Chiqindilar muammosi
Download 321.5 Kb.
|
chiqindilar muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar
- Chiksndi turlari O‘lchov birliklari
- Tuproqparni ifloslanish kategoriyalari Ifloslanish tavsifi
- Ifloslanish darajasi Yerning ifloslanganlik darajasi
- O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havfli sanoat chikindilarining paydo bo‘lishi, t. hisobida
- Respublika va viloyatlar kesimida Jami
- 3 toifa 4 toifa
Chiqindilar muammosi. Reja: 1. Chiqindilar haqida tushuncha. 2. Axlatlarni yig’sh va olib chiqib tashlash. 3. Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash. 4. Chet davlatlarda chiqindilardan foydalanish yo’llari. S’Hahar, posyolka va qishloqlardagi turar joylarni toza tutishning epidemiologik gigiyenik ahamiyati juda katta. Turar joylarning tozaligi, obodonligi, ariqlardan suvlarning oqib turishi, daraxtzor va ko’kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali, tashkiliy, sanitar – texnik va xo’jalik tadbirlari ishlab chiqiladi. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratini to’g’ri uyushtirishning epidemiologik ahamiyati juda katta. Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarni o’z vaqtida yig’ish, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba’zi bir chiqindilarni qayta ishlash uchun jo’natish zarur. Shu bosqichlardan birortasi bajarilmay qolsa, tozalikni saqlash qiyin bo’ladi. Chiqindilar uch xil bo’ladi. 1. Qattiq holatdagi chiqindilar – bular tog’ - kon sanoatidan chiqadi. 2. Suyuq holatdagi chiqindilar – bularga aholi turar joylaridan va ayrim sanoat tarmoqlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi. 3. Gaz holatdagi chiqindilarga gaz konlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi. Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni ya’ni atmosferani, suv havzalarini, tuproqni, oziq – ovqatlarni, binolarni, korxonalarni va boshqalarni zararlaydi. Uy xo’jalik axlatlari, oziq – ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko’p organik moddalarni ushlagani uchun tez chiriy boshlaydi, oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, stakol va boshqalar paydo bo’ladi. Yog’ingarchilik oqibatida yer yuzasidan yuvilib daryolarni, kichik ariq suvlarini ifloslantiradi. Suyuq chiqindilar hatto yer osti suvlariga sizilib o’tib ularni ifloslantirishi mumkin. Ayrim chiqindilar axlatlarida turli mikroorganizmlarning mavjudligi va ularning uzoq vaqt yashashi aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug’, sil, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi. Bu chiqindilar bizning issiq iqlim sharoitida har xil kasallik tarqatuvchi mikroblarning tez ko’payishi uchun qulay muhit yaratadi. Ular hashoratlar, shamol yoki suv orqali tez tarqalib, odamlarni turli yuqumli kasalliklarga yo’liqtiradi. VIII-IX asrlarda YEvropa, Afrika va Osiyodagi ko’p mamlakatlarda to’kilgan axlatlar shunchalik ko’p yig’ilib ketganki, hatto odamlarning yurishi mushkul bo’lib qolgan va bu axlatlar tufayli o’lat, vabo kabi kasalliklar tez-tez tarqalib, o’n minglab yuz minglab odamlarni yostig’ini quritgan. Masalan: 1679 yilda birgina Vena shahrida 80 mingga yaqin kishi, 1687 yilda Pragada shunga yaqin kishi chumadan o’lgan. Bunday holat Germaniya, Italiya, Angliya shaharlarida ham sodir bo’lib turgan. S’Hu kunlarda ham sayyoramizning u yoki bu burchaklaridan yuqorida aytilgan ba’zi yuqumli kasalliklarning paydo bo’layotganligi to’g’risida noxush xabar kelib turadi. Bu sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan Afrika, Osiyo, Latin Amerikasining ba’zi joylarida sodir bo’lib turadi. Sobiq SSSRning, shuningdek O’zbekistonning ko’pgina ko’l, daryo va dengizlari to’kilgan axlatlardan shunchalik ifloslanib ketganki, sanitariya vrachlari bunday suv havzalariga odamlarning cho’milishini ta’qiqilab qo’yishgan. Hozirgi zamon sanoat korxonalari ishlab chiqarish texnologiyasi har qanday sharoitda juda ko’p chiqindi - axlatlarni hosil bo’lishiga sababchi, bu chiqindilar ko’p vaqtlar davomida kishi sog’lig’iga juda xavfli bo’lib, tashqi muhitning hamma ob’ektlarini ifloslantiruvchi omillardan hisoblanadi. S’Huning uchun ham dunyodagi sanoat korxonalarining asosiy masalalari texnologiya jarayonlarini takomillashtirib, korxonalarda chiqindilarning ajralishini kamaytirishdir ya’ni isrofgarchilikka yo’l qo’ymasdan chora – tadbirlarini ishlab chiqish va hokazolar. Sanoat korxona chiqindilari ikkiga bo’linadi, ya’ni biridan foydalanish mumkin va ikkinchisidan esa mumkin emas. Foydalanish mumkin bo’lgan chiqindilar xalq xo’jaligining turli sohasida ishlatiladi. Korxona chiqindilari o’g’it, qurilish materiallari va ba’zi bir mahsulotlarni tayyorlashda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, kimyo, neft sanoatlaridan chiqadigan shlam qoldiq qatlamlarining 1mln. tonnasi qayta ishlansa, 4300 onna kobalt olinishi mumkin. Dunyo mamlakatlari tajribasida foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilarni yoqish yoki qizdirish usullarini qollab zararsiz holatga keltiriladi va sanoat korxonalari uchun mo’ljallangan poligonlarda ko’miladi. Chiqindilarni termik, ya’ni issiqlik usullari bilan zararsizlantirishda maxsus o’chog’larda 1000-1200 S da kuydiriladi, ammo ular yonishi oqibatida paydo bo’lgan zaharli gazlar gaz ushlagich moslamalarda, chang ushlagich qurilmalarida tutib qolinadi, bunda atmosfera havosi ifloslanishdan holi bo’ladi. Goho sanoat korxona chiqindilarini xo’jalik axlatlari bilan ham birga yoqish mumkin. Ko’p vaqtlar foydalanish mumkin bo’lmagan sanoat chiqindilari maxsus ajratilgan joyda to’planadi. Masalan, Olmaliqda joylashgan sanoat korxonalarining shu usul bilan yig’ilgan chiqindilari hozirda taxminan 40 mln. tonnani tashkil qiladi, keyinchalik ularni qayta ishlashga jo’natiladi. Korxonalarda yig’iladigan chiqindilar juda zararli bo’lsa, keyinchalik maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi. Poligonga olib kelinadigan har bir chiqindining pasporti, texnik xarakteristikasi, miqdori, tarkibi va ular bilan ishlash texnika xavfsizligini bajarish yo’riqlari ko’rsatilishi kerak. Ayniqsa, ular qizdirilganda, yoqqanda ehtiyot choralarini ko’rish zarur. Respublikamizning ko’pgina sanoat shaharlari chetlarida chiqindilardan iborat sun’iy tog’lar paydo bo’lgan. Bu sanoat chiqindilari 1 mlrd t ga yaqin bo’lib, 10 ming gektardan ortiq yerni egallagan. Ularning tarkibida nodir hamda rangli madanlar va boshqa foydali qazilmalardan tashqari, zaharli birikmalar ham mavjud. Bu chiqindilar tarkibidagi foydali moddalarni ajratib olib, bir qismini qurilish yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa minglab gektar ekinzir, bog’lar, barpo etishga imkon tug’ilar edi. Respublikamizda yiliga komunal xo’jaliklardan o’rtacha 30 mln t. chiqindi chiqadi. Uning 29% i axlatxonalarga, jarliklarga, daryo va ariqlarga tqkib yuboriladi. Chiqindi – bu xomashyodir. Ularning tarkibida makulatura, oziq – ovqat chiqindilari, plastmassalar, latta – putta va boshqa narsalar bor. Shuning uchun ham AQS’H va boshqa rivojlangan mamlakatlarda bunday chiqindilar sotib olinadi. Umuman aholi turar joyida to’planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachonlar gigiyena fani tomonidan qoralangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo’l qo’yiladigan usuldir. Axlatlarni 2 yo’l bilan zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin: a) biotermik usul – ya’ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatxonalarda zararsiz holatga keltirish; b) axlatlarni kuydiriladigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirishdir. Biotermik usul tuproq bilan zararsizlantirish usuliga o’xshaydi, asosan organik moddalarning bioximik parchalanish jarayonlari mikroorganizmlar hisobiga bo’ladi, ammo jarayon yuqori haroratda jadalroq o’tib, tezroq nihoyasiga yetadi. Keyingi vaqtlarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash uchun zavodlar qurilmoqda. Masalan, har yili 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodi Sankt – Peterburgda qurildi. Bu zavodni loyihalashda G’arbiy YEvropa mamlakatlari loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan. Zavod organik azotli g’itlarni qishloq xo’jalik ehtiyoji uchun ishlab chiqadi. Zavodda axlatlarni qabul qilish, hamda axlatlarni sortga ajratish, nazorat qilish bo’linmalari bor. Zavodga axlat temir, tosh va boshqalardan ajratilgach, aylanuvchi barabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) solinadi. Barabanlarda axlatlar aralashtiriladi 1–3 kundan so’ng ma’lum darajada namlik berilgach, chiqindilar qizishib ularning harorati 50 – 60 S ga yetadi, bu bioximik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Harorat 50 – 60 s ga yetganda patogen mikrofloralar, gelmint tuxumlari qirila boshlaydi. Shu yo’l bilan axlat kompostga aylanadi. Tsivilizatsiyalashgan mamlakatlardagi shahar va qishloq ko’chalarining bir joyida axlatning to’kilib yotganini ko’rmaymiz. Ro’zg’or va korxonalardan chiqqan chiqindilar maxsus joylarga to’kilib, o’z vaqtida qayta ishlovchi zavodlarga olib boriladi. Bu zavodlarning texnologiyasi ham ekologik jihatdan sog’lom, ya’ni ularning trubalaridan zaharli tutun emas, toza bug’ chiqadi. Tsexlari gigiyenik jihatdan toza, ishchilar maxsus orasta kiyintirilgan. Eng asosiysi ularga to’lanadigan ish haqi boshqa korxonalardagiga qaraganda yuqoridir. Ko’pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo’lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig’ini maxsus ko’rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to’lanadi. Agar axlatni to’g’ri kelgan joyga to’kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvetsariyada tabiatni buzish borasida biror nojo’ya ish qilinsa, uni ko’rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O’t o’chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko’chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o’rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo’lar edi. Chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hozircha respublikamizning hamma viloyatlarida yo’qligi uchun axlatlarni maxsus joylarga to’kib, ko’mib tashlash davom etmoqda. Axlatxonalar manzilgohlar va daryolarning o’zanlari, ariqqlar yaqiniga joylashtirilishi aslo mumkin emas. Ular devor yoki sim setkalar bilan o’ralib qo’yilishi kerak. Axlatlarni to’kish uchun chuqurligi 3- 4 m ga yetkazib xandak qazish va ularga to’kilgan axlat ustidan xlorli ohak sepib qo’yish lozim. Xandaklar to’lgach, ular ko’mib tashlanadi. Qarshi shahrining shimoli sharqida ya’ni Ko’ng’ir tog’i etagidagi axlatxona shahardan chetroqda bo’lsa, ham aytilgan talablarga to’liq javob bermaydi, axlatlar pala – partish to’kib tashlanadi, xlorli ohak o’z vaqtida sepilmaydi. Shaharning markaziy ko’chalarini toza saqlash bo’yicha nazorat qattiq bo’lsa ham, chetroqdagi ko’p ko’chalarda ahvol yomon, ko’p joylarda axlatlar to’dasi ko’zga tashlanib turadi. Ba’zi mahallalardagi axlat to’kiladigan maxsus handaklar ham doimo o’z vaqtida tozalanib, chiqindilar olib ketilmaydi. Bizda chiqindi va axlatlarning joylarda to’planib qolayotgani bilan xorijiy mamlakatlarning ishbilarmonlari qiziqmoqdalar. Masalan, chiqindilarni qayta ishlashda nemislar bilan hamkorlik yuzaga kelmoqda. Ispanlar Angren ko’mir havzvalarida to’planib qolgan chiqindini ishlatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishgan. S’Hunday qilib, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo’lib, ularni yig’ishtirib qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo’yicha sarishta qilinsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni, oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo’lar edi.
Kimyoviy ifloslanish turlari va darajalari Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta’sirida paydo bo‘lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo‘lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi (3-rasm). Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi. Uzbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug‘ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o‘rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi. 3-rasm Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning havfli - zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqsori bo‘yicha turlarga ajratiladi. Havfli-zaharli xususiyati bo‘yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi: 1.Radioaktiv ifloslanish, 2. Og‘ir megallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish. Tahlillarga ko‘ra radioaktiv ifloslanish eng havfli o‘rinda turadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko‘radi va juda katta radiusda ham ta’sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog‘ligiga juda havfli ta’sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta’sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi. Og‘ir megallar bilan ifloslanishning havfli tomoni shundaki, birinchidan, og‘ir megallar bilan ifloslanishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko‘p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo‘lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (yemirilish) muddati bir necha ming yillarga teng. Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar katori juda ko‘p hisoblanadi. Uning havfli tomoni shundaki, turli chiqindilar inson ta’siri va sanoat korxonalari tomonidan juda katta miqdorda tuproq qoplamiga to‘planadi. Maxsus chiqindilar ko‘miladigan "qabriston" lar yillar davomida atrof - muhit tuproq qoplamiga salbiy ta’sir qiladi. Chiqindilar zaharli xususiyati bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi (3-jadval).
Chiqindilar asosan kimyoviy tarkibiga va ta’sir etish xususiyatig ko‘ra bir - biridan farq qiladi. Tuproq qoplamiga ko‘proq to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish sanoati va maishiy chiqindilar tushadi. Qayta ishlash sanoati va boshqa turdagi chiqindilar nisbatan kamroq. Tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishida turli omillar yetakchi o‘rin egallaydi. Ifloslangan tuproqlar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi (4-jadval). 2-jadval Qishloq xo‘jalik sohasida foydalaniladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish kategoriyalari
Tuproqni kimyoviy ifloslanish darajalarini tasniflashda barcha kimyoviy ifloslanish turlarida bir xil belgilanmaydi, balki muayyan ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi, tuproqdagi miqdori, QQM, zaharli xususiyati va boshqa xususiyatlariga ko‘ra aloxida-alohida tarzda belgilanadi. Biroq umumiy formula sifatida kimyoviy ifloslangan tuproqlar uchun quyidagi ifloslanish darajalari va koeffitsiyentlar qabul qilingan (5-jadval). 5-jadval Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning ifloslanish darajalari va koeffitsiyentlari
Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishini muhofaza qilish bugungi kunda yer kurrasida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, shu bois bu masalaga jiddiy yondashishni talab etiladi. Chunki bu insoniyatning barcha turmush faoliyati bilan uzviy bog‘liqsir. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida ayrim element va moddalar uchun tegishli ifloslanish darajalari keltiriladi (6-jadval). Dunyo olimlari (SL.Davidova, V.I.Tagasov, 2002 y.) tomonidan turli kimyoviy modsalarning havflilik nuqtai nazaridan stress -indeks ko‘rsatkichlari belgilangan, bunga ko‘ra pestitsidlar - 140, og‘ir metallar - 135, AES chiqindilari - 120, qattiq shakldagi zaharli chiqindilar - 120, metallurgiya materiallari - 90, tozalanmagan oqava suvlar - 85, oltingugurt (II) - oksidi - 72, neft -72, kimyoviy o‘g‘itlar - 63, organik maishiy chiqindilar - 48, azot oksidlari - 42, saqlanayotgan radioaktiv chiqindilar - 40, shahar chiqindilari - 40, uchuvchan uglevodorodlar - 18, uglerod oksidi - 12 indeks ko‘rsatkichlari bilan belgilangan. I (jadval Lyrim kimyoviy modda va elementlarning ifloblanish darajasi Elementlar va moddalar Ifloslanish darajalari, mshforiga ko‘ra (mg/kg), 1 darajali, ifloslaimagan 2 darajali, kuchsiz 3 darajali, o`rta 4 darajali, I yuqori 5 darajali, juda yuqori Bir so‘z bilan aytganda tuproq qogshamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini oldini olish muhimroq. Aks holda tuproq va boshqa tabiiy komponentlar bilan bog‘liq muammolar vujudga kelaveradi. Ifloslanishning har qanday turi va darajasi tuproq xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu nuqtai nazardan muammoning kelib chiqish mexanyumlari va muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratish muhim hisoblanadi. Tuproqlarning zaharli moddalar va texnogen chiqindilar bilan ifloslanishi REJA 1-. Zaharli va texnogen chiqindilarning xususiyatlari va manbalari 2. Tuproqda kimyoviy elementlar va moddalar miqdori, ularning qabul qilingan msyor (QQM) ko‘rsatkichi Atrof - muhitni xususan tuproq qoplamini kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi turli omillar ta’sirida vujudga kelib, bu moddalar xususiyatiga ko‘ra yillar davomida o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Ayniqsa o‘ta zaharli moddalar deya e’tirof etiluvchi radioaktiv elementlarog‘ir, ayrim gazlar hamda pestitsidlar tuproq 1s;oplamiga tushib, "tuproq—o‘simlik—>hayvon—>inson" tiriklik biozanjiri orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Zaharli moddalarning ifloslanish manbalari, kimyoviy tarkibi, ifloslanish maydoni va ularning ilmiy - amaliy yechimi dunyo bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Masalan, Yevropa davlatlarida asosan sanoat tizimidagi faoliyatlar orqali ifloslansa, Markaziy Osiyo davlatlarida chiqarilgan chiqindilar va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalardan noilmiy tarzda foydalanish natijasida ifloslanadi. Shu nuqtai nazardan, zaharli moddalar bilan ifloslanishning asosiy manbalariga: radioaktiv elementlar bilan bog‘liq sanoat tizimi, tabiiy konlar, yadroviy qurollardan meyordan tashqari foydalanish, kimyoviy moddalar saqlash omborlari, chikindi qabristonlari, halq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalarning meyoridan ortiq qo‘llanilish holatlarini kiritish mumkin. O’zbekistonda energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish obektlarida hosil bo‘ladigan chiqindilar, atrof- muhitni va tuproq qoplamini ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish va iste’moldan chiqqan chiqindilar hosil bo‘lishining yillik xajmi 100 mln. tonnani tashkil etadi. Respublikamizda chiqayotgan chiqindilarni 4 toifaga bo‘lish mumkin. Ularning yillik hajmi turlicha bo‘lib, ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushib uni ifloslantiradi, 2004 yilda chiqindilar miqdori 1-toifa bo‘yicha 1,6 ming tonna, 2-toifa chiqindilari 2,8 ming tonna, 3-toifa chiqindilari 1416,3 ming tonna, 4-toifa chiqindilari 34306,8 ming tonna miqdorida paydo bo‘lgan. Viloyatlar bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich turlicha taqsimlanadi (7-jadval). Ushbu chiqindilarning 14% dan ko‘prog‘i zaharli hisoblanadi, hozirgi kunda chiqindilarning barcha turlari hisobga olinmoqda. Respublikamizda eng katta sanoat obektlari Toshkent, Navoiy shaharlarida joylashgan. Toshkent shahri yirik sanoat markazi hisoblanib (O‘zbekiston YAIMning 30%), keng turdagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ega, xususan, aviasozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, oziq - ovqat, elektro-texnik, kurilish kabi ko‘plab sanoat korxanalari mavjud.
(O‘zRDSQ ma’lumoti,2004)
Download 321.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling