Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi


Download 1.57 Mb.
bet22/39
Sana09.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#255504
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021

Flokulatsiya.

Ushbu jarayonda yuqori molekulali birikmalarga (flokulantlarga) oqova suvdagi kolloid zarralar ilakishib yiriklashadi. Flokulatsiya jarayonida koagulatsiya jarayonidan farqli ravishda zarralarning yiriklashishi flokulyant yuzasida adsorbsiyalanganmolekulalami o‘zaro birlashishidan ham sodir bo‘ladi.

Flokulatsiya jarayoni koagulatsiya jarayonini jadallashtirish uchun qo'llanib, cho‘kish tezligini oshiradi. Flokulant ishlatilganda koagulant dozasi kamayadi. Flokulatsiya jarayonida asosan tabiiy va sintetikflokulantlar ishlatiladi. Tabiiy flokulyantlarga kraxmal, dekstrin, efirlar, selluloza moddalari kiradi. Sintetik flokulyantlarga poliakrilamid (PAA) (-CH2-CH-CONH2)n , uniflok moddasi kiradi. PAA - lm3 suvga 0,4— lg atrofida solinadi. PAA ta’sir doirasi keng bo‘lib, PH>9 bo‘lganda flokulatsiyalangan zarralarning cho‘kish tezligi kamayishi mumkin.

PAA 7—9%h gel ko‘rinishda ishlab chiqiladi, suvga solinganda uning qovushqoqligi keskm oshadi. Oqova suvning koagulatsiya va flokulatsiya tozalash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

1) oqova suv bilan reagentlarni aralashtirish;

2) yirik zarralarning hosil bo'lishi;

3) hosil bo‘lgan zarralami cho'ktirilishi.

Koagulantni va suvni aralashtirish uchun gidravlik va mexanik aralashtirgichlar ishlatiladi. Gidravlik aralashtirgichlarda aralashtirish jarayoni suv oqimining yo‘nalishini va tezligini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mexanik aralashtirgichlarda esa aralashtirish jarayoni aralashtirgichni bir maromda sekin olib borish bilan amalga oshiriladi, chunki aralashtirgich tez aylantirilganda hosil bo'lgan yirik zarralar yemirilishi mumkin. Shundan keyin koagulant bilan aralashgan suv zarralar (pag'alar) hosil bo'lish kamerasiga yuboriladi. Bu yerda pag‘alarni hosil bo'lish vaqti 10—30 minutni tashkil etadi. Ushbu tozalash jarayonining texnologik sxemasi quyidagicha:

Tindirgichda cho'ktirib ushlab qolingan cho'kmalar qayta ishlashga yuboriladi, tozalangan suv esa keyingi tozalash bosqichiga uzatiladi.

Bu sxemada gidravlik aralashtirgich quyidagi ko‘rinishga ega bo'ladi:



Odatda bu bosqich 10—30 daqiqa vaqtni tashkil etadi. Ushbu to‘siqli kameraning sxemasi rasmda keltirilgan.

Ushbu kamera qator ketma-ket joylashgan to'siqlar bilan jihozlangan rezervuar bo'lib, unda koridor bo'ylab suvning harakat tezligi 0,2—0,3 m/s atroflda bo'ladi.

Quyidagi jadvallarda sanoatda ishlatiladigan aluminiy va temir tarkibli koagulantlar ro'yxati keltirilgan.



Bundan tashqari A12(S04)3 va FeCl3 tuzlarini 1:1 dan 1:2 gacha nisbatdagi aralashmasi, aluminiy tarkibli chiqindilar, shlaklar,pastalar ham koagulant sifatida ishlatilishi mumkin. Oqova suvdagi aralashmalaming konsentratsiyasiga qarab, koagulant dozasini aniqlash quyidagi jadvalda keltirilgan.

Koagulatsiya jarayonida aluminiy va temir gidrooksidlarining suvdagi pag'alarini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun yuqorida aytib o‘tilgandek flokulyantlar ishlatiladi. Flokulant sifatida faol


kremniy kislotasi (x S i0 2 • у H20 ) va poliakrilamid ishlatiladi.

Flokulantlami tindirgichga solinadigan dozasi poliakrilamid uchun 0,4 dan 1,5 mg/l.gacha, kremniy kislotasi uchun 2-3 mg/l deb qabul qilingan.

Koagulantlar eritma yoki suspenziya ko‘rinishida tayyorlanadi. Ular

maxsus baklarda (kamida 2 ta) tayyorlanadi.

Koagulant eritmasinmg konsentratsiyasi 10 — 17%li bo‘lishi kerak.

Eritish vaqti suv harorati 10°C bo‘lganda 10—12 soatni tashkil etadi.

Aralashtirish uchun qisilgan havo beriladi. Bakning quyi qismi konussimon

ko‘rinishda bo‘lishi kerak va u diametri 150 mm dan kam bo‘lmagan quvurga ulanadi.

Oqova suvni koagulant eritmasi bilan aralashtirish uchun aralashtirgichlar qo'llaniladi. Ular teshikchali, to‘siqchali, vertikal va panjasimon aralashtirgichli bo‘lishi mumkin.

Teshikchali aralashtirgich temir betonli yoki teshikli to‘siqlardan iborat metall lotokli bo‘lishi mumkin. To'siqlar oralig'idagi masofalotok eniga mos bo‘ladi.

Hozirgi kunda oqova suvni tozalashda koagulatsiya va flokulatsiya jarayonlari neftkimyo va kimyo korxonalarida keng qo‘llaniladi.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling