Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi


Download 1.44 Mb.
bet113/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi.
Eramizdan avvalgi V-III asrlarda Rim davlat tuzumining shakllanishjarayoni davom etgan. Aslida Respublika so‘zi “umumxalqishi”ma’nosinianglatsada, aslidahaligachauchyuzkishidaniboratsenatningta’sirikuchliedi.
Xalq majlisi ( komitsiyalar ), magistraturalar va senat davlat hokimiyati organlari bo‘lgan. Ota-onasi fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan to‘la huquqli Rim fuqorolarining jamoasi bo‘lmish rim xalqi (populis Romanus) oily hokimiyat egasi bo‘lgan. Rasmiy jihatdan Rim fuqarolari xalq majlisi ( Komitsiyalar) da ishtirok qilishga , davlat lavozimlariga saylanishga , mulkka egalik qilishga , Rim qo‘shinida xizmat qilishga haqli bo‘lganlar.
Rimda uch xil komitsiya bo‘lgan. Eng qadimgi komitsiya- qur’ali majlis bo‘lib, u faqat rasmiy jihatdan ijro qiluvchi oily hokimiyatni- “ imperiya- magistratlar”ga topshirish va oila munosabatlariga doir ba’zi masalalarni hal qilish huquqiga ega bo‘lgan xolos. Ilk respublika davrida komitsiyalar o‘zining siyosiy ahamiyatini yo‘qotgan.
Xalq majlislarining boshqa turi bo‘lmish senturiya komitsiyalari katta o‘rin tutgan. Dastlab ular shahar lashkarlarining yig’inidan iborat bo‘lgan, keyinchalik patritsiy va plebeylarning senturiya va mulkiy darajalariga qarab chaqiriladigan majlislarga aylangan. Senturiya majlislarini oily mansab egalari chaqirgan va u majlislar shahardan tashqari Mars maydonida o‘tkazilgan. Majlis qaroriga tegishli masalani magistrat qo‘ygan va u ovoz berishni idora qilgan. Ovoz berish dastlab senturiya ichida o‘tkazilgan, so‘ngra maxsus hisobchi “tarafdor” yoki qarshi ovoz bergan senturiyalar sonini hisoblab chiqqan. Butun ko‘pchilik ma’lum bo‘lishi bilan ovoz berish to‘xtatilgan.
Senturiya komitsiyalari Rim xalqining irodasini ifoda qilgan: ular oily mansab egalari bo‘lmish konsullar, pritor, senzorlarni saylagan, jinoiy ishlarni tekshirgan, urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilgan. Triba komitsiyalari ( tribalar bo‘yicha chaqiriladigan majlislar ) eramizdan avvalgi III asrda Gortenziy maxsus qonun chiqarib ularning qonun chiqarish huquqini tasdiq qilgandan keyingina katta ahamiyat kasb etadigan bo‘lgan. Bu komitsiyalar senturiya komitsiyalariga qaraganda xiyla xalqchil bo‘lgan, negaki u majlislarga senzlardan qat’iy nazar Rimdagi barcha fuqarolar qatnashganlar. Senturiyada ovoz berish tartibi qanday bo‘lsa, triba majlislarida ham shunday bo‘lgan. Triba majlislari odatdagi qonun chiqarishga doir masalalarni hal etgan, quyi mansabdorlarni saylagan, ba’zi bir jinoiy ishlarni ko‘rgan.
Rim xalq majlislari tizimi demokratik negizda qurilmagan. Faqat magistrlargina Rim xalq majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan. Xalq majlislarining hech qaysisi qonun chiqarishda tashabbus ko‘rsatish huquqiga , biron bir taklifni muhokama qilish yoki o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmagan. Senturiya majlislariga qatnashuvchilarning holatini belgilab bergan senz prinsipi ham nodemokratik bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asrning so‘nggi yarmigacha ochiq ovoz berilib , bu tartib ba’zi davlatmand kishilarning ba’zi majlis qatnashchilariga tazyiq qilishlariga imkon tug’dirgan. Amalda xalq rim davlatining konstitutsiya asoslarini o‘zgartirishga ta’sir qila olmagan.
Ijro qiluvchi hokimiyat bir yil muddatga xalq saylab qo‘yadigan mansabdorlar – magistratlar qo‘lida bo‘lgan. Magistratlar bajargan vazifalari evaziga hech qanday haq olmagan ( bu vazifalar fuqaroning faxrli ishi deb hisoblangan ) , haq olmasliklari ustiga yana ( saylangunga qadar) ziyofatlarga va fuqorolarga beriladigan sovg’alarga o‘z mablag’larini sarflashga majbur bo‘lganlar. Magistratlikning ba’zi vazifalarini bajarish ham xarajatlar bilan bog’liq bo‘lgan. Demak, Rimda yashovchi har bir fuqaro rasmiy jihatdan har qanday lavozim egasi bo‘lishga haqli bo‘lsa-da, aslida magistratlik mansabini faqat boy kishigina egallay olgan.
Rim magistratlari faqat jamoaviy tarzda ish ko‘rgan, ya’ni qarorlar faqat bir ovozdan qabul qilingan. Magistrat o‘z sheriklarining qarorlaridan rozi bo‘lmagan taqdirda norozlik (Veto) bayon qilgan, bundan keyin qaror qonuniy deb hisoblanmagan. Ba’zan magistratlarning jamoaviychiligi ularning vazifalarni almashishlari (masalan, magistrat bir oy harbiy ishlar bilan, ikkinchi oy fuqarolik ishlari bilan mashg’ul bo‘lishi) va ish doiralari qat’iy chegaralanganligi bilan yo‘q qilingan.
Magistrat daxlsiz shaxs bo‘lgan. U o‘zining vakolat muddati tugamaguncha javobgarlikka tortilmagan. Faqat xalq unga vakolatni tark qilishni taklif etishga haqli bo‘lgan.
Magistratlik odatdan tashqari (favqulodda ) va odatiy (oddiy yoki doimiy) magistratlikka bo‘lingan. Odatdan tashqari magistrlar (diktator, triumvrlar va detsemvirlar) alohida holat, davlatda biror xavf-xatar yuz berganda ( dushman bostirib kirgan, fuqarolar urushi boshlangan taqdirda ) saylangan yoki tayinlangan. Diktator tayinlash to‘g’risida faqat senat qaror qilishi mumkin bo‘lgan. Ba’zi hollarda senturiya komitsiyalari bevosita diktator tayinlash huquqiga ega bo‘lgan.
Diktator birdan bir nojamoaviy magistratlik bo‘lgan. Harbiy va fuqarolik hokimiyati olti oy davomida diktator qo‘lida bo‘lgan, uni sudga tortish mumkin bo‘lmagan, xalq tribunlarining noroziligi unga ta’sir qilmnagan. Ammo diktator ta’sis qilinayotganida magistratlar avvalgiday o‘z huquqlaridan foydalanganlar. Diktatorning o‘z oily nishoni bo‘lgan: uni doim 24 ta faxriy soqchi (liktor) kuzatib yurgan.
Odatda oily magistrlik 2 ta konsul, pretorlar, senzorlar va odatda tribunlardan, quyi magistratlik- edillar va kvestorlardan iborat bo‘lgan. Rim respublikasining oily mansabdorlari bo‘lmish konsullar har yili senturiya kompaniyalarida saylangan. Harbiy va fuqarolik hokimiyati konsullar qo‘lida bo‘lgan. Konsullar qo‘shin to‘plagan, ularga qo‘mondonlik qilgan, bir qism harbiy tribunlarni tayinlagan. Fuqarolik hokimiyatiga ega bo‘lgan konsullar senatni, xalq majlislarini chaqirgan, ularning qarorlarini bajargan, mansabdorlarni saylash ishiga rahbarlik qilgan. Konsullar kollegial hokimiyat bo‘lgan. Konsullardan biriga yakka hokimiyat berish ( qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish) masalasi qur’a tashlash yo‘li bilan yoki konsullarning o‘zaro kelishishi yo bo‘lmasa senat qarori bilan hal qilingan.
Pretorlar sud ishlari bilan shug’ullangan (sud komissiyalarida raislik qilgan), viloyatlarni boshqargan va konsullar yo‘q paytda o‘rnini bosgan va senat topshirig’i bilan legionlarga qo‘mondonlik qilgan.
Ikkita sensor (odatda sobiq konsullardan) besh yilda bir marta 18 oy muddatga senturiya komissiyalari tomonidan saylangan. Ular har besh yilda bir marta senz belgilagan: baarcha fuqaro;arni ro‘yxatga olgan, har bir fuqaro bilan shaxsan suhbatlashib uning mulkiy ahvolini bilgan va tegishli mulkdorlik darajasi ro‘yxatiga kiritgan hamda tribalarga bo‘lgan. Senzorlar kim oshdi savdosi bilan besh yil muddatga davlat mulklari daromadini to‘plash huquqini va boj to‘plash huquqini sotganlar. Rim fuqarolarining axloq tozaligini nazorat qilish ham senzorlar zimmasiga yuklangan.
Xalq tribunlari har yili triba yig’inlarida saylangan. Boshqa magistratlar shaxsi singari tribun shaxsi ham umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan. Har bir xalq tribune senat yoki mansabdorning qaroriga norozilik bildira olgan va demak, o‘ziga yoqmagan ishga yo‘l qo‘ymagan. Tribun tribalarda xalq yig’inlarini chaqirishga haqli bo‘lib, bu yig’inlarda raislik qilganlar. Tribun vakolati Rim va uning atrofi bilangina chegaralangan.
Kichik magistratlardan bo‘lmish edillar shaharda tartib saqlanishini nazorat qilib, shahar soqchilariga boshchilik qilganlar, obodonlikni kuzatganlar, shaharning oziq- ovqat bilan uzluksiz ta’min bo‘lishiga javobgar bo‘lganlar, xalq tomoshalari va bayramlarini tashkil qilganlar.
Kvestorlar ham kichik magistratlarga mansub bo‘lgan. Ular triba komissiyalarida saylangan. Kvestorlar xazinachilik vazifasini bajarishgan, davlat arxivini qo‘riqlashgan, viloyat hokimlariga yordamchi bo‘lganlar va harbiy xazinaga mudirlik qilganlar.
Har bir magistrat ixtiyorida ko‘pdan ko‘p xattotlar, liktorlar , jangchilar hamda ozod qilingan qullardan va davlat qullaridan iborat boshqa xizmatchilar bo‘lgan.
Senat Rim respublikasining oily davlat organi bo‘lgan. Eramizdan avvalgi I asr boshlarigacha senat 300 kishidan iborat bo‘lib ularning ko‘pini nobillar tashkil etgan. Senatorlarni sobiq magistratlardan ularning darajasiga qarab: avvalo sobiq diktatorlarni, ulardan keyin sobiq konsullarni keyin sobiq pretorlar va hakozolarni senzorlar tayinlagan. Senatni faqat oily magistrlargina chaqirishga haqli bo‘lgan. O‘sha magistrlar senat majlislarida raislik qilgan. Senat g’oyat katta huquqlarga ega bo‘lgan. U komissiyalar turli lavozimlarga tayinlagan shaxslar to‘g’risidagi qarorlarni tasdiqlagan, tashqi siyosatga , moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan, davlat mulkini idora qilgan, diniy ishlarni kuzatib borgan. Senat respublikaning harbiy hayotiga bosh bo‘lgan: askar to‘plash muddatini , qo‘shinning tarkibini, lashkarboshilarning vakolatini belgilagan, urush olib borayotgan magistratning ishlarini nazorat qilish uchun o‘zining elchilarini yuborgan.
Rim respublikasi o‘ziga xos aristokratlar respublikasi bo‘lgan. Xalq majlisining jo‘nligi va bo‘shangligi , magistratlarning bepul ish qilishi, senatning nihoyatda katta ta’siri Rim respublikasining muhim xislatlaridir. Buning sababi shuki , avvalo, Rim fuqarolarining ko‘pchiligi doim tarqoq va durustroq uyushmagan ziroatchilardan iborat bo‘lganligi, ikkanchidan, eramizdan avvalgi V-IV asrlardagi tarixiy sharoitlarning o‘ziga xosligi , shuningdek, Rim respublikasining yerlari faqat urushlar tufayligina kengayib borganligidir. Uzluksiz davom etgan urushlar, muttasil talonchilik davlat tashkilotiga qattiq ta’sir ko‘rsatgan, davlat harbiy xarakter olgan. Eng e’tiborli xalq majlislari senturiya komissiyalari bo‘lib, boshda ular odatdagi askarlar yig’inidan iborat bo‘lgan. Fuqarolar butun qurol- yarog’larini osib, 17 kunlik zaxira oziq-ovqat bilan senturiya komissiyalariga kelishgan. Tribunlardan boshqa magistratlarning hammasi harbiy boshliqlar lavozimida bo‘lgan, legionlarga qo‘mondonlik qilgan yoki hech bo‘lmasa, urush olib borishga bevosita aloqasi bo‘lgan boshqa biron bir vazifani bajargan. Senat ham asosan harbiy ishlarga rahbarlik qilgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling