Suvlarning ishlatilishiga qarab sinflanishi. Suvlar sanoatda ishlatilishiga qarab sovituvchi, texnologik va eneigetik suvlaiga bo'linadi. Issiqlik almashtiigichlar (теплообменник)с1а sovitishga ishlatiladigan suvlar moddalar bilan kontakt qilmaydi (aralashmaydi), shuning uchun ular ifloslanmaydi, faqat sal qiziydi. Sanoatda ishlatiladigan suvlarning 65—80 %i sovituvchi agent (vosita) sifatida ishlatiladi. Katta kimyoviy korxonalarda sovitish maqsadida yiliga 440 mln.m3 suv sarf qilinadi.
Texnologik suvlar yuvuvchi, reaksiyaga va muhitga xizmat qiluvchi turlariga bo'linadi. Muhitga xizmat qiluvchi suvlar qattiq moddalami eritishda, pulpalar hosil qilishda, rudalarni qayta ishlash va boyitishda, mahsulotlarni gidrotransportida ishlatiladi. Yuvuvchi suvlar gazlarni tozalashda (absorbsiya), suyuq (ekstraksiya) va qattiq moddalarini yuvishda ishlatiladi. Reaksion suvlar reagentlar bilan birgalikda o'tkaziladigan reaksiyalarda, suyuq aralashmalarni haydashda va shu kabi boshqa jarayonlarda ishlatiladi.
Texnologik suvlar turli moddalar bilan bevosita kontakt qiladi. Energetik suvlar bug' ishlab chiqarishga, apparatlami va xonalami isitishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |