Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
- Ma`ruza №26-27 Mavzu: Afina quldorlik demokratiyasining ravnaqi
- 1. Arxaik davr boshlarida Attika.
Tayanch tushunchalar: Mardoniy, Doro I, Sparta, Marafon, Miltiad, Ksеrks, Lеonid, Salamin, Triyerlar, Afina dеngiz ittifoqi, Kaliy sulhi, Qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, ergatsеriya, Pirеy, savdo, qullarni jazolash, Xalq yig’ini, dеmos, Pеrikl, stratеg, shahar-davlatlar ittifoqi, Quldorlik dеmokratiyasi, gеliеya, eklеssiya, fеtlar, arеopag, agora.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Yunon-Eron urushlaridan kеyin xo‘jalik taraqqiyoti qanday kechdi? 2. Qishloq xo‘jaligi haqida o‘zlab bering. 3. Hunarmandchilik va savdo qanday axvolda edi? 4. Yunonistonda qulchilikning kuchayishi sabablarini ayting. 5. Afinada quldorlik dеmokratiyasining rivojlanishi haqida so‘zlang. 6. Pеrikl faoliyati qanday ahamiyatga ega bo‘lgan edi? 7. Quldorlik dеmokratiyasining chеklanganligini nimalarda ko‘ramiz? Ma`ruza №26-27 Mavzu: Afina quldorlik demokratiyasining ravnaqi Arxaik davr boshlarida Attika. Solon islohotlari. Afinada Pisistrat tiraniyasi. Klisfenning islohotchilik faoliyati. 1. Arxaik davr boshlarida Attika. O`rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri, markazi Afina bo`lgan Attika misolida yunon polisining shakllanishini atroflicha ko`rish mumkin. Yunonistonning markaziy viloyatlaridan biri bo`lgan Attikaning maydoni 2250 km kv bo`lib, Spartadan keyingi o`rinda turgan. Barcha tomonlari dengiz va tog`lar bilan o`ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay bo`lgan. Kumush konlari, marmarning mo`l-ko`lligi savdo-hunarmandchilikning ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikning rivojlanishiga sabab bo`ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan. Keyinbchalik esa, ular qoyatosh bag`rida joylashgan Afina akropoli markazi bo`lgan shahar atrofida birlashdilar. Jahon tarixida Xalq boshqaruvini ya’ni demokratiyani joriy etishga ilk urinish aynan Afinada boshlangan. Demokratiya so‘zi yunonchadan tarjimasi “xalq xokimyati” ma’nosini anglatadi61. Attikaning qadimgi aholisi ioniylar va pelasglarga doriylarning ko`chishi ta’sir qilmadi. Attik doriylar hujumini qaytardi. Doriylar Peloponnesdan haydab yuborgan axeylarning bir qismini qabul qildi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so`zlashadigan qabilalar guruhi to`rt urug` yoki qabila (fil)ga bo`lingan edi. Har bir fil bir necha o`nlab urug`lardan iborat bo`lgan uch fratriyaga bo`lingan. Gomer davrida Attika aholisini urug` zodagonlaridan chiqqan yo`lboshchi basileylar boshqargan. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin va harbiy boshliq vazifasini bajarganlar. Boshqa yunon polislariga bo`lganidek, basileylar huzurida Afinada oqsoqollar kengashi-areopag bor edi. Afsonalarga ko`ra, Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersiy aholini uch guruhga bo`ladi: yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar va hunarmandlar-demiurglar. Attika viloyati 12 alohida hudud-qabila okruglariga bo`lingan. Ularning markazlari Afina, Torika, Marafon, Afidna bo`lgan. Er. avv. VIII asr davomida xo`jalik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o`zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar. Basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o`ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o`rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi. Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o`z o`rinlarini yangi saylanganlarga bo`shatib berib, o`zlari areopagning umrbod a’zolari bo`lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro`li hokimiyat organi bo`lgan. Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo-hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga urunib ko`rdi. Arxont Drakont tomonidan 622-yilda og`zaki qonunchilikning yozma to`plamga keltirilishi urug` zodagonlarining hokimiyatini zaiflashtirdi. Drakont qonunlari bilan urug`chilikning qoldig`i bo`lgan xun olish ta`qiqlandi. Jazolash funksiyasi areopagga berildi. Drakont qonunlari shafqatsiz bo`lib, o`g`rilikjinoyati uchun o`lim jazosi belgilangan. Mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling