Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi
Download 1.57 Mb.
|
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021
Aylanma suv ta’minlash sxemalari:
a)- suvni sovitish bilan; b) -suvni tozalash bilan; d)-tozalash va sovitish bilan. Bu yerda K- korxona, CC-sovitish sistemasi, HC-nasos stansiyasi, TI- tozalash inshooti. Shuning uchun uni qayta ishlatishdan oldin quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: suv sovitish moslamalarida (фадирня) harorati pasaytiriladi; sxemada suv qayta ishlatishdan oldin mavjud usuliar yordamida tozalanadi; sxemada suv ham sovitiladi, ham tozalanadi. Har bir ko‘rib chiqilgan hollarda sistemada suvning ishlatilishi natijasida uning miqdorini kamayishi kuzatiladi, shuning uchun vaqti bilan sistemaga qo‘shimcha suv berib turiladi. Aylanma usulda suvni ishlatish uning sarfini 10—50 marta kamaytiradi. Masalan, It. kauchuk olish uchun oddiy usulda 2100 m3 toza suv sarf bo‘ladi, aylanma usulda esa faqat 165 m3 suv sarf bo‘ladi. Ushbu usulda kapital va ekspluatatsion sarf-xarajatlar ham kamayadi. Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarish tarmog'iga tegishli hamma korxonalarda suvlarni ishlatish aylanma ta’minlash sistemasidan foydalanishga o‘tilyapti. Masalan, kimyo sanoatida bu usul 82,5 % gacha o‘sdi. Aylanma sistemada qo'llaniladigan suv qator talablarga javob berishi kerak: 1) karbonat qattiqligiga; suv muhitiga - pH ga; 2) muallaq va biogen zarralar miqdoriga; 3) suvning BPK va XPK ko'rsatkichlariga. Aylanma suv asosan issiqlik almashtirgichlarga berilgan material oqimlaming ortiqcha issiqllgini olish uchun ishlatiladi. Bunda suv bir necha marta 40—45°C gacha qiziydi va sovitiladi. Uning ko‘p qismi bug‘lanish yoki sachrash oqibatida yo‘qoladi. Bundan tashqari suv ishlatish mobaynida qisman korroziya mahsuloti va biologik moddalar bilan ifloslanishi mumkin (quvur ichidagi suv qorayib qoladi). Shuning uchun vaqti-vaqti bilan sistemadagi suvning bir qismi yangi suv bilan almashtiriladi. Suv quvurlar va issiqlik almashtirgichlari ichida harakatlanishi natijasida ularning devorlarida kalsiy karbonat quyidagi reaksiya asosida hosil bo'lib, o'tirib qoladi: Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling