Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.44 Mb.
|
maruzalar-matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
- Ma`ruza№28 Mavzu: Sparta davlati Reja: Sparta jamiyati. Spartada davlat tarbiyasi.
Tayanch tushunchalar: Attika, akropol, ioniy, fil, fratriya, areopag, yevpatridlar, geomor, demurg, arxont, Kilon, gippeylar, Drakont, “seysaxteyya”, Solon, pentakosimedimn, medimn, suvoriylar, zevgit, fet, goplit, Bule, gelieya Pisistrat, tiraniya, Gomer, demos, Klisfen, Gippey, Gipparx.
Mustahkamlash uchun savollar: Yunon- Eron urushlari tugagandan so‘ng Afinadagi siyosiy vaziyatni yoritib bеring. Salon islohotlari va uning amaliy natijasi qanday bo‘ldi? Gеrodot asarlarida Afinadagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy axvolni yoritilish holatini izohlang. Pеrikl davrida Afinaning qudratli davlatga aylanishi va uning qo‘shni davlatlarga ta'siri qanday bo‘ldi? Fukidid asarlarida yunon dunyosiga bеrilgan baxo va uning tahlili qanday? Solon va Klisfen islohotlariни yoritib bеring. Afina davlat qurilishiни (er. avv. V asr). yoritib bеring. Polis-davlatda fuqaro ta'siri qanday bo‘ldi? Ma`ruza№28 Mavzu: Sparta davlati Reja: Sparta jamiyati. Spartada davlat tarbiyasi. Davlat tuzumi. Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi. 1. Sparta jamiyati. Qadimgi Spartaarxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Spartapolisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish vaqtiga to`g`ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o`rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o`rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo`ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb atadilar. Ko`pchilik doriylar bo`lg`usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o`rnashdilar. Mahalliy axey aholisining bir qismi bo`ysundirilib, qolgan qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo`lishi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni bosib olish bilan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida, urug` munosabatlarining yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug`chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o`ringa chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa, Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o`lka Spartaning kam sonli to`la huquqli fuqarolari tomonidan bo`lib olindi. Mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi. Spartaliklar o`zlariga tegishli bo`lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo`ldilar. Har bir to`la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo`jayinlariga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so`ng, Sparta G`arbiy Messeniyani ham egalladi. Keyin esa, sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o`ziga qo`shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo`ldi. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo`lib, qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o`z qo`shinining 1/3 qismini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o`rtasida aloqa zaif bo`lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o`z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o`rniga hech kimga shubha yo`q edi. Bu ittifoq o`sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi. Yunon dunyosida eng harbiylashgan davlat ham aynan Sparta edi62. Davlat masalalari haqida erkaklar bilan aqlli suhbatlar qilgan ayollar qattiq tanqid qilingan. Spartalik ayollar bundan mustasno edi va ular jamiyat ishlarini erkaklar kabi amalga oshirgan yoki hazil va adovat bilan boshqa yunon shahar davlatlarining erkaklaridan o‘zlarining huquqlarini talab qilib mulklarini saqlab qolgan.63 Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling