Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi


Download 1.57 Mb.
bet28/39
Sana09.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#255504
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021

Ekstragentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1. Suvga qaraganda ajratiladigan moddani yaxshiroq eritishi kerak.

2. Eritishni selektiv olib borishi kerak.

3. 0 ‘zi suvda erishi kerak emas.

4. Suv zichligidan katta farq qilishi kerak.

5. Diffiiziya koeffitsienti yuqori bo‘lishi kerak.

6. Regeneratsiya oson va arzon bo‘lishi kerak.

7. Qaynash temperaturasi ajratiladigan moddadan farq qilishi

kerak.

8. Ajratiladigan modda bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak.



9. Zaharli, portlovchi, yonuvchan bo'lishi kerak emas.

Agar oqova suvda bir necha aralashmalar uchrasa, unda birinchigalda zaharlirog‘i, keyin qolganlari ajratiladi. Ekstragentni ekstraktdan ajratishning zarurligi uni yana qayta siklgaqaytarishdan iboratdir. Regeneratsiya jarayoni boshqa erituvchi yordamida yoki bug‘latish, distillatsiyalash, kimyoviy bug‘Iash hamda cho'ktirish jarayonlari asosida amalga oshirilishi mumkin.

Ekstragentning regeneratsiyasi asosan oqova suvda uning uchrashi maqsadga muvofiq emas, bundan tashqari erituvchilaming sarfmi kamaytirishdir. Erituvchilaming to‘liq sarfi faqat uning oqova suvdagi konsentratsiyasi REChK dan past boMganda va narxi uncha yuqori bo‘lmaganda ruxsat beriladi.

Oqova suvlami ekstraksiya usulida tozalash uchun ko'pincha qarama-qarshi oqimdagi ko‘p bosqichli uzluksiz ishlovchi ekstraksion qurilmalar ishlatiladi. Ushbu qurilmalar aralashtiigichlarva tindirgichlar batareyasidan iborat bo‘ladi.



Ekstraksion qurilmalar sxemasi quyidagicha:

Ushbu sxemada oqova suv va ekstragent qarama-qarshi oqimda beriladi. Tozalash jarayoni oqova suvni va ekstragentni awal aralashtirish, keyin tindirgichda ajratishga asosiangan. Bunda tindiigichda ekstragent va ajratilgan modda yuqori qatlamda ajralib qoladi, shuning uchun tindirgichning yuqori qismidan olinadi. Tozalangan suv esa tindirgichning pastki qismidan olinadi.F enolla rni ajratish uchun oddiy va murakkab efirlar qo‘llaniladi. Oddiy efirlarga: dietil, dibutil, diizopropilefirlari; murakkab efirlarga: etilatsetat, n — amilatsetat, izo — butilatsetat, izo — amilatsetat efirlari kiradi. Nitro birikmalarni oqova suvdan ajratib oladigan ekstraksion qurilmalar ham ishlatiladi. Bunday suvlar 1,5—2,2% nitrobirikma va 0,25—0,5% erkin azot kislotasidan iborat bo‘ladi. Nitro irikmalarni benzol yordamida ekstraksiya qilib ajratib olinadi. Bunda suv tarkibidagi azot k is lo ta si b e n zo ln i n itro la y d i va n a tija d a uning konsentratsiyasi 0,01—0,03% ga tushib qoladi. Ekstraksiya ikki bosqichli qurilmada olib boriladi. Ekstrakt rektifikatsiyaga yuboriladi. Rektifikatsiya jarayonidan keyin benzol qayta ekstraksiya jarayoniga yuboriladi, ajralgan nitromahsulotlar esa qayta ishlanib tayyor mahsulotga aylantiriladi.



Suyuq ekstraksiya jarayoni metallarni oqova suvdan ajratishda ham qo'llaniladi. Bunda oqova suvdan ajratiladigan metallar avval organik fazaga o‘tadi, keyin esa reekstraksiya (qaytadan ekstraksiya) jarayoni natijasida organik fazadan suv eritmasi fazasiga o'tadi. Natijada oqova suv metallardan xalos etiladi va metallarning konsentratsiyalanishi oqibatida ular rekuperatsiya qilinadi. Metallarni suv fazasidan organik fazaga o ‘tkazish uch usul yordamida amalga oshiriladi: 1) kation almashish ekstraksiyasi, ya’ni suvdagi metall k a tio n in i ekstragent kationiga almashish; 2) anionalmashish ekstraksiyasi, ya’ni suvdagi metall birikmali anionni ekstragent anioniga almashish; 3) koordinatsion ekstraksiya, bunda ekstraksiyalanadigan b irikm a m o le k u la la r in i y o k i e k s tr a g e n t io n i b ila n ekstraksiyalanadigan metall ioni(atomi)ni koordinatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Rangli va nodir metallarni oqova suv tarkibidan ekstraksiya qilib ajratib оlish uchun quyidagiеkstragentlar taklif etilgan.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling