Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti
Download 28.32 Kb.
|
mohira boboraxmatova mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qaratqich kelishigi
- 3. Tushum kelishigi
- 4. Jo‘nalish kelishigi
- 5. O‘rin-payt kelishigi
1. Bosh kelishik. Qadimgi turkiy tilda hozirgi turkiy tillardagidek, bosh kelishik morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bosh kelishikda kelgan so‘zning gapdagi asosiy funktsiyasi ega vazifasini bajarishdir. Masalan: Tabğach qağan yağïmïz erti “Xitoy xoqoni dushmanimiz edi” (To‘n.).
2. Qaratqich kelishigi quyidagi variantlarga ega: -nïŋ,-niŋ//-nuŋ,-nüŋ//-ïŋ, -iŋ//-uŋ -üŋ. Masalan: Bayïrqunuŋ, burxanlarnïŋ, täŋriniŋ, Külteginiŋ, uluğlarnïŋ, altunuŋ. Bir affiksning turlicha ko‘rinishlarda ishlatilishi singarmonizm qonuniyati bilan bevosita bog‘liqdir. So‘z tarkibida lablangan unli bo‘lsa, -nuŋ, -nüŋ//üŋ, -uŋ, lablanmagan unli hisoblansa, -nïŋ, -niŋ, -ïŋ, -iŋ shakllar qo‘shiladi. 3. Tushum kelishigi -ğ, -g (-ïğ, -ig//-uğ, -üg//-ağ, -äg); -ï, -i// -n//-ni, -nï qo‘shimchalari bilan ifodalangan. Masalan, süg - lashkarni, tašïğ “toshni”, išig “ishni”, küčüg “kuchni”, temiräg “temirni”, ïğačağ “daraxtni”, bodunuğ “xalqni”, ärig “erni”, äčisin “akasini”, savïn “soʻzini”, kimi “kimni”, bäni “meni”, säni “seni”. Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigidagi so‘z o‘zi bilan kelgan fe’l bilan shunday bog‘langan bo‘ladiki, boshqa hech qanday kelishik bunday munosabatga kirishmaydi. Xuddi ana shunday xususiyat qadimgi turkiy tilda ham uchraydi. 4. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ğaru, -gärü//-qaru, -kärü//-ğar, -gär//- ru –rü//-ra, -rä//-qa, -kä//-ğa, -gä//-a (ya), -ä (yä). Masalan, oğuzğaru “oʻg‘izga”, bizgärü “bizga”, yoqaru “yuqori”, mäŋär “menga”, säŋär “senga”, aŋaru “unga qarab”, äbimrü “uyimga”, tašra “tashqariga”, yüräkrä “yurakka”, qağanqa “xoqonga”, yärkä “yerga”, qunčuyïmğa “bekachimga”, ädgügä “ezguga”, tağa “toqqa”, ajuna “dunyoga, borliqqa”, yïraya “soʻlga”, biriyä “oʻngga”. Hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi yuqori, tashqari, ichkari, teskari soʻzlari tarkibidagi - qori, - kari qadimgi joʻnalish kelishigining qoldiqlari sanaladi. 5. O‘rin-payt kelishigi -da, -dä//-ta, -tä variantlariga ega. Masalan: Altun yïšda “Altun vodiysida”, eldä “elda”, altï yašïmta “olti yoshimda”, küntä “kunda”, boyunda “boʻynida”. Qadimgi matnlarda ba’zan o‘rin, chiqish va jo‘nalish kelishiklari almashtirib qo‘llangan: …qağanta körüg kelti “xoqondan kuzatuvchi keldi”, Qïrqïzda yantïmïz “qirqizga qaytdik” (Toʻn), köŋül ičintä ot kirdi “koʻngil ichiga oʻt kirdi” (TT). Download 28.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling