Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi
Download 1.57 Mb.
|
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021
Ion almashish usuli
Ion almashish usuli oqova suvda metallarning —Zn, Cr, Cu, Ni, Pb, Hq, Cd, V, Mn va shu kabi metallarning, hamdamishyak, fosfor, sian birikmalarining, radioaktiv moddalaming ionlari mavjud boMganda va ulami ajratib olish va zararsizlantirish lozim boMganda qo‘llaniladi. Ushbu usul suvda qimmatbaho metallar mavjud boMganda ham ulami ajratib olishda yaxshi samara beradi. Ion almashish usuli qattiq faza bilan suv fazasi o'rtasidagi o‘zaro ta’sir bo‘lib, bunda suvdagi ionlar qattiq moddadagi, ya’ni ionitdagi ionlar bilan o‘rin almashadi. Ionitlar suvda deyarli erimaydi. Qattiq moddalar — ionitlar ikki xil ko'rinishda bo‘ladi. Agar suvdagi musbat zaryadlangan ionlar bilan almashsa, ular kationitlar, manfiy zaryadlangan ionlar bilan almashsa anionitlar deb ataladi. Agar ionitlar ham musbat, ham manfiy ionlar bilan almashsa, unda ular amfoter ionitlar deb ataladi. Ionitlarning yutuvchanllk qobiliyati ayirboshlash hajmi orqali xarakterlanadi, ya’ni ularning birhk massasi yoki birlik hajmini ekvivalent ionlar soniga almashadigan imkoniyati orqali aniqlanadi. Ayirboshlash hajmi to‘liq, statik va dinamik xillariga bo‘linadi. To‘liq hajm — bu ionitning birlik hajmini yoki birlik massasini yutiladigan modda bilan to‘la to‘yinishini bildiradi. Statik hajm — bu mazkur ish sharoitlarini muvozanat holatidagi ionitning ayirboshlash hajmidir. Statik hajm odatda to‘liq hajmdan kichik bo‘ladi. Dinamik ayirboshlash hajmi — bu filtratsiya sharoitida ionitdan ionlarni o‘tib ketgungacha bo‘lgan hajmidir. Dinamik hajm statik hajmdan kichik bo‘ladi. Ionitlar (kationit va anionit) noorganik va organik moddalar ko‘rinishida bo'lib, tabiiy va sintetik xillariga bo‘linadi. Noorganik tabiiy ionitlarga seolitlar, loysimon minerallar, dala shpati va turli slyudalar kiradi. Sintetik noorganik ionitlaiga silikagel, permutit, ba’zi metallaming qiyin eriydigan oksid va gidrooksidlari kiradi. Oiganik sintetik ionitlaiga ion almashish smolalari kiradi. Ulaming yuzasi ancha g'ovaksimon bo'ladi. Sintetik ion almashish smolalari yuqori molekulali organik birikmalar bo‘lib, ulaming uglevodorod radikali fazoviy setka ko‘rinishida bo‘ladi va ularda ion almashish funksional gruppalari joylashgan bo‘ladi. Bunda uglevodorod setkasi (karkasi) matritsa deb ataladi, almashinadigan ionlar esa — qarshl ionlar deyiladi. Har qanday qarshi ion anker ionlar bilan bog'langan bo‘ladi. Ionitnmg formulasi, qisqacha yozilishi quyidagicha bo'ladi: masalan, R-SOjH. Bunda: R — matritsa, N — qarshi ion, S 0 3 — anker ion. Kationitlarda ba’zan qarshi ionlar N — emas, metall ionlari bo‘lishi ham mumkin, ya’ni tuz formasida, xuddi shunday anionitlar ham o‘zida qarshi ion sifatida OH emas, balki kislota ionlarini ushlashi mumkin. Bir xil aktiv guruhlami ushlagan ionitlar ko‘p funksionalli ionitlar deb ataladi, turli kimyoviy tabiatga ega bo'lgan guruhlami ushlagan ionitlar esa polifunksional ionitlar deb ataladi. Ionitlar suvda va havoda qizdirilsa strukturasi sal yemirilishi mumkin. Shuning uchun har bir ionit uchun ma’lum bir harorat chegarasi bor. Odatda anionitlaming termik barqarorligi kationitlaming termik barqarorligiga qaraganda kamroq. Ionitlar suv bilan to‘qnashganda qisman bo'kishi mumkin (shishadi). Bunda ulaming mikroporalari (kichik g‘ovaklari) 5—10 A0 dan 40 A0 gacha oshishi mumkin. Bunda ionitlaming hajmi 1,5—3 marta oshadi. Bo‘kish darajasi smolaning tuzilishiga, qarshi ionlaming tabiatiga, eritmaning tarkibiga bog'liq bo‘ladi. Bo‘kish ionlaming selektivligiga, ulami to‘la-to‘kis almashish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ionitlar kukun (poroshok) ko‘rinishda razmeri 0,04—0,07 mm, granula (0,3—2 mm) hamda tolasimon material, plita va list ko'rmishida ishlab chiqariladi.
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling