Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi


Download 1.57 Mb.
bet23/39
Sana09.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#255504
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021

Flotatsiya usuli

Flotatsiya usuli oqova suvda o'z- o'zidan cho'kmaydigan mayda zarralar uchraganda qo'llaniladi. Ba’zi hollarda flotatsiya usuli erigan moddalarni ushlashda, masalan, PAV (sirt aktiv moddalar)lami ushlashda ham qo'llanadi. Ushbu jarayonni ko'pikli separatsiya yoki ko'pikli konsentratsiyalash deb ham ataladi.

Flotatsiya tozalash usuli neftni qayta ishlash, sintetik tola, qog'ozselluloza, teri, mashmasozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati oqova suvlarim tozalashda keng qo'llaniladi. Bu usul bioximik tozalash usulidan keyin qoldiq aktiv il(balchiq)ni ajratishda ham ishlatilishi mumkin.

Bu usulning afzalligi — jarayonni uzluksiz olib borish mumkin, kapital va ekspluatatsiya xarajatlari nisbatan kam, sodda apparaturaga ega, tozalash samarasi esa yuqori (95-98%).

Flotatsiyada flotoagent ko'pigi suvdagi zarrani o'ziga ilakishtirib suv yuzasiga chiqadi va bu ko'pik zarralar bilan birgalikda suzib olinadi. Ko'pikka ilashish zarraning ho'llanish qobiliyatiga bog'liq. Flotatsiya yordamida ajratish havo pufakchalarining miqdoriga va razmeriga bog'liq. Pufakchalaming optimal razmeri odatda 15—30 mkm bo'lishi lozim. Buning uchun suv havo pufakchalari bilan to'liq to'yinishi kerak yoki havoni suvga ko'plab berish lozim. Pufakchalami stabillash uchun ko'pik hosil qiluvchi moddalar suvga aralashtiriladi. Ulaiga daraxt moyi, kreozol, fenol, natriy alkilsulfat va shu kabi moddalar kiradi.

Ko'pik hosil bo'lishi uchun flotatoiga havo beriladi, shunda flotagent ko'piradi va suv tarkibidagi zarrani o'ziga ilashtirib yuqoriga qarab yo'naladi Flotatsiyani turlicha olib borish mumkin.





Flotatsiyani vakuum ostida, hamda napor ostida olib borish mumkin. Vakuum ostida olib borilganda oqova suv awal atmosfera bosimi ostida havo bilan to‘yintiriladi. Keyin vakuum nasos yordamida 30—40 kPa vakuum hosil qilingan flotatsion kameraga yuboriladi. Bu yerda ajralayotgan mayda pufakchalar o‘zi bilan zarralami yuqoriga chiqaradi. Flotatsiya jarayoni 20 daqiqa davom etadi. Lekin keyingi paytlarda napor qurilmasi keng tarqaldi


Ushbu qunlmalar sodda va ishlashi ishonchli. Oqova suv 1-sig‘imga oqib tushadi. U yerdan 2-nasos yordamida so‘rilgan suv-havo aralashmasi 3-napor bakiga yuboriladi. Bu yerda 0,15—0,4 MPa bosim ostida havo suvga erib yutiladi. Keyin suv-havo aralashmasi atmosferabosimida ishlovchi 4-flotatorga beriladi. Bu yerda, yutilgan havo suvdan pufakchalar ko‘rinishida ajralib chiqa boshlaydi va suv tarkibidagi zarralami o‘zi bilan yuqoriga olib chiqadi. Suv yuzasida to‘plangan

ko‘piklar maxsus mexanizm yordamida suzib olinadi. Tozalangan suv esa flotatoming tagidan keyingi bosqichga uzatiladi.

Flotatorlaming boshqa konstruksiyalari ham mavjud. Quyidagi Chizmada ko‘p kamerali flotatsion qurilmaning sxemasi keltirilgan.

Ushbu qurilmada oqova suv awal 1-sig‘im va 2-nasos orqali 4- gidrosiklonga beriladi. Bu yerda suv tarkibidagi muallaq zarralarning bir qismi ajraladi. Keyin suv birinchi kameraga beriladi. Bu yerda suv pastda 7-aerator yordamida berilayotgan havo bilan to‘yingansirkulatsion suv bilan aralashadi. Havo kameraning yuqori qismida ajralib pufakchalarga aylanadi va suv tarkibidagi zarralami o'zigailashtirib yuqoriga yo'naladi. Hosil bo'lgan ko'piklar 5-mexanizm yordamida shlam ko‘rinishida suzib olinadi. Tozalangan suv esa flotatsion kameraning yuqori qismidan ajratib olinadi. Sistemadagi havo bilan to‘yingan sirkulatsion suv 2-nasos va 6-napor baki yordamida hosil qilinadi.


Flotatsiya jarayonida havo mexanik aralashtirgich yordamida ham berilishi mumkm. Bunda havo nasosga o'xshab ishlaydigan — impellerlar yordamida beriladi Bunday flotatsion uskunalar oqova suvda dispers zarralar ko‘p bo‘lganda yaxshi natija beradi (2 g/1 ortiq). Impeller aylanganda suvda o'rama hosil bo'ladi va natijada ko'piklar hosil bo'ladi. Impeller aylanganda quvur ichidagi bosim kamayadi vatash qaridan havo so'riladi. Bu havo suv orqali o'tib uni to 'yintiradi. Natijada suvda pufakchalar hosil bo'lib suv tarkibidagi zarralami o'ziga ilashtiradi va yuqoriga yo'naladi.



Oqova suvda impeller mexanizmiga nisbatan agressiv bo'lgan erigan moddalar mavjud bo'lsa, flotatsiya jarayonini pnevmatik qurilmalarda o'tkazish maqsadga muvofiq Bunda havo maxsus soplolar orqali yetkaziladi. Soplolardagi teshikchalar diametri 1—1,2 mm,


ungacha bo'lgan bosim 0,3—0,5 MPa atroflda bo‘ladi. Soplodan chiqayotgan havo oqimining tezligi 100—200 m/s bo‘ladi. Flotatsiya jarayoni 15—20 daqiqa atroflda olib boriladi. Ushbu flotatorda oqova suv yuqoridan, havo esa soplolar orqali pastdan beriladi. Hosil bo‘lgan ko‘pik jelobga quyilib ajratib olinadi. Tindirilgan suv esa sath ushlagich orqali chiqarib yuboriladi. Katta quvvatli qurilmalarda havo plastinalar orqali beriladi



Bunda havo keramikali plastinkalar orqali o‘tadi va mayda pufakchalar hosil bo‘ladi. Ushbu flotator sodda tuzilgan, energiya sarfi kam (nasos, impeller ishlatilmaydi). Oqova suv yuqoridan beriladi, havo esa pastdan. Teshikchalar razmeri 4—20 mkm, bosim 0,1—0,2 MPa, havo sarfi 40—70 m3/s, flotatsiya vaqti 20—30 daqiqa


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling