Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi


Download 1.44 Mb.
bet111/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi. Plebeylar borgan sari mashhur bo‘lgan hunarmandlik va savdo- sotiqning rivojlanishi Rim plebsining tabaqalanishiga olib kelgan. Plebeylar orasidan boy savdo- hunar zodagonlari ajralib chiqqan. Ikkinchi tomondan yo‘qsul plebeylar soni ko‘payib borgan. Patritsiylarning urug’doshlik tashkilotlariga kirmagan plebeylar xususiy mulk tariqasida juda katta yer uchastkalariga ega bo‘lgan . Urushlar, hosilning bo‘lmay qolishi hollari, istilo qilingan oblastlardan aholining bir qismi Rimga ko‘chirib keltirilishi va aholining tabiiy o‘sishi natijasida umuman yer kam bo‘lgan Rimda yersiz plebeylar soni o‘sib borgan . Ko‘p plebeylar o‘z yerlarini ko‘pincha urug’ zodagonlaridan bo‘lgan sudxo‘rlarga garovga qo‘ygan. Qarzini to‘lay olmagan qarzdorlar yerga egalik huquqidan mahrum bo‘lgan. Qarz bergan sudxo‘r shavqat qilib qarzdorni o‘z yerida qoldirgan taqdirda ham ijarachi sifatida , u o‘zining shaxsiy erkinligini garovga qo‘ygan. Patritsiylar , shuningdek boy plebeylar o‘z qarzdorlarini asoratga solganlar. Ular qarzdorlarni Tibr daryosining narigi tomoniga , ya’ni Rim jamoasidan tashqariga qul qilib sotib yuborishga haqli bo‘lgan .
Plebeylarning ana shu tariqa tabaqalanishi natijasida sinfiy kurash keskinlashib ketgan.
Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda Rim plebsi butun Rim jamoasiga qarashli jamoat dalasidagi yerlarni bo‘lib olishga uringan. Jamoat dalasi esa mag’lub bo‘lgan xalqlardan rimliklar tortib olgan yerlar hisobiga o‘sib borgan ( mag’lub bo‘lgan xalqlar barcha yerining 1/3 dan to 2/3 gacha tortib olingan ) . Lekin jamoat yerlarini faqat patritsiylargina band qilishlari mumkin bo‘lgan. Ammo plebeylar jamoat yerlarini band qilishi huquqiga ega bo‘lishi uchun ular siyosiy huquqda patritsiylar bilan teng bo‘lishga erishishlari lozim bo‘lgan.
Shunday qilib plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi iqtsodiy jihatdan yer uchun kurash bo‘lgan. Qashshoqlashgan plebeylar qarz asorastini bekor qilish talablarini agrar masalalar bilan qo‘shib olib borganligidan ularning bu kurashi murakkablashgan.
Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda plebeylar ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan patritsiylar bilan teng huquqga ega bo‘lish uchun uzoqqa cho‘zilgan kurash olib borganlar. Patritsiylar qanday grajdanlik huquqiga ega bo‘lsalar, plebeylar ham ana shunday huquqlarni talab qilganlar . Bu huquqlar : magistratura ( mansablar ) ga ega bo‘lish, senatda o‘rin egallashdan iborat bo‘lgan . Rivoyatlarga ko‘ra plebeylarning patritsiylar bilan kurashi eramizdan avvalgi 494- yilda boshlangan. Ekvlar bilan urush vaqtida qarzga botgan plebeylar Rim qo‘shinida xizmat qilishdan bosh tortib , Rimdan chiqib ketishgan va Muqaddas tog’da lager qurib o‘tirishgan . Plebeylar ketishi bilan armiya zaiflashib qolishidan qo‘rqqan patritsiylar yon berishga majbur bo‘lishgan. Plebeylarning o‘z mustaqil tashkilotlarini tuzish huquqi tan olingan . Eramizdan avvalgi 493-yilgan boshlab ular har yili o‘z o‘rtalaridan ikkita zalq tribune saylaydigan bo‘lishgan . Senat va magistratning plebs manfaatiga zarar keltiradigan qarorlarni tribunlar to‘xtatib ( Veto ) qo‘yishga haqli bo‘lganlar. Shunday qilib tribunlarning vazifasi patritsiylar magistrati va senatning o‘zboshimchaligidan plebsni himoya qilishdan iborat bo‘lgan . Dastlab 2 tribun saylangan , so‘ngra ( so‘ngra shahar tribalarining soniga qarab ) 4 tribun , keyinchalik 10 tribun saylanadigan bo‘lgan .
Eramizdan avvalgi V asrning birinchi yarmi o‘rtalariga kelib plebeylar agrar masalani hal qlishga uringanlar . Eramizdan avvalgi 486-yil konsul Snuriy Kassiy urush vaqtida tortib olingan yerlarni plebeylarga bo‘lib bermoqchi bo‘lgan. Ptritsiylar konsulni zulmda ayblashgan . Ammo eramizdan avvalgi 456-yilda xalq tribuni Itsiliy Avsitin tepaligidagi yerlarni kambag’allarga bo‘lib berish to‘g’risida qonun chiqargan.
Eramizdan avvalgi V asr o‘rtalarida plebeylar katta g’alabaga erishganlar . Ular amaldagi huquqlarning yozib qo‘yilishiga muvaffaq bo‘lishgan. Eramizdan avvalgi 451-yilda 10 patritsiydan ( detsemvirlardan ) iborat komissiya tuzilgan , bu komissiya yozma qonunlar majmuasini tuzishi lozim bo‘lgan . Ammo komissiya bir yil ichida bu ishni qilib ulgurmagan va eramizdan avvalgi 450- yilda yana 10 ta detsemvir ( 5 tasi patritsiylardan , 5 tasi plebeylardan ) saylangan. Ular amaldagi huquq normalarini yig’ib tartibga solganlar . Eramizdan avvalgi 449-yilda 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilgan qonunlar forumga qo‘yilgan .
XII jadval qonunlarining qabul qilinishi Rim plebsining katta g’alabasi bo‘lgan. Patritsiylar va plebeylar uchun umumiy bo‘lgan qonunlar plebeylarni patritsiylarning o‘zboshimchaligidan qo‘riqlashi lozim bo‘lgan.
XII jadval matnining haqiqiy nusxasi saqlanmagan. Bu matn keyingi mualliflarning asarlaridagi sitata va naqllaridan tiklangan. Shunday bo‘lsa-da, eramizdan avvalgi 451-450-yilarning qonuni qimmatli manba bo‘lib, hali urug’doshlik tuzumi normalarining ta’sirini saqlab turgan Rim ilk respublika jamiyatidagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni tasavvur qilishga imkon beradi.
Qonunda yer va mol-mulk xususiy mulk hisoblanib , uni me’rosxo‘rga vasiyat qilib qoldirish mumkin bo‘lgan. Ammo bundagi ba’zi moddalarda urug’doshlikka xos ba’zi xislatlar aks ettirilgan. Masalan, rimlik o‘lsa-yu vasiyat qoldirmagan bo‘lsa, kognatlar bo‘lmasa agnatlar qo‘liga, ular ham bo‘lmasa qarindoshlar “merosxo‘r” bo‘lgan. Qonunlarda kviri  mulkining , yer va mevalarning daxlsizligini buzgan kishilarga qattiq jazolar ko‘rsatilgan. Birovning ekin yerini kechasi payhon qilgani uchun jarimaga solingan. Qonunlar jamoa yerlaridan foydalanish tartiblarini ham qattiq qo‘riqlagan. Yer egasi sun’iy sug’orish yo‘llari qurib suvning tabiiy oqimini o‘zgartirishga haqi bo‘lmagan.
Yer mulkchiligiga doir umumiy moddalarning xarakteri eramizdan avvalgi V asrda mayda yer egaligi ustun bo‘lganligidan dalolat beradi.
Qonun qattiq qarz huquqining amalda bo‘lganligini takidlaydi. Qaez bergan kishi o‘ziga qarzdor bo‘lgan kishini jamoadan tashqariga , Etruriyaga sotib yuborishga haqli bo‘lgan. Demak, qarzdor butun umr qul bo‘lib g’urbatda o‘tishga mahkum qilingan. Bundan tashqari qarzdorni o‘ldirishga ham yo‘l qo‘yilgan. Qonunda qullar bilan ba’zi guruh kishilar o‘rtasida – qullar qatoriga kirmasa ham qaram bo‘lgan, chunonchi, erkka qo‘yib yuborilganlar va kliyentlar o‘rtasida aniq tafovut belgilanmagan. Masalan, qulni mayib qilgani uchun to‘lanadigan jarima erkin kishini mayib qilganligi uchun to‘lanadigan jarimaning yarmini tashkil qilgan, ya’ni qul bilan erkin kishi nisbatan teng qilingan. Boshqa bir modda ham xuddi shunday : Biron narsaga yetkazilgan ziyonni qul egasi emas, qul to‘lashi lozim bo‘lgan. Ammo qonunda qulni qul egasining jabr-zulmidan himoya qilishga doir modda yo‘q. Qonun oila a’zolariga nisbatan oila boshlig’ining cheksiz hokimiyatini o‘rnatgan. Oila boshlig’I urug’ boshlig’i kabi oila a’zolarining hayotiga xo‘jayinlik qilgan, qilingan nojo‘ya ish uchun hamma oila a’zolariga , shu jumladan qullarga ham jazo bergan. Masalan, ota o‘z og’lini uch marta qul qilib sotishga haqli bo‘lgan, shundan keyin o‘g’il otaning hukmidan holi bo‘lgan. Rim oilasida ayol tamomila huquqsiz bo‘lgan. Shunday qilib, eramizdan avvalgi 450-yilgi qonun patriarxal xarakterdagi qulchilik to‘g’risida ma’lumot beradi.
XII jadval qonunlari Rim fuqarosining huquqlarini himoya qilgan. Qonun uni sud qilmasdan jazolashni ta’qiqlagan: o‘lim jazosi to‘g’risidagi hukmni faqat senturiat komissiyalarigina chiqarishi mumkin bo‘lgan. Fuqarolik va jinoyat huquqlarida patritsiylar bilan plebeylarning tengligi o‘rnatilgan bo‘lsa-da , tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlar haqida juda kam gapirilgan.
XII jadval qonuni chiqarilgandan keyin plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi yana yangi kuch olgan. Eramizdan avvalgi 449-yilda Valeriy bilan Goratsiy konsulligi vaqtida qabul qilingan qonunlarga muvofiq olebeylar yangi siyosiy huquqlarga ega bo‘lganlar. Ular o‘lim jazosiga hukm qilingan har bir kishi xalq majlisiga shikoyat qilishga haqli bo‘lgan. Xalq tribunlarining shaxsiy daxlsizligi takidlangan.
Eramizdan avvalgi 445-yili xalq tribune Kapuleyning taklifi bilan qabul qilingan qonunda ilgari patritsiylar bilan plebeylar o‘rtasida nikohning ta’qiq etilganligi bekor etilgan. Plebeylarning oily magistrlik- konsul lavozimini egallashlariga yo‘l qo‘yish to‘g’risida Kapuley taklif qilgan qonun loyihasi esa rad etilgan. Ammo eramizdan avvalgi 444-yildan e’tiboran konsul hokimiyatiga ega bo‘lgan harbiy tribun saylanadigan bo‘lgan. Yangi magistrliklar teng kollegial hokimlikka ega bo‘lgan.
Eramizdan avvalgi V asr oxiri va IV asr boshlarida plebeylar va patritsiylar o‘rtasidagi kurash bir qancha vaqtlar davomida o‘z keskinligini yo‘qotgan, chunki bu vaqt Rim etrusk , volsk va ekvlarga qarshi hujmkorlik urushi pallasiga kirgan. Eramizdan avvalgi IV asr boshlarida Rim Markaziy Italiyani qiyratib tashlagan gallar istilosini boshidan kechirgan. Gallar chiqib ketgandan keyin rimliklar Latsium bilan Janubiy Italiyada o‘z ta’sirlarini harbiy yo‘l bilan tiklaganlar.
Urushlar natijasida yer fondi (jamoat dalalari) o‘sgan, bu fondning katta qismi bo‘linmay qolgan. Rim fuqarolari bu yerlarni bemalol egallash huquqiga ega bo‘lgan, natijada katta yer egeliklari ko‘paygan, bu yerlarning ko‘p qismi esa patritsiylar qo‘liga o‘tgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling