Ekstraksiya
Ekstraksiya jarayoni oqova suvda fenollar, yog'lar, oiganik kislotalar, metall ionlari uchraganda qo'llaniladi. Ekstraksiya jarayoni iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagandagina qo‘llaniladi. Agar oqova suvda ajratiladigan moddalar konsentratsiyasi 3 — 4 g/1 dan ko‘p bo‘lsa, ekstraksiya jarayoni adsorbsiyaga qaraganda ko‘proq qo‘l keladi. Agarajratiladigan moddalar konsentratsiyasi 1 g/1 dan kam bo‘lsa, ekstraksiya jarayoni alohida sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu jarayon 3 bosqich asosida olib boriladi:
1. Oqova suvni ekstragent bilan intensiv aralashtirish: bunda 2 ta suyuq faza hosil bo‘ladi, ya’ni ekstragent va ekstragentni ajratilgan modda bilan qatlami, hamda ekstragentni oqova suv bilan qatlami.
2. Ekstrakt va oqova suvni ajratish.
3. Ekstragentnmg regeneratsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |