Chiqindilar tabiat kushandasi
ELEKTRON CHIQINDILAR — YANGI EKOLOGIK MUAMMO
Download 25.87 Kb.
|
chiqindi muommosi
ELEKTRON CHIQINDILAR — YANGI EKOLOGIK MUAMMO
Fan-texnikaning rivoji ekologiyaga jiddiy zarar yetkazayotgan chiqindining yangi turi — elek¬tron chiqindilarni yuzaga keltirdi. Shveytsariyada 1998 yilda elektron chiqindilarni oddiy axlatxonaga tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Uyali aloqa telefonlari, kompyuterlar, printerlar, fotoapparatlarning yangi rusumlari chiqqani sari eskilari chiqitga chiqaveradi. Birgina Xitoyda har yili 500 000 tonna muzlatkich, 1,3 million tonna televizor va 300 000 tonna kompyuter yaroqsizga chiqadi. AQShning 80 foiz va Yevropa Ittifoqining 75 foiz elektron chiqindilari rivojlanayotgan mamlakatlarga keltirilib, qayta sotiladi. Ulardagi toksik moddalar umumiy chiqindixonalarga tashlanishi natijasida tuproq va suvga aralashib, ko‘pgina tirik organizmlar, jumladan, inson tanasiga ham kirib, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Yer yuzida 48,9 million tonna elektron chiqindi chiqarilgan. Elektron chiqindilar tarkibida xavfli birikmalar mavjud. Kompyuter monitorlari va televizorlarning har birida 4 kilogrammcha qo‘rg‘oshin mavjud. Shuningdek, ularda 70 foizgacha simob va kadmiydan iborat og‘ir metallar bor. Qo‘rg‘oshin insonning asab tizimi va buyraklariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, kadmiy o‘pkani ishdan chiqaradi. Suyuq kris¬talli monitorlar tarkibida simob bo‘lgan panellar bilan qoplangan. Bundan tash¬qari, ulardagi xrom, litiy va uglevodorod atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi. Ayni paytda yurtimizda ham qog‘oz, metall, plastikni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda. 2002 yilda respublikamizda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinib, uning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘¬lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, qo¬nun¬da chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari etib O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekis¬ton Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘z¬kom¬mun¬xiz¬mat” agentligi belgilangan edi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish masalalaridagi ayrim huqu¬qiy normalarni yanada takomillashtirish talab etiladi. Jumladan, chiqindilarni istifoda qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining vakolatlarini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini zararsizlantirish, ulardan qayta foydalanish, ushbu masalalarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay imkoniyatlarni yaratib berish, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishni ko‘zda tutuvchi normalarni joriy etish lozim. Shuningdek, amaldagi qonunga chiqitsiz texnologiyalar joriy etilishini, chiqindilar qayta ishlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan aniq normalar kiritilishi zarur. Chiqindi muammosi yechimi ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlarini sotuv nuqtalarida mahsulotlar qadoqlarini qaytarib olishni va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishi, chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar sonini ko‘paytirish, maishiy chiqindidan qishloq joylarda biogaz ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatish va bu borada tadbirkorlarga imtiyozlar berish, shuningdek, aholining bu boradagi ekologik madaniyatini oshirish, chiqindini saralash va ularni maqsadli qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishda ko‘rinadi. Birgina biogazning ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirish atrof-muhitni ifloslanishdan saqlaydi, joylarda aholining gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish muammosini hal etadi. Aholining bu boradagi savodxonligini oshirish va madaniyatini shakllantirishda tashviqot ishlarini kuchaytirish bilan birgalikda joylarda ekologik jamoatchi ins¬pektorlar faoliyatini takomillashtirish zarur. Shuning¬dek, aholi gavjum joylarda axlat qutilarini ko‘paytirish, ko‘chaga chiqindi tashlagan fuqarolarga katta miqdorda jarima ko‘rinishida ma’muriy jazo qo‘llash ham shubhasiz, shahar va qishloqlarimiz tozaligini, soy va ariqlarda, kanallarda toza suv oqishini ta’minlaydi. Masalan, Ispaniyada mashina oynasidan axlat uloqtirish 200 yevro, sigaret qoldig‘ini yo‘lakka tashlash 90 yevro miqdorda jarimaga asos bo‘ladi. Germaniyada axloqsiz fuqarolarni “chiqindi izquvarlari” tutib oladi. Ko‘chalarda o‘rnatilgan videokameralarda qayd etilgan xatti-harakat maxsus qutiga tashlanmagan axlat uchun 100 yevrogacha jarima to‘lashga sabab bo‘ladi. Sigaret qoldig‘i, muzqaymoq yoki konfet qog‘ozi, ichimlik shishasini yerga tashlash 20 yevro, saqich, qoldiq ovqatlarni tashlash 35 yevro, eski mebel, elektron texnikani tashlaganlik uchun 150 dan 600 yevrogacha jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shvetsiyada yerga tashlangan qog‘oz uning egasiga 90 yevro, Singapurda esa 300 dan 1000 dollarga tushadi. Chiqindilar bilan kurashish har birimizning vazifamiz. Farzandlarimiz uchun toza, yam-yashil kelajakni barpo etish o‘z qo‘limizda. Download 25.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling