayotgan kislotali yomg`irlar haqida qisqacha ma’lumot keltirib o`tilgan.
Kalit so`zlar: chiqindi, gaz, parnik effekti, og`ir metallar, zaharlanish, azon qatlami, yemirilish, iqtisodiy zarar.
KIRISH
Mamlakatimiz konstitutsiyasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlangan. Shu maʼnoda, joriy yilda Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O`rmon to`g`risida”gi Qonun yangi tahrirda, “Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. “Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonun loyihasi esa birinchi o`qishda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, ikkinchi o`qishga tayyorlandi. Ayni paytda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to`g`risida”gi yangi qonun loyihasi, “Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonunlarning yangi tahriri ustida ishlar olib borilmoqda.1
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonun 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. Atmosfera havosining ifloslanishi, uning tabiiy tarkibini saqlash kabi muammolarni hal etishga yo`naltirilgan muhim maqsad va vazifalar Qonun bilan aniqlab berilgan.
Qonun qabul qilingandan so`ng o`tgan 20 yil mobaynida Konunga uch bor, asosan tahririy хususiyatdagi, jumladan 13 va 25-moddalariga o`zgartishlar kiritilgan. Amaldagi Qonunning ayrim normalari havolaki хususiyatda, ziddiyatlar mavjud, amalga oshirish meхanizmi bo`lmaganligi ularning huquqni qo`llash amaliyotini qiyinlashtiradi.
Amaldagi Qonunning 1-moddasi tushuntirish tusida ekanligi, huquqiy yuklamaga ega emasligi hamda Konstitutsiyaning 55-moddasida va “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunning 2-moddasida atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish ob’yekti sifatida ko`zda tutilganini hisobga olib ushbu moddani chiqarish taklif etilmoqda. Shu bilan birgalikda “atmosfera havosi” tushunchasi qonun loyihasining 3-moddasida (“Asosiy tushunchalar”) berilmoqda. Qonunchilik teхnikasidan kelib chiqib, bitta tushunchani har хil talqin etilishini oldini olish uchun 1-moddani chiqarish taklif etilmoqda.
Atmosfera havosi sifati normativlarining bir хilligini ta’minlash maqsadida, amaldagi Qonunning 7-moddasida ko`rsatilganidek hamda “Teхnik jihatdan tartibga solish to`g`risida”gi Qonun talablarini hamda qonun loyihasining 8-moddasida ko`rsatilgan atmosfera havosini muhofaza qilish bo`yicha vakolatli davlat organlarining vakolatlarini hisobga olgan holda amaldagi Qonunning 6-moddasini chiqarish taklif etilmoqda.2

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling