Ы=иш 4 – синф
Download 196.5 Kb.
|
Ota ona haqi4 - синф
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning rejasi
- Anglash strategiyasi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Namangan viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi Namangan shahar XTB ga qarashli 30-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi UBAYDULLAYEVA MARG’UBA O’qish fanidan bir soatlik Namangan
Mavzu: «Ota va ona haqini bilmak zikrida». Darsning rejasi: 1. Ota – ona farmonbardor. 2. Ota – ona haqi 3. Ekkaningni o'rasan 4. Aql – inson ziynati. Darsning maqsadi: O'quvchilarga ota – onaning ulug' zot ekanligi, ularni vaqtlarida e'zozlash zarurligini tushuntirish. Kaykovusning «Qovusnoma» nomli asari bilan o'quvchilarni tanishtirish. Darsning jihozi: Kaykovusning «Qobusnoma» kitobi, matn mazmuniga mos rasmlar, magnitafon, tarqatmalar. Darsning tarbiyaviy vazifasi: Asardagi otaning o'z o'g'liga qilgan nasihatlari orqali o'quvchilarga mehr – oqibat, qadr - qimmat, ota – onani qadrlash kabi insoniylik fazilatlarini o'rgatish. Darsning ta'limiy vazifasi: Matnni o'qitish orqali o'quvchilarning o'qish tezligi va nutq o'stirish malakasini oshirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O'qish malakalarini takomillashtirish, lug'atini boyitish. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, interfaol dars usuli. Darsning shiori: Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas Qo'lingdan kelgancha yig'a olsang bas. Darsning borishi: O'qituvchi Assalomu alaykum, Parvozga shay lochinlarim . Mustaqil yurt kelajagi, Alpomishu, Barchinlarim. O'quvchilar: Vaalaykum assalom, mehribon ustoz, Maktab degan qutlug' dargoh, Muqaddasdir bizga har chog' Bilim sari boshlar yo'lga, Aziz quchoq, tanish yo'lka. O'qituvchi: Rahmat aziz bolalar, O'tiringlar, marhamat. Tashkiliy qism: O'qituvchi: - Bolalar Vatanimiz qayer? - Mustaqil O'zbekiston. - Vatan deganda nimani tushunasiz? - Vatan bu – tug'ilgan makon - Vatan bu – sizu bizga dahldor zamin. - Vatan bu – muqaddas beshigim. - Vatan bu – onamning tunlari bedor aytgan allasi. - Vatan bu padarimning qilgan duosi. O'qituvchi: - Mustaqilik bizga nima berdi? - Biz yoshlarga bo'lgan e'tibor kuchaydi. - Yoshlarni ta'lim olishlariuchun katta imkoniyatlar yaratildi. - Sportga bo'lgan e'tibor kuchaydi. - Milliy an'ana va qadri yatlarimiz tiklandi. O'qituvchi: Barakalla bo'limdon bolajonlar. O'quvchilar bugungi darsimizni quyidagi tartibda olib boramiz. 1. Chaqiriq : Klaster usuli. 2. Anglash : Matnni o'qish 3. Fikrlash: Reja asosida so'zlab berish. Darsimizni chaqiriq strategiyasining klaster usuli bilan boshlaymiz. Har bir qator bittadan guruh hisoblanadi. Har bir qatorga 1 tadan so'z beraman. Sizlar «Klaster» usulida shu so'zlar mazmunini yoritib berasiz. Buning uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. 1 - qator «Ona» 2 - qator «Ota» 3 – qator «Ustoz» Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib izohlab beradi. Yaxshi izoh bergan qator rahbatlantiriladi. Anglash strategiyasi. Yangi mavzu: «Ota va ona haqini bilmak zikrida». 1) O'qituvchi hikoyasi: Ota – ona hayotimiz ustunlari, bizni dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan, tarbiya bergan, maktab ostonasiga olib kelgan. Bu barcha xizmatlar mashaqqatini his qilishimiz va ota – onaning hurmat–izzatini joyiga qoyishimiz zarur. Bugun o'rganadigan mavzumiz aynan anna shu haqda. XI asrda yashab ijod etgan Kaykovus «Qobusnoma» nomli mashhur asarni yaratgan. Bu asarda u o'z o'g'liga hayotiy zarura bo'lgan juda ko'plab maslahatlarni bergan: Shulardan biri ota – onani hurmat qilish haqida. Bugun siz bilan Kaykovusning shu mavzudagi fikrlarini o'qib o'rganamiz. 2) Asarni o'qish. O'qituvchi asar matnini qiroat bilan o'qib beradi. 3) Asar yuzasidan dastlabki suhbat. Matnni qismlarga bo'lib o'qitish. Asar uyda o'qituvchi tomonidan qismlarga bo'lib kelingan bo'ladi, har bir qism bir o'quvchiga o'qitiladi. 4) Reja asosida savol – javob o'tkaziladi va - qismlar asosida qayta hikoya qilinadi. 5) Lug'at ustida ishlash. Taqsim – taqsimlangan, bo'lingan Zinhor – hech qachon. Rizq - nasiba Asardagi tushunarsiz bo'lgan so'zlar o'quvchilar bilan aniqlanib, izoh beriladi. 6. Savol – topshiriqlar ustida ishlash. a) ota – onani nima uchun harmat qilish lozim deb o'ylaysiz? b) ota – onani vazifasi va farmoni nimadan iborat ekan? v) inson qaysi jihatdan boy bo'lishi kerak? G) Pand – nasihatlar mazmunini o'z so'zlaringiz bilan gapirib bering. - Magnit tasmasida ona – haqida qo'shib tinglash. O'quvchilarga uyda o'zlari ham savollar tuzib kelib, o'zaro savol – javob qilishlari topshiriladi. Asar haqida fikrlari so'raladi. 7. O'qituvchi darsni yakunlaydi. - Siz nimalar haqida bilib oldingiz? - Bugungi mavzudan siz qanday xulosa chiqardingiz? Siz ota – onangizga qanday munosabatda bo'lasiz? 8. O'quvchilar rag'batlantiriladi. 9. Uyga vazifa beriladi. O'qituvchi: - O'quvchilar, uyda o'rgangan mavzudan xulosa qilib «ota – onam-parvonam» mavzusida insho yozib keling. Darsimiz tugadi, xayr. Men yuqoridagi dars orqali o'quvchilarni aqliy rivojlanishiga, dunyoqarashini kengaytirishga harakat qildim. Boshlang'ich sinflarda ta'lim va tarbiyaning zamon talabi darajasida takomillashtirilishi, yoshlarning ma'naviy barkamol shaxslar bo'lib yetishishida asosiy omillardan hisoblanadi. Download 196.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling