4. Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi. Taxminlarga ko`ra, arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko`ra, erkaklar qisqa ko`ylak (xiton) kiyib, ko`chaga chiqayotganda ustilariga keng yoping`ich (xlamida) tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzul (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubqa kanopdan to`qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o`zlashtirib olingan. Sochga tilla to`g`nog`ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash (xlamida) bilan o`ranganlar. Hunarmandlar esa, chap yelka orqali tashlangan kamtar jun yoping`ich (eksomida) bilan cheklanib qolganlar.
Arxaik davrda oila-nikoh munosabatlari ham o`zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota-onalariga qimmatbaho sovg`alar berib, sotib olar edi. Arxaik davrda esa, kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo`lib, yoshlarning ota-onasi o`rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach, kelinning otasini uyida to`y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib qo`yilgan.
Dafn marosimlari o`zgardi. Arxaik davrda ko`kragiga urib yig`laydigan go`yandalar paydo bo`ldi. Yig`i-sig`idan so`ng, marhum jasadi yuvib-taralib, xushbo`y yog`lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi o`tkazilib, yig`i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarib ko`milgan. O`likning og`ziga yer osti Aid podsholigida o`liklarni tashuvchi Xarondga to`lov sifatida tanga qo`yganlar. Ehtimol, krematsiya ham bo`lgan. Bu haqida Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o`zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan. Olovga vino, sut va asal sepish odati bilan marosim tugagan.
Tayanch tushunchalar: Apella, eklessiya, Sparta, axey, Artemida ibodatxonasi, Tenglar jamiyati, ilotlar, periek, simmaxiya, lakonizm, iryen, il, efor, lox, loxak, Kifera, Xarond, krematsiya, fiditiya, kriptiya, xiton,peplum, eklessiya, gerusiya, ikki podsho, Arkadiya, simmaxiya, mayda chaqa tanga, Likurg, ashdod, evrionit, agela, geront.
Do'stlaringiz bilan baham: |