Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet81/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Davlat qurilishi. Qadimgi davrda sud ishlarini urug` jamoasining o`zi bajarar edi. Davlat hokimiyati urug`dan bu funksiyani tortib oldi. Zodagonlar uzoq vaqt sud hokimiyati, boshqaruvni o`z qo`llarida saqlab turdilar. Vaqt o`tishi bilan ular bir qism hokimiyatni yangi ijtimoiy kuchlarga berishga majbur bo`ldilar. Yangi ijtimoiy kuchlar bo`lgan savdo-hunarmandlar tabaqasi zodagon sudyalar hokimiyatiga chek qo`yish uchun odatdagi huquqni yozishni talab qildi. Jamiyat yana olg`a qadam tashlab, savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga, majburiy qoidalarini kiritish ehtiyojini tug`dirdi. Qonunlarning eng qadimgi kodifikatsiyasini Lokrada Zalevk (Italiyadagi yunon shahrida) Katanada Xarond (Sitsiliyadagi yunon shahrida) amalga oshirdi.
Yunon shaharlarida odatdagi huquqni yozish va yangilash barchaning hurmatiga sazovor bo`lgan “diallakt”-murosaga kel`tiruvchi yoki “aysyumet”-adolatni biluvchi kishilarga ishonib topshirilgan. Yunon an’analariga ko`ra, “yetti donodan biri” Lesbosdagi Mitilena shahrida Pittak, Sirakuzada Diokl, Fivada Filolay, Afinada Drakont va Solon shunday kishilardan edi.
Yangi qonunchilik natijasida sudyalar mansabdor shaxs sifatida saylab qo`yiladigan bo`ldi. Chiqarilgan hukmning xalq yig`inida appelyatsiya (qayta ko`rib chiqish) qilish mumkin edi. Qadimgi qonunchilikda jazo hajmi va xususiyati aniq belgilanib, sudya o`zicha jazo belgilay olmas edi. Huquqiy hujjatlarda “qonga-qon”, “jonga-jon” olish an’anasi mavjud edi (talion huquqi). Jazo juda og`ir edi. Drakont qonunchiligida (er. avv. 622-yil) jinoyatning og`ir, yengil shakllari yo`q edi. Faqat Solon bu tushunchani kiritdi. Drakont qonuniga ko`ra, har qanday o`g`rilik uchun o`lim jazosi belgilangan. Bundan tashqari, qonunda pul jarimasi, qullikka sotish, kaltaklash va fuqarolik huquqidan mahrum qilish ko`zda tutilgan edi. Qarzini to`lamagani uchun qarzdor turmaga qamashga hukm qilingan. Drakont qonunlari “fonos dikayos”-o`zini himoya qilish maqsadida odam o`ldirish jinoyati tushunchasini olib kirdi. Bu holda aybdor quvg`in qilinishi yoki pul jarimasi to`lashi ko`zda tutilgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashuvi turli yunon shaharlarida siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Ularning ko`pchiligida tiranlar hokimiyatni qo`lga oldilar.
Er. avv. VIII-VI asrda Buyuk yunon kolonizatsiyasida Afina qatmashmadi. Attikada mavjud hosildor yerlardan qishloq xo`jaligida unumli foydalanildi. Kulolchilik sohasi rivojlandi. Mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Siyosiy hokimiyat yevpatridlar-urug` zodagonlari qo`lida edi. Yevpatridlarga qarshi dehqonlar, savdo-hunarmandchilik tabaqalari-demos qat’iy kurash olib bordi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling