Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet78/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Tiraniya. Yunonistonda er. avv. VIII-VI asrlarda xo`jalik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar siyosiy hayotga o`z ta’sirini ko`rsatdi. Savdo-hunarmandchilik ishlab chiqarishining ilk rivoji hukmron tabaqa katta yer egalari oqsuyak zodagonlarga qarshi turgan kuchli, ko`p sonli savdo-hunarmandlar qatlamining paydo bo`lishiga olib keldi. Milet, Efes, Korinf, Sikion, Megara, Afina shaharlari, Samos, Lesbos va Sitsiliya orollarida iqtisodiy o`sish kuchli edi.
Aynan shu joylarda kuchli, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni noqonuniy zo`ravonlik bilan bosib oldilar. Hokimiyatni noqonuniy, zo`ravonlik bilan egallab boshqarish shakli “tiraniya” paydo bo`ldi57.
One kind was rule by a popularly approved political head of the city, whom the Greeks called a tyrannis (“tyrant”). Another was rule by a small number of wealthy and powerful citizens—the oligoi, meaning “the few” in Greek (hence “oligarchs” and “oligarchies”).
Tiraniya er. avv. VII asrda ayrim yunon shaharlari (Korinf, Sikion, Milet, Efes, Afina, Serakuza, Megara, Argos)da keng tarqaldi. Zodagonlar ichidan chiqqan tiranlar urug` zodagonlari va xalq hokimiyatini keskin rad qildilar. Hokimiyatni bosib olgan tiranlar o`zlarining raqiblari bo`lgan oqsuyak urug` zodagonlariga qarshi shafqatsiz kurashdilar. Chunki bu vaqtda urug` zodagonlari jamoa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli qismi edilar. Shu sababli, tiranlar o`zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun eng xavfli deb, zodagonlar hokimiyatini hisoblar edilar.
Tiranlar o`z hokimiyatlarini kuch bilan ushlab turgan holda urug` aslzodalarning siyosiy-iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. Tiranlar aslzodalarning kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni kuychaytirdilar va o`zlari istamagan holda hokimiyatlarining halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar. Omma ichida mustahkam tayanchga ega bo`lish uchun tiranlar kambag`al qatlamlarni tirikchilik o`tkazishi uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Ular aholini ish bilan band qilish maqsadida yo`llar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ishlarini uyushtirdilar. Savdo-hunarmandchilik va qishloq xo`jalik sohalarini bevosita qo`llab-quvvatladilar. Tiranlar madaniyat-ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlarni rag`batlantirdilar. Ularning hukmronligi davrida yunon polislari o`zlarini buyuk kelajaklari poydevorini qo`ydi (Afina-Pisistrat davrida, Sirakuza-Gelon davrida). Korinf va Samos shaharlarining gullab-yashnashiga tiranlar sababchi bo`ldilar. Tiranlar boshqaruvga o`z qarindosh-urug`larini tortdilar. Ular boshqaruvda yollanma qo`shinlardan foydalandilar.
Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuchga to`lganidan so`ng, o`zlari yoqtirmagan tiranlarni hokimiyatdan yengil qutildilar. Tiraniya urug` zodagonlari bilan kurashda yetakchi rol o`ynab, er. avv. V asr boshlarida deyarli hamma joyda polis tuzumini o`rnatilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdi va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib ketdi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling