Chiqindilar to’G’risidagi qonun bandlarini o’rganish reja


-modda. Chiqindilarni ekologik sertifikatlash


Download 128.5 Kb.
bet9/12
Sana25.04.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1398394
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
CHIQINDILAR TO’G’RISIDAGI QONUN BANDLARINI O’RGANISH

19-modda. Chiqindilarni ekologik sertifikatlash
Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik bo‘yicha ekologik sertifikatlashdan o‘tkazilishi kerak, uning natijalariga ko‘ra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.
Chiqindilarni ekologik sertifikatlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-son “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
20-modda. Xavfli chiqindilarni tashish
Xavfli chiqindilarni tashish chiqindilarning ekologik sertifikati hamda ularni tashish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda maxsus jihozlangan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Xavfli chiqindilarni bexatar tashish uchun javobgarlik transport tashkiloti zimmasida bo‘ladi.
21-modda. Chiqindilarni olib kirish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chet elga mansub radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida olib kirish taqiqlanadi.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitning xavfsizligi ta’min etilishi sharti bilan chiqindilar faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib kirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22-modda. Chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga doir talablar
Chiqindilarni saqlash sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanilishini yoki ularning boshqa shaxslarga berilishini ta’minlovchi usullarda amalga oshiriladi.
Sanoat chiqindilarini va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish taqiqlanadi.
Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joy (xavfli chiqindilar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarning ko‘mib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish taqiqlanadi.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling