Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 1.44 Mb.
bet115/150
Sana20.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1789919
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150
Bog'liq
maruzalar-matni

Etrusklar bilan kurash. Eramizdan avvalgi V- III asrlarda Rim senati Apennin yarim orolida harbiy bosqinchilik siyosatini olib borgan. Rimning boshqa Italiya xalqlari hisobiga jamoa yerlarini kengaytirish maqsadida bosqinchilik urushlari ikki yuz yildan ziyodroq davom etgan. Patritsiylar ham , mayda ziroatchilar ham, xullas butun Rim jamiyati urushlardan manfaatdor bo‘lganlar.
Eramizdan avvalgi VI asr oxirlarida etrusklar va Rimga qo‘shni Italik qabilalari ( sabinlar, ekvlar , volsaklar) Rimda yuz bergan siyosiy to‘ntarishdan foydalanib,Rim yerlariga bostirib kirgan. Bu payt Rim jamoasi etrusklar shahri Kluziga qarshi urush olib borgan.
Eramizdan avvalgi V asrda rimliklar etrusklarga qarshi hujumga o‘tganlar. Bir tomondan eramizdan avvalgi V asrda Rimdagi erkin aholining birlashishi, ikkinchi tomondan, etrusklarga qarshi shimoldan keltlarning hujumi tufayli rimliklarning ochiqdan-ochiq dadil istilochilik siyosatiga o‘tishiga imkon tug’ilgan. Eramizdan avvalgi V asrning 90-yillarida rimliklarning latinlar bilan tuzgan ittifoqi ham butun e’tiborni etrusklarga qarshi kurashga qaratishga imkon bergan.
Rimliklar Tibr daryosining o‘ng qirg’og’idagi Veyya shahriga qarshi otlanganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, rimliklar bu kuchli shaharga qarshi uch marta yurish qilganlar. Ammo afsonalar mazmunidagi qarama-qarshiliklarga ko‘ra olimlar eramizdan avvalgi 406-396- yillardagi uchinchi urush to‘g’risidagi ma’lumotlarnigina bir qadar to‘g’ri deb topadilar. Bu urush shaharni o‘n yil qamal qilib turgandan keyin rimliklar g’alabasi bilan yakun topgan. Rimliklar Veyya shahrini tor- mor keltirganlar, aholisinbi esa qul qilib sotganlar. Uning hududi jamoat dalasi deb e’lon qilingan. Veyya o‘rnida to‘rtta qishloq tribasi tashkil etilgan. Ayni vaqtda Latsiyaga bostirib kirgan Rim qo‘shinlari , bir necha janglarda tog’larda yashovchi ekvlar va volsklarni tor-mor keltirganlar.
Eramizdan avvalgi V asr Rimning Tibr daryosi o‘rta qirg’og’ini istilo qilishi va Rim jamoasining latin jamoasi federatsiyasiga qo‘shilishi bilan tamom bo‘lgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling