Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet86/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

2. Solon islohotlari. Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag`al qismi bo`lgan oddiy demos o`rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakont qonunlari Attika aholisining eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qila olmadi. Solon Attikaning eng qadimgi oilalaridan birining vakili bo`lib, uning ajdodi podsho Kodriy sulolasiga borib taqalar edi. Yevpatrid Solon ancha yerga ega bo`lib, savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan shug`ullanib, boylik to`plagan edi. U harbiy qobiliyatga ega, ma`lumotli bo`lgan va she`rlar yozgan. Solon er. avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylanib, tub islohotlar o`tkazdi. Solon, eng avvalo, “seysaxteya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy ta`qiqlandi. Katta yer egaligi cheklandi. Yer ulushini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o`zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi. Ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to`lanib, Afinaga qaytarildi.
Xo`jalik faoliyatini rag`batlantiradigan qator islohotlar o`tkazildi. Pul islohoti, uzunlik va og`irlik o`lchov birliklari takomillashtirilib, savdo-hunarmandchilik rag`batlantirildi. Attikadan chetga mahsulotlar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g`alla chiqarishni ta`qiqladi. Bu chora-tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag`batlantirdi va zaytun moyi, vino eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi.
Vasiyatlar erkinligi to`g`risidagi qonun urug`chilik aloqalarini zaiflashtirdi. Alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi.
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikaning barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab, to`rt toifaga bo`ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek, to`la hokimiyatga ega bo`ldilar. Shu bilan birga, fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo`lish yer ulushidan yillik olinadigan daromadga bog`liq bo`ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlov berib, ko`p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak urug`ga mansublik emas, balki aynan daromad miqdori, yerga mehnat qilish fuqaroning jamiyatdagi obro`ining o`lchov mezoni bo`ldi.
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari-gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo`yicha oliy appelyatsiya huquqiga ega bo`ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo`yicha hukm chiqara olar edi. Odam o`ldirish bo`yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo`lida qoldi.
Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to`rt toifaga ajratildi:
1. Pentakosiomedimnlar-bir yilda 500 medimn g`alla yoki 500 metret (bir metret-39 litr) zaytun yog`i oladigan fuqarolar.
2. Suvoriylar (gippeylar).
3. Zevgitlar-ikkita eshak aravaga ega bo`lgan og`ir qurolli piyodalar.
4. Fetlar-hunarmandlar.
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da’vo qilishlari mumkin edi. Fetlar polisning bevosita boshqaruvidan chetlashtirildilar. Xalq yig`ini-eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko`rsatish, maslahatchilar sudi (gelieya)ga ishtirok etib, mansabdor shaxslarning suiste’mollarini yo`q qilishlari mumkin edi.
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi-maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo`lmaganligi sababli, zodagonlar hokimiyatini to`la tugata olmadi.
Solon islohotlari bo`lg`usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va areopagning roli o`zgarmadi. Polisning urug`, fillarga bo`linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug` huquqining yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o`z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o`rgatmagan o`g`il keksaygan otasiga g`amxo`rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr boshlaridagi islohotlar barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Solon o`z islohotlarini o`tkazib bo`lgach, arxont vazifasini topshirib, Sharq mamlakatlari bo`ylab uzoq sayohatga chiqdi. Afinada keskin ichki siyosiy kurash boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasining o`rnatilishiga olib keldi. Pisistrat va uning o`g`illari tiraniyasidan so`ng, Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o`rtasida kurash kuchayib ketdi.
Klisfen boshchiligida savdo-hunarmand tabaqalari urug` zodagonlari hokimiyatini yo`qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy-hududiy islohot o`tkazdi. Er. avv. VI asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib-qoidalar g`alaba qildi. Natijada Afina ko`ngilli qo`shinlari tarkibi ham o`zgardi. Uning asosiy qismini og`ir qurollangan jangchi-goplitlar tashkil etdi. Ular ko`p sonli uchinchi toifa zevgitlardan to`ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo`lgan areopagga qarshi turgan To`rt yuzlar kengashi (Bule) tashkil etildi. Kengash a’zolari to`rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan, muntazam faoliyat ko`rsatadigan organ bo`ldi. To`rt yuzlar kengashi xalq yig`inida ko`riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig`ini (ekklesiya) to`la qonli barcha vakolatlarga ega bo`lgan boshqaruv organi bo`lib, fuqarolarning barcha qatlamlari ovoz berish va uning ishida qatnashish huquqiga ega bo`ldilar. Xalq yig`ini muntazam yig`iladigan bo`ldi (er. avv. V asrda yiliga 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling