Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet23/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Dafn marosimlari. Misr hukmron tabaqalari ya’ni qirollarning asosiy vazifalari qonun va mustahkamlikni ta’minlashdan iborat. Qirollar adolat va adliya ilohasi Maat sifatida bilishgan8.
Misr madaniyatida o`lim bilan hayot doimo bir-biriga qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o`rin egallagan. Mana shu ajalsizlikka intilish ko`mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir odam alohida xususiyatga ega bo`lgan. Masalan, sax-insonjismi, shunt-uningsoyasi, rek-uningismi, ax-uningarvohihisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni Ra-insonning joni, ya’ni ajalsizlikning negizi o`ynagan. Misr diniga ko`ra, Ra o`z jismiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak bo`lgan. Chunki odam o`lganda faqat uning jismi o`ladi, ammo ruhi abadiy yashash uchun narigi dunyo-o`liklar saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Qadimgi misrliklarning ana shunday diniy tasavvurlari asosida odamning jasadini abadiy saqlash fikri tug`iladi va mo`miyolash jarayoni vujudga keladi. Shuningdek, ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmasligi uchun yoki boshqa shovqinlardan xalos bo`lish uchun piramidalar qurish fikri tug`iladi. O`lik 70 kun ichida mo`miyolanib, keyin esa ko`milgan. Uning yuragi, jigari, talog`i maxsus idish (kanopa)ga saqlangan. Qadimgi misrliklar tasavvuriga ko`ra, marhumning ruhi 70 kundan so`ng, narigi dunyoga mangu yashash uchun jo`natilgan. O`liklar saltanatiga borgan odamlarni ikkinchi o`lim kutgan. U dunyoda marhum Osiris va Anubis xudolari o`tkazadigan sudda odam o`ldirmagani, o`g`rilik qilmagani, yolg`on gapirmagani to`g`risida qasam ichisi lozim edi. Bu esa, asosan «O`liklar kitobi», «Darvozalar kitobi», “Yerosti g`orlari kitobi» kabi diniy kitoblarda aytilgan. Yangi podsholik davridan sog`onalarga “O`liklar kitobi”ning mazmunini o`zida aks ettirgan papirus yozuvlari qo`yilgan.
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy shart-sharoitlarini o`ziga xos xususiyatlarini, qadimgi Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aks etishi edi. Misrliklar oy, quyosh, Nil vodiysi va uning atrofidagi sahro, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil kuchlarini ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish tizimini tashkil qiladigan, insonlar ustidan amr qiluvchi fir’avnga e’tiqod qildilar.
Misrliklar mingga yaqin turli xil xudolarga sig`inganlar. Xudolar mahalliy va umummisr miqyosida e’tiqod qilingan ilohlarga bo`lingan. Qaysi bir nom hukmdori-umummisr hukmdori fir’avnlik taxtiga o`tirsa, shu nomning xudosi umummisr xudosiga aylangan. Misol uchun, nom markazi bo`lgan Fiva Misr poytaxti bo`lganda, hech kimga ma’lum bo`lmagan Fiva xudosi Amon xudolar ichida bosh xudo deb tan olindi.
Misrda oliy xudo quyosh xudosi Ra yaratuvchi xudo Ptax va xudo Amonning ko`pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga aylangan. Amon-Ra dunyoning yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr harbiy qudratining homiysi bo`lgan.
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatning aksi, u dunyoning hukmdori, podsho hokimiyati homiysi bo`lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va er-xotinlik muhabbatining homiysi bo`lgan. Ularning o`g`li ham osmon va yorug`lik ifodasi, fir’avn homiysi bo`lgan. Donolik va hisob xudosi Tot; qudrat ramzi m`buda Soxmet, osmon xudosi Xatxor quvonch va sevgi xudosi bo`lgan. Sia-bilim xudosi, Maat-adolat xudosi bo`lib, adolat, aql kabi mavhum tushunchalarni ifodalagan.
Misr Nubiya, Falastin va Suriya bilan yaqin aloqada bo`lgani sababli, chet el xudolari Anat, Astarta, ma’bud Reshefa (Semit), Dedun (Kush xudosi) Misr xudolari panteoniga qabul qilingan. Misr diniy tasavvurlarida fetishizm va totemizm qoldiqlari saqlanib qolgan. Misrliklar o`z xudolarini hayvon, ilon, qurbaqa tarzida tasavvur qilishlari shu sababli edi. Xudo Apis kuchli ho`kiz qiyofasida, ma’buda Soxmet-sher, Tot-pavian, suv girdobi xudosi Sebek-timsoh, Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli bo`lgan ma’buda Uadjet-ilon-kobra ko`rinishida ifodalangan.
Xudolarning ko`pligi, ularning vazifalarini bir-biriga bog`lanib ketishi kohinlarning xudolar panteonini tartibga solish, ular o`rtasida aniq munosabatlarni o`rnatish vazifasini qo`yadi. Geliopol kohinlari ma’lum darajada xudolar o`rtasidagi munosabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini ko`rsatadigan tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko`ra, dastlab ibtidoiy suv xudosi Nun yashadi. Undan xudo Atul (Ra) paydo bo`ldi. Atul (Ra) o`zidan suv xudosi Shu va uning xotini Tefnut-namlikni paydo qildi. Ulardan yer xudosi Geb, osmon ma`budasi Nut tug`ilib, ulardan o`z navbatida, Osiris, Isida, Sia va Neftida tug`ilgan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy to`qqizlik-Enneada oilasiga birlashdi. Ana shu ilohlardan boshqa Misr xudolari tarqalgan.
Podsholik qilayotgan va vafot etgan fir’avn o`z ibodatxonasiga ega bo`lgan. Kohinlar bu ibodatxonalarda qurbonlik keltirganlar va fir`avnga sig`inganlar. Ulug`vor piramidalar, hashamatli sog`onalar bunyod qilish fir`avnni ilohiylashtirishning yana bir belgisi edi. Fir’avn ilohiyligining ramziy aks etishi sfinks ko`rinishida bo`lgan. Misrda yagona xudoga sig`inish konsepsiyasi o`z o`rnini topmagan (Exnaton islohoti).
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o`rin berilgan. Inson go`yoki, uch asosiy substansiya: jismoniy tana, uning ma’naviy ko`rinishi («Ka») va uning ruhi («Ba») dan iborat. Faqat shu uch unsur birgalikda yashashga imkon beradi. Demak, shunday ekan, odamlarning jasadini saqlash (mo`miyolash) kerak. Ana shundagina mo`miyo oldida «Ka» va «Ba» turadi. O`limdan keyingi hayot bu hayotning davomi deb tushuniladi.
Ibodatxonalar ko`p sonli kohinlarni ta`minlash, bayram va ziyofatlarni tashkil qilish uchun o`z xo`jaliklariga ega bo`lgan. Fir`avnlar, zodagonlar ibodatxonaga hadya qilgan yerlarda ko`plab odamlar ishlagan. Ibodatxonalar nafaqat mamlakatni diniy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynab qolmay, ibodatxona kohinlari davlat siyosatiga faol aralashganlar. Sulolaviy tushkunlik paytida yangi fir`avnni tanlanishi bevosita Amon-Ra oliy kohinlariga bog`liq bo`lgan.
3. Til, yozuv, ta’lim tizimi. Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix davomida o`z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o`tdi:
1. Qadimgi podsholik davridagi til;
2. O`rta Misr klassik tili (bu tilda noyob adabiy asarlar yaratilgan);
3. Yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII asrlar);
4. Demotik til (er. avv. VIII-eramizning V asri);
5. Kopt tili (III-VII asrlari).
Misrdan bizgacha maktab matnlari yozilgan papiruslar yetib kelgan. Jumladan, o`quvchilarning yozuvlari, o`quv qo`llanmalar, namuna uchun adabiy matnlar. Misrliklar yozuvni “Ilohiy so`z” deb aytganlar. O`qituvchilar o`quvchilar uchun mashqlar, ko`rsatmalar tuzganlar. Misrda o`qish va yozishni bilgan kishilar qadrlangan. Zodagonlar o`zlari va bolalarining savodli bo`lishiga jiddiy e`tibor berganlar. Ta`lim tizimi shakllanib, maktablar paydo bo`lgan. Ular ikki bosqichdan iborat bo`lgan. Maxsus tibbiyot maktablari bo`lib, ularda tabiblar tayyorlangan.
4. Adabiyot. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g`oyalar, badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyotning rivojlanishi uchun qulay omil bo`lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy asarlar er. avv. IV ming yillikda shakllandi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi podsholik davridayoq paydo bo`ldi.
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri to`laroq aks etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir. Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o`g`li Merikaraga nasihati», «Fir`avn Amenemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish yo`l-yo`riqlari bayon qilingan. «Axtoyning o`gli Duaufaga nasihati»da mirzalikni boshqa kasblardan afzalligi ko`rsatiladi.
Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush axloqi va an’anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllandi. Ulardan eng mashhurlari «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga uchraganlar», «Egri va to`g`ri», «Ikki aka-uka» va «Fir’avn Petubastis to`g`risida» gi bir necha ertaklardir.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling