Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet90/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

3. Davlat tuzumi. Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o`rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo`lida edi. Davlat tepasida ashdod va yevrionit urug`lariga mansub bo`lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo`lib, tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar. Ikki podsho ham oqsoqollar kengashi (gerusiya) tarkibiga umrbod kirgan. Podsholar hokimiyati xalq yig`inining keng vakolatlari bilan cheklab qo`yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo`shinga boshchilik qilgan, ammo ular rahbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo`lganlar. Xalq yig`ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega bo`lgan. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo`yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar.
Spartaliklar ko‘proq shaharlarning savdo manfaatlarini o‘ylab, “korrupsiya”dan qochib pul va qul mehnatini rad etdi. Shu bilan birga, Sparta qudratli harbiy davlat bo‘lgan va boshqa yunon shahar-davlatlaridan g’ayritabiiy siyosati bilanjralib turgan64.
Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko`ra, eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar. Er. avv. XI asrdan boshlab esa, xalq yig`ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor kollegiyasi podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oliy organ sifatida paydo bo`ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo`shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog`ining har biridan bittadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto, geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari, ular Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar Spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo`rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar.
Podsholar yoshi 60 yoshdan yuqori bo`lgan, yigirma sakkiz aslzoda keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yig`iniga ko`riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar hamda jinoiy ishlar bo`yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig`ini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat bo`lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo`lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (harbiy o`ljalarning 1/3 qismiga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo`lsalarda, eforlarning kuchli hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda qo`yar edi. Bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda eforlar podsholar ko`ringanda o`z o`rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar.
Xalq yig`ini-appelada 30 yoshga yetgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Sparta appelasi masalalar qizg`in muhokama qilinadigan, oddiy fuqaro faol so`zga chiqadigan Afina eklessiyasidan keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela masalani muhokama qilmas, bahslashmas, faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Likurg Sparta podsholaridan birining tog`asi bo`lib, o`z jiyanining yoshi kichik bo`lganligi uchun davlatni boshqargan edi. Likurgning islohotchilik faoliyatining asosida to`la huquqli spartaliklarning yaxlit hukmron tabaqasi hamda qaram ilotlar va perieklar ommasi noroziligining ko`rinishini har qanday lahzada bostirishga qobil bo`lgan va tashqi hujumni qaytaradigan kuchli harbiy tashkilotni yaratish yotar edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu holatda yashadi.
Er. avv. IV asrning II yarmidan butun yunon dunyosini qamrab olgan ijtimoiy va madaniy o`zgarishlar Spartaga ham ta’sirini o`tkaza boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o`rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo`lganlar. Jangda qo`shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan. Ulardan keyin, yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo`lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo`shini er. avv. VI-V asrlarda Yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo`shin edi. Qo`shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo`lingan. Harbiy qism tepasida harbiy boshliq (loxak) turgan. Qo`shinga qo`mondonlikni podsholar amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam bergan. Qo`shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi. Suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo`riqlaydigan, tinchlik vaqtlarda esa, mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o`ziga xos otliq gvardiyani tashkil etgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling