Chirchiq davlad pedagogika unverstiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 38.68 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1490748
Bog'liq
SHOZATOVA KUMUSH MUSTAQIL ISH



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAD PEDAGOGIKA UNVERSTITETI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O'ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI
19 /4 GURUH TALABASI
SHOZATOVA KUMUSHNING
O’ZBEK TILI TARIXI FANIDAN
Mustaqil o’qish uchun Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur g’zallari matni ustida ishlash” mavzusidagi

MUSTAQIL ISHI



CHIRCHIQ-2023

MAVZU: Mustaqil o’qish uchun Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur g’zallari matni ustida ishlash.
REJA:

  1. Sakkokiyning uzbek tili taraqqiyotidagi roli

  2. Lutfiy asarlarining ba’zi til xususiyatlari

  3. Atoiy adabiy merosi

  4. Alisher navoiyning o’zbek tiliga qo’shgan hissalari

XIV—XV asrlar o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida ayniqsa, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlari til materialining ta'siri ancha kuchli bo‘lgan. O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida, uni xalq tiliga yaqinlashtirishda, ayni vaqtda, umumxalq tiliga xos bir qator grammatik shakllar, so‘z va iboralar bilan boyitishda ulaming asarlari 0‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ulaming she'rlari o‘z davrida ancha mashhurbo‘lgan. Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois» asarida «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi... Turkiygo‘y erdi, o‘z zamonida she'ri atrak arosida ko‘p shuhrat tutdi», — degan edi «Badoye’ ul-bidoya» debochasida esa uyg‘ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag‘osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy rahimahu maUohkim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda beg'oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdumr ham devonlari mayjud bo‘lg‘ay» kabi fikrlami o'qiymizki, haqiqatan ham Atoiy, Sakkokiy, Lutfiylaming mrkiy tilda yozilgan asarlari o‘sha davrlarda ko'pcliilikka manzur bo'lgan va ancha keng tarqalgan edi. Ulaming g'azallarida xalq qo'shiqlariga — tiliga xos soddalik, ravonlik va jo'shqinlik, yoqimlilik aniq sezilib turadi. Masalan, Atoiyning kutubxonasi
Kel, ey dilbar,ki bo‘ston vaqti bo‘ldi,
Gul ochildi, guliston vaqti bo'ldi.
Jamoting vasfmi qildim chamanda;
Qizordi gui uyotdin anjumanda
she’riy misralari, Sakkokiyning:
Bo ‘yungdek butmadi bo ‘ston aro sarvi ravon, ey jon,
Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon. satrlari, Lutfiyning esa:
So‘zlarda qachonkim, ko'zi qoshi bila o'ynar;
Har go'shada yuz ming kishi boshi bilan o'ynar
kabi baytlari sodda uslubi bilan keng xalq ommasi uchun tushunarli adabiy tilda yozilganligi ko‘rinib turibdi. Ularning ko'pgina g'azallari o'zbek mumtoz she'riyatida keng tarqalgan xalq qo‘shiqlari vaznida yozilganligi ham o‘ziga xos soddalik, ravonlikni ta'minlagan. Ular o‘z g‘azallarida adabiy til uslubini rivojlantirish maqsadida so‘zlashuv tili (jonli xalq tili)ning turlicha badiiy-tasviriy vositalarini mohirilk bilan qo‘llaydilar. Shu asosda ajoyib sifatlashlar, mubolag‘a va o‘xshatishlar yaratadilar, bu orqali o'zbek tilining boyligini namoyish etadilar va adabiy tilni yangi-yangi tasviriy vositalar, so‘z va iboralar bilan boyitadilar:
Kim ko ‘rsa aning yuzini, aytur,
Ne turfa erur bu turk balosi.
Turkona ir irlag'uncha aning,
Kuydurdi meni yalay — bulosi. (Sakkokiy)
Kechti umru, tushmadi ul yor ila,
Qo ‘rqaram ko'nglum bu g'amdin yor ila Bu vafosizlikni, sendin ko 'rmisham
E 'tiqodim qolmadi hech yor ila. (Lutfiy)
Boqar ohulayin har yon o ‘shal qaro koizlar
Vafosizliklarin bilgach, yana mehru vafo ko'zlar
Bo'yung sarvu, ko'zung nargis, yuzinggul,
Sening qoshingda bo ‘ston hojat ermas... (Atoiy).
Ushbu misollardan ko‘rinib turibdiki, har uchala shoir mubolag‘a va o‘xshatishlardan, shakldosh (omonim) va dialektal so'zlardan mohirona foydalanib, o‘z g‘azallarining badiiyligini oshiiganlar, tilining ravonligi va mazmundorligini ta'minlaganlar. Shu kabi ularning g‘azallarida umumxalq tiliga xos bo‘lgan quyma iboralar, xalq maqollari va hikmatli so‘zlari ko‘p uchraydi. Ular xalq maqollari va hikmatli so‘zlarini aynan yoki ijodiy tarzda qayta ishlab qo'llaganlar. Masalan, Lutfiy she’rlarida: Kumush bilaklaringizni yeng ichra yoshurmang,
Kishining ilgi ochiq bo‘fsa, benazir boiur
Yoki «Oqqan ariqqa oqar suv»,
«Chirog‘tubi qorong‘u», «Ko‘zdanyiroq boisa, ko‘ngildin yiroq» kabi; Atoiy she'rlarida ham:
G'animat tutjamolu husn davron,
Masaldurkim, yana bu dam topilmas.
Yoki Kishi bol tutsa, barmogin yalar.
«Xirmonni, albatta, har ekkan o ‘rar»
kabi qator maqol va hikmatlar o‘rin olganini ko‘ramiz. Umuman, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy she'rlarining adabiybadiiy uslubiy jihatlari o‘zbek adabiy tili uslubiyatining shakllanishida muhim rol o'ynagan. Ularning she'riy asarlari leksik jihatdan eski o‘zbek tiliga to‘liq mos keladi, hatto hoziigi tilimizga yaqin turadi. Shu kabi o‘ziga xos jihatlari bilan qadimgi tihmizni ham eslatib turadi. Bu esa eski o‘zbek tili bilan qadimgi umumturkiy adabiy tildagi bog'liqlikni, ya'ni eski o‘zbek tili qadimgi turkiy tilning rivojlangan shakli, o‘ziga xos mustaqil milliy adabiy til shakliga aylanayotgan ilk davrlarini ko‘rsatadi. Jumladan, quyidagi fonetik-grammatik xususiyatlar bunga misol bo‘la oladi. Birinchidan, turkiy tillaiga xos bo‘lgan unli va undosh tovushlarning uyg‘unligi — singarmonizm qonunining ko‘p hollarda saqlanganligini yaqqol kuzatish mumkin
«Nazm dengizining tubiga shungib, she’riy durlar yaratishga intilgam Atoiy Uzbek dunyoviy adabiyotnniig Navoiyga qadar yetishgan atokli namoyan dalaridandir. Atoiy adabiy merosp bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og’zaki ijodiga yaxshi bilganligini va ulardan ijodiy foydalanganligini yeyezamiz. Atoiy xalk kushislarining tili soddaligi, ravon- ligl va mz'si^iyligidan xam il^omlandi va uni urgan di. U uzining 260 ta gazalidan 109 tasiii xalk qo’shiqlari vaznida yaratgan. Bu narsa uning xalk tili boy- liklaridan baxramaggd bulnb, ijod etganligini kur- satadi. Atoiy xalk masollari va ta’birlariga katta'e’ti- bor beradi. U xalk; maqollaridan foydalanshp billi Uz gazallarining mazmushish ham, tili va badiiyligini xam boyitdi. Atoiy xals masollarinn aynan keltiradi va ularning mazmunini she’riy misralarga singdiradi:
Boldi bagrim suv ramingdin, yaxshilik, sal sura
Axir, ey gul, xirmanni, albatta, zar ekken orar.
Vasl nushi dunyada bulmas, Ataiy, nishsiz.
Bundan tashqari, Atoiy xalk tiliga xos hazil-mu- toyiba tarzida aytilgan misralardan, kontrast usulidan foydalandi. Lekin u yengil kulgiga jiddiy tuye beradi.
Yuziga kup tika baksam, manga kulib aytur,
«Ataiy, ne kuzi toymas gada emishtuksen?»
Atoiy xals tili boyliklaridan ustalik bilan foy- dalanib, original uxshatish, kinoya, mubolaga, tajoxuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratadi. Shoir omonim suzlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli suz uyinlari yasaydi va guzal mumtoz tuyuslar namunasini yaratadi.
Desangkim: «Jan sipar qilg’il l Atayim».
Turubmen ushmunaq uldur, atayim...
Yuzingni, ey malazxat xani, bir ach,
Tuya kursun seni bu mustaxiq ach.
Atoiy asarlarining tili Oltin Urda yodgorliklari- ning tilidan fars siladi. Chunki Atoiyda qipchoq tili unsurlari ustun darajada edi. Atoiy gazallarida suyidagi til xususiyatlarini uchratnsh mumkin. Junalish kelishigi qushimchasi -ga (-ga, -ka) -sa af- fikslari bilan birga -a shaklida ham uchraydi:
Mim erzi bila zulfi saddi lam-alifdin
Ey vay, netay xasta kungul qaldi alamra
Nazm bahrina chum, sa’rina yet durdek, Ataiy.
Darya yuzini chun xasu xashak keraktur.
Junalish kelishigining -a, -na, -ma kabi qushimcha- lari hozirgi j-lovchi uzbek shevalarida ham uchraydi. Lekin bu shakl aslida uruz tiliga xos xususiyatdir. O’rin-payt va chiqish kelishigi qo’shimchalaridan ol- din bir n tovushi orttiriladi.
Garchi ohuyi xutandir bexato bilmon iyedin,
Chinu Mochin lolazorinda silur sayron kuzing.
Ul sanamkim suv yakasыnda paritek ulturur,
Rayati nozuklikindin suv bila yutsa bulur.
Sifatdosh yasovchi sushimcha -gan shaklida zham, -an shaklida xam uchraydi. Masalan: kilan — silgan, alan— alran kabi. Buyrus fe’lining birinchi shaxs kupligi fe’l negizlariga -aling affiksini qushish orqali yasaladi: boraling, kelaling, alaling kabi. Bu xolat «Muxabbat noma»da xam uchraydi. Atoiy razallarida leksik jixatdan suyidagi suzlarni uchratish mumkin: u s u sh — kup, ari — toza, bak- m a s — saramoh, meng — xolning kattasi, sam us— hamma, asrus— mayet, dud os — lab, ajun — dunyo, neng — narsa, iydgax — sayilgox kabilar. Umuman, Atoiy g’azallari tilida XV asr boshidagi uzbek adabiy tiliga xos xususiyatlar uchraydi. Shoir uz asarlari bilan XV asr uzbek dunyoviy adabiyotigagiia emas, balki uzbek adabiy tili taraodiyotiga xam muno- sib xissa qushdi.
Sakkokiyning uzbek tili taraqqiyotidagi roli
Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, Movaroun- nazfda shuxrat topgan shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulugbek zamonida yashab ijod etgan. Shoir razallar va kasidalar bitgan. Sakkokiy xam Atoiy kabi xals tili uisurlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasvirii vosita- lar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va natr kabi usullardan foydalanadi, o’xshatish, mubolaga, majoz va boshsa turdagi tasviriy vositalarga murojaat siladi. Natijada xals ogzaki ijodiga xos bulgan xalq qo’shiqlari uslubida g’azallar yaratdi. Sakkokiy tuyus janrida asarlar bitmagan bulsa-da, yozgan gazallaridan uning s^z uyiniga usta shoirligi ko’zga tashlanadi. U xals masollari bilan uz gazalla- rining mazmunini ham, tilini xam boyitdi. Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janrn bulgan sasida yozish sohasida ham salam tebratdi. Ma’limki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va xarbiy vosealar- ga bagishlab yoziladi. Ulurbekka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini mastay- di. Ulurbekni «Sulaymoni zamon», «No’shiravon», «Musotek», «Shubon», «Atodin mezfibon», «Xurshidi zamon» kabi sifatlar bilan uluglaydi. qasidaga xos bunday uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar xam davom ettirdilar. Sakkokiy asarlarida qipchoq tili unsurlariga nis- batan 5'ruz tili yoki xarbiy adabiy til an’anasiniig ta’sirn kuchlidir. Bu asarlarda ayla, solma, silma kabi kumakchi fe’llar uchraydi:
Gul yuzingni arzulab yuz kuzni gulzor ayladi. Utgan zamon sifatdoshi fe’l negiziga -mish affik- sini sushish orsali yasaladi.
Ma’lumkn, bu sushimcha urxun-enasoy yezuvlarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham keng sulla- nadi. Sakkokiydan keyingi shoirlarda esa bu sushimcha siyrak uchraydi. Masalan: Tun chaman ichra nisabin al- mish ul gul yuzidan. «Bo’l» fe’li va uning uruz tillariga xos bulgan «ul» shakln shonr asarlarida parallel Kullanadi:
Adolat bogi sabz uldn, chu Nushiravon keldn.
Sakkokiy asarlarida keluvchi «bikin», «ya n g l i r» suzlari «kabi», «o’xshash» degan ma’nolarii bildiradi. Bu suzlar Alisher Navoiygacha bulgan shoirlarning hammasida uchraydi. Sakkokiy asarlarining yana uziga xos tomoni shundaki, Atoiy tiliga nisbatan unda tojikcha-forscha suz va iboralar kup uchraydi. Masalan: ko’kxoqon — tor suporuvchi, jankan — jon oluvchi, garat— barbod, turra — kokil kabilar. Umuman, Sakkokiy ham uzbek adabiy tilini rivojlantirishga samarali hissa qo’shgan shoirlardan biridir.
Lutfiy asarlarining ba’zi til xususiyatlari
Shoir asarlari uning oʻsha davrda keng tarqalgan tasavvuf gʻoyalari taʼsirida boʻlganligidan dalolat beradi. Alloh dunyoni mukammal goʻzallik timsoli sifatida yaratgan, shu goʻzallik ogʻushidagi odamning borliqni idrok etish tuygʻusi, muhabbat hislarining ustivorligi, atrofni oʻrab turgan jamoat va nabotot olami bilan aloqasini eng goʻzal fazilatlari sifatida kashf etgan. Lekin hayotda hamma narsa muvaqqat, u uzluksiz harakatda. Tabiat fasllari kabi odam umrining fasllari bir-biri bilan almashinib turadi. Shunga koʻra ham Lutfiyning gʻazallari markazida turgan qahramon hayotining Alloh inʼom etgan barcha goʻzalliklariyu, neʼmatlaridan bahramandlik tuygʻusi bilan yashaydi. “Bari aysh birla kechsa kerak ushbu umri foni”, deb xitob qiladi. Shoir lirik qahramonini navbahor kelishi bilan chamanlarning gurkirab ketishi, gul faslining tarovati maftun etadi. U shu chamanda “sarviqad guli xandoni”ni izlaydi.
Yoz boʻldi, kerak ul buti ayyor topilsa,
Barcha topilur, bizga kerak yor topilsa.
Men kezguchi qulnung tururin siz ne soʻrarsiz!
Istang meni ul yerdaki, didor topilsa.
Shoir lirikasida hayot zavqlari, tabiat goʻzalliklaridan bahramand boʻlish, shodlik va tarona ohanglari bilan bir qatorda inson qadriyati va uning orzu-umidlarini oyoq osti qiluvchi “kajraftor charx”, “sergina falak”, “jaholatpesha odamlar”dan ozurdahollik kayfiyatlari ham yuz koʻrsatadi. Bunday tasvirlarda shoir oʻzini oʻrab turgan hayotga har jihatdan yaqinlashib boradi.
Lutfiyning hamisha yaxshilikka umidvor boʻlgan oshiq nidolarini oʻz ichiga olgan shoh baytlaridan birida quyidagi talqinga koʻzimiz tushadi.
Yoʻq turur yolgʻuz bu Lutfiy joniga javri raqib,
Qayda bir dono durur ul javri nodon tortadur.
Lutfiyning oʻziga xos katta mahorati ham dastlab, bir tomondan qalamga olinayotgan barcha mavzularni qulay ochib beradigan poetik obrazlar vositasida tasvirlash bilan kitobxonlar qalbiga yoʻl topishidadir. Uslub soddaligi, ifodalarning xalqonaligi, sheʼr vaznining xalq qoʻshiqlariga yaqinligi Lutfiy lirikasining muvaffaqiyatini taʼmin etgan ikkinchi muxim omildir.
Lutfiy gʻazallari aruzning rang-barang tarmoqlarida yozilgan va ular aksar hollarda hajm jihatidan juda ixchamdir. U oʻz gʻazallarida aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin turgan ohangdor, oʻynoqi oʻlchovlarini tanlaydi. Lutfiy sheʼrlarida xalq urf-odatlari, marosim lavhalarini tez-tez uchratish mumkin. Lutfiy oʻz lirikasida xalqning jonli soʻzlashuv tilidagi erkalash, yupatish, qargʻish, istehzo, qochiriq iboralaridan mahorat bilan foydalaniladi. Maʼshuqning jabru sitamlaridan koʻngli ozurda boʻlgan oshiq ich-ichidan zorlanib aytadi:
Lutfiyni kim qargʻadi: “Yo rab, balogʻa uchra!” deb
Kim, seningtek tosh bagʻirliq dilrabogʻa uchradi.
Lutfiyning nazmiyatda xalq maqollaridan istifoda etish bobidagi sanʼatkorligi ayniqsa yuksaqdir. Uning ruboiy, qitʼa, tuyuq va fardlarida kishi ruhiy olamining rang barang lahzalari, axloq-odob mavzularining talqinlari asosiy oʻrin tutadi.
Shoirning toʻrtliklari haqida soʻz borar ekan, uning tuyuqlari alohida diqqatga sazovor. Koʻproq turkiy tiddagi sheʼriyatga taalukli tajnisli (zulmaʼniayn) soʻzlar vositasida tuyuq yaratish sanʼati Lutfiy sheʼriyatida yorqin ifodalangan deb aytish mumkin. Uning devonidan oʻrin olgan koʻplab tuyuqlardagi nafis maʼno tovlanishlari kitobxonni ona tilining boy imkoniyatlari qatlamlariga olib kiradi, uni xayolga tortib, estetik zavq beradi.
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkayman ul dilbanda men,
Bevafolargʻa meni qilding asir,
Sen manga sultonsan, ey dil, bandamen.
Ushbu tuyuqda uch marta goh qoʻshilib, goh alohida yozilgani holda takrorlanib kelayotgan “dilbandamen” soʻzi misralardagi oʻrinlariga koʻra uch maʼnoni keltirib chiqarmoqda: 1) Ey, dil (koʻngil), men sening dastingdan qoʻl oyogʻi bogʻlanmagan (bandamen); 2) Faryodim shuki, u maʼshuqa (silband)ga qachon yetar ekanmen; 3) Ey, koʻngil (dil), sen meni vafosizlarga asir qilib qoʻyding. Bunga mening boʻysunib yurishdan boshqa ilojim yoʻq. Chunki sen menga podshohsan, men esa, senga banda – (qaram)dirman.
Alisher Navoiy oʻzining “Majolis un-nafois” asarida Lutfiyning turkiy tildagi sheʼriyatda boʻlgani kabi forsiy ijodsa ham “benazir erdi” deb yozadi. Lutfiy, xususan, forsiy qasidanavislikda oʻz zamonasi ijodkorlarining eʼtiborini qozongan edi. Navoiy yozadi: “Mavlono Lutfiy forsiyda qasidagoʻy ustodlardin koʻpining mushkul sheʼrlariga javob aytibdur va yaxshi aytibdur”. Navoiy tomonidan “Majolis un-nafois”da qayd etilgan bir necha parchalarning oʻzi Lutfiyning bu sohadagi salohiyatini koʻrsatib beradi. Navoiyning qayd etishicha, umri oxirlab borayotgan Lutfiyning: 
Ey zi zulfi shab misolat soyaparvar oftob,
Shomi zulfatro ba joi moh darbar oftob.
(Sening tun kabi sochingdan quyosh soyada parvarish topadigan boʻldi. Sochingdan taralgan shom qoraligini oy oʻrniga quyosh koʻtarmoqda) matlali gʻazaliga zamondosh ijodkorlar koʻplab javob yozganlar. Lekin ularning hech biri Lutfiy darajasida sheʼr aytolmaganlar.
Lutfiyning Abdurahmon Jomiyga ixlosi katta edi. U Jomiyga “Suxan” radifli qasida ham bagʻishlagan. Umri oxirida boshlangʻich baytinigina yozishga ulgurgan “Aftad” radifli gʻazalini tugallab, oʻz devoniga kiritishini Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Jomiy keksa shoirning bu vasiyatini ado etgan, bugungacha Jomiy devonida yashab kelayotgan “Aftad” radifli gʻazal ikki buyuk soʻz sanʼatorining ijodiy hamkorligidan yodgorlik sifatida qadrlidir.
Lutfiyning forsiy nazmiyatidagi mislsiz sanʼatkorligini keyingi asrlarda yashagan tazkiranavislar ham qayd etadilar. Akbarshoh zamonida yashagan Abdulla Kobuliy oʻzining “Tazkirat ut-tavorix” asarida Lutfiy merosi haqida soʻz ochib, “dar forsi sheʼri zebo va qasidai gʻarro dorad” (“forsiyda goʻzal sheʼrlari va porloq qasidalari bor”) deb aytadi.
Xulosa silib aytganda, Lutfiy uz njodi bilan ada- biy til tarassiyotida yangi davrni boshlab berdi va Navoiy kabi Uzbek adabiy tiln asoschisining yetishuviga ma’lum darajada zamin tayyorladi.
Xullas, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy kabi so‘z san'atkorlari ijodining til materiali o‘zbek adabiy tilining ilk bosqichlarini o‘iganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning asarlari o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida, uni ma'lum me'yorga keltirish va so'zlashuv va xalq tiliga yaqinlashtirishda ulkan hissa qo‘shdi.
M a’lumki, eski o'zbek tilining shakllanishida ulug' mutafakkir, genial shoir va buyuk tilshunos olim Alisher Navoiyning xizmatlari nihoyatda qimmatlidir. Alisher Navoiy o‘zining tilshunoslikka oid «Muhokamat ul-lug‘atayn» nomli mashhur asari bilan o‘zbek adabiy tilining, xususan, o‘zbek tilshunosligi va stilistikasining ilmiy-nazariy asoslarini yaratib berdi. 0 ‘ziningjahonga mashhur bo'lgan asarlari — «Xazoyin ul-maoniy»ga kiigan lirikasi va «Xamsa»ga kiigan epik dostonlari va boshqa asarlari (misol uchun, «Mahbub ul-qulub», «Mezon ul-avzon», «Majolis un-nafoyis» kabilar) bilan eski o‘zbek adabiy tilini yangi bosqichga ko‘tardi, uning asoslarini ham nazariy, ham badiiy-estetik, ham amaliy tomondan to‘la va mukammal ravishda ishlab chiqdi. Chunki, Alisher Navoiyning ikkinchi guruhda sanalgan asarlari orasida ham ulug‘ shoiming badiiy-amaliy faoliyati bilan birga uning til nazariyasi va adabiy til konsepsiyasiga oid muhim frkr va mulohazalari ayrim o‘rinlarda maxsus ravishda bayon qilib berilgan. Umuman olganda, Alisher Navoiyning adabiy-estetik, falsafiy va qisman, tilshunoslik qarashlarini o‘iganish sohasida katta va muhim ishlar amalga oshirilgan.
Alisher Navoiyga qadar bo'lgan adabiy tilimiz tarqoq ravishda, ayrim huquqlardagina yuzaga kelgan bo‘lib (masalan, o‘g‘uz, qipchoq yoki o‘g‘uz-qipchoq, uyg‘ur tili singari), ular bir-biridan anchagina farq qiladi. Alisher Navoiyning bu sohadagi katta xizmatlaridan yana biri shundan iboratki, u juda katta hududdagi tarqoq adabiy tilni uslub jihatidan ham, tarkib jihatdan ham birlashtirdi va shu katta hududdagi shevalar, lahjalar va ayrim tillardagi asosiy xususiyatlami o‘zining badiiyamaliy faoliyati bilan yagona umumiy til darajasiga keltirdi, adabiy tilni sayqallashtirdi, uni keng ko'lamga va yangi bosqichga olib chiqdi. Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Alisher Navoiy qo'llagan til uzoq yillar davomida faqat o‘zbeklar uchungina emas, balki yon atrofunizdagi boshqa turkiy xalqlar uchun ham adabiy til sifatida xizmat qilib kelganligini faxr bilan qayd etib o‘tishimiz lozim bo'ladi. Bu fikmi Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonining oxirida g‘unuianib yozgan misralari ham to‘la tasdiqlaydi:
Olibmen taxti farmonimga oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. Xuroson demakim,
Sherozu Tabriz, Ki qilmishdur nayi kilkim, shakarrez.
Agar bir qavm, gar yuz, yo ‘qsa, mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Ko ‘ngil bermish so ‘zimga turk, jon ham,
Ne yolg‘iz turk, balkim turkmon ham.
Alisher Navoiyning bu misralarida, birinchidan, u rivojlantirgan adabiy tilning keng chegarasi ham aytilgan, bu tilning Xitoydan Xurosongacha, jum ladan, Sheroz va Tabrizgacha tarqalganligi, Movarounnahrning esa, shubhasiz ravishda, shu hududga kirishi qayd etilgan. Ikkinchidan, shu tilning keng manbalari, jumladan, xalq shevalari va shu manbalarda gaplashuvchi xalqlarning keng, turli-tuman etnik tarkiblari ham aytilgan:
Agar bir qavm, gar yuz, yo ‘qsa, mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Ko ‘ngil bermish so 'zjmga turk, jon ham,
Ne yoig'iz turk, batkim turkmon ham
Shu narsani ham alohida aytib o‘tish kerakki, Navoiyning flkricha, eski o'zbek adabiy tilining shakllanishiga ma'lum darajada hissa qo'shgan urug'lar qatoriga yuqorida sanab o‘tilgan o‘zbek urug'larining yuz va minglaridan tashqari, adibning «Vaqfiya» asarining kirish qismida qayd etilgan «barloslilar, arlotiylar, tarxoniylar, qiyotlar, qo‘ng‘irotlar, uyg‘uriylar, cho‘liliklar, jaloyirlar, qovchinlar va boshqa bir qancha qabila hamda uaig‘ birliklari ham kiradi».
Demak, Navoiy adabiy tilning shakllanishida o‘zbek qabila, urug‘laridan ko'pchiligining alohida o‘mi borligini qayta-qayta uqtirib o‘tgan. Bu jihatdan uning, ayniqsa,
Shohu toju xil 'atekim men tamosho qilgali,
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas
deb atalgan mashhur misralari alohida mazmun kasb etadi. Umuman, Navoiy o'zbek millatining, xalqining shakllanishida qatnashgan va keyinchalik o'zbek xalqining umumiy, yagona nomiga aylangan urug‘laridan «O‘zbek» urug‘ini faxr bilan tilga oiadi. Chunonchi, «Saddi lskandariy» dostonida Doroga qarshi kurashgan bir qancha qabila va elatiar qatori Alisher Navoiy o‘zheklarning ham qatnashganligini aytadi:
Borongor anga xayti Mashriq zamin,
Samarqandin toki sarhaddi Chin.
Yana yuz ming o'zbek, mo‘g ‘ul birla zam,
Yuz ellik ming ul sori qalmoq ham
Uchinchidan, Navoiy baytlarida o‘zi qo'llagan adabiy tilning sifati — uning yuqori darajadagi badiiy belgisi, ya’ni shirinso'zligi haqida ham bir og‘iz so‘z bilan bo‘lsa-da, (ya'ni «shakarrez» so‘zi bilan) shakar tashuvchi til deb baholaydi. Demak, Navoiy o‘zi qo'llagan adabiy tilda Xitoydan to Xurosongacha bo‘lgan hududdagi turkiy xalqlar va elatlaming til xususiyatlaridan foydalangan. Ularni sayqallashtirgan, takomillashtirgan va birlashtirib butun bir adabiy til holiga keltirgan. Shuning uchun ham shoir boshqa bir joyda haqli ravishda faxrlamb: Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yak qalam deb yozadi.
BOBUR ASARLARINING TIL VA USLUBI
Amir Temurga beshinchi avlod Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo – Bobur (1483-1530), birinchidan, davlat arbobi, mohir sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi sifatida jahon tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lsa, ikkinchidan, nafaqat turkiy, balki jahon xalqlarining ma’naviyati va adabiyoti taraqqiyotiga ham katta ta’sir etgan buyuk mutafakkirdir. Bobur yoshlik davridan harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini puxta o‘rgandi, ilm-fanga, ayniqsa, she’riyatga havas qo‘ydi. Bobur otasi yo‘lidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qo‘ydi va uning tariqati ruhida voyaga etdi, umrining oxiriga qadar shu e’tiqodga sodiq qoldi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur 1494-yil iyun oyida valiahd sifatida taxtga o‘tiradi. Bobur davlat arbobi va ko‘p vaqti jangu jadallarda o‘tgan bo‘lishiga qaramay ijodiy ishga vaqt topa bildi, ilm, san’at va ijod ahlini o‘z atrofiga to‘plab, ularga homiylik qildi, ularni o‘z o‘rnida rag‘batlantirdi. U umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, o‘zidan boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Boburning o‘z she’riy asarlarini to‘plab, devon holiga keltirgan sanani ko‘rsatuvchi aniq tarixiy ma’lumotlar ma’lum emas. Ammo «Boburnoma» asarining 1518-1519-yillar voqealari bayoniga bag‘ishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi to‘g‘risida so‘z boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari 51 aniqlangan. Devon tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan. Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur “Mubayyin” asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo‘ljallangan mazkur asarda, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati to‘g‘risida ham shar’iy mezonlar bayon qilingan. Shuningdek, Bobur nazarda tutilgan yillarda Sharq she’riyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid “Aruz” nomli ilmiy risolasini yozadi. «Boburnoma» ustidagi ijodiy ishini esa 1518-19-yillarda boshlaydi. Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, “Xatti Boburiy” (ayrim ilmiy tadqiqotlarda “Boburiy xat” deb nomlangan)37, shuningdek musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus bag‘ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. «Xatti Boburiy»da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. Bobur umrining oxirlarida Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini she’riy tarjima qiladi.

TEST TOPSHIRIQ


1. Alisher Navoiy o‘zining ……….. asarida «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi... Turkiy go‘y erdi, o‘z zamonida she'ri atrak arosida ko‘p shuhrat tutdi», — degan edi
a) “Lison ut- tayr”
b) “Tarixi muluki Ajam”
c) “Sab’atu abhur”
d) *"Majolis un- nafois”
2. Quyidagilardan qaysi biri Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biri hisoblanadi?
a) *“Majolis un- nafois
b) “Tarixi muluki Ajam”
c) “Sab’atu abhur”
d) ” “Lison ut- tayr”
3. A. Navoiy “Majolis un- nafois” asarida Sakkokiyning qayerlik ekanini takidlaydi?
a) Buxoro b) *Samarqand c) Xuroson d) Movarounnahr
4. Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini kimning topshirig‘iga ko‘ra tarjima qilgan?
a) Shohruh Mirzo
b) Mironshoh
c) *Ulug‘bek Mirzo
d) Abulqosim Bobur
5. Kim ko ‘rsa aning yuzini, aytur,
Ne turfa erur bu turk balosi.
Turkona ir irlag'uncha aning,
Kuydurdi meni yalay — bu losi. Ushbu parcha kimga tegishli.

  1. Lutfiy

  2. *Sakkokiy

  3. Atoiy

  4. Navoiy

6. Nechinchi asrlarda o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida ayniqsa, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlari til materialining ta'siri ancha kuchli bo‘lgan.
a) XIV-XVI
b) XV-XVII
c) XX-XIV
d) * XIV-XV
7. sakkokiy kimning zamonida yashab ijod etgan.
a) Amir Temur
b) *Mirzo Ulug’bek
c) Bobur
d) to’g’ri javob yoq
8. Boqar ohulayin har yon o ‘shal qaro koizlar
Vafosizliklarin bilgach, yana mehru vafo ko'zlar
Bo'yung sarvu, ko'zung nargis, yuzinggul,
Sening qoshingda bo ‘ston hojat ermas.. ushbu to’rtlik kimga tegishli.
a)Lutfiy
b)Sakkokiy
c) *Atoiy
d) Navoiy
9. sakkokiy asarlarida qaysi til an’analarining ta’siri kuchli.
a) turkiy til
b) *o’ruz tili
c) qipchoq tili
d) o’zbek tili
10. Lutfiy “Devoni” qanday janrlarda yozilgan she‘rlardan tashkil topgan?
a) 10 dan ortiq janrlardagi she‘rlardan
b) *g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit‘a, fard
c) qit‘a, g‘azal, ruboiy, muashshar
d) g‘azal, ruboiy, qasida, mustazod
11. . Lutfiy tasavvuf ilmini kimdan o‘rganadi?
a) Yusuf Hamadoniy
b) *Shahobiddin Xiyoboniy
c) Ahmad Yassaviy
d) Ahmad Taroziy
12. . Bobur devonidan qancha ruboiy o‘rin olgan?
a) 231ta b) 185 ta c) *209 ta d) 175 ta

13. . Lutfiy tasavvuf ilmini kimdan o‘rganadi?


a) Yusuf Hamadoniy
b) *Shahobiddin Xiyoboniy
c) Ahmad Yassaviy
d) Ahmad Taroziy
14. Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma…” g‘azali qofiyasi to‘g‘ri ketma- ketlikda berilgan qatorni toping.
a) * sevarim- jigarim- saharim- guzarim- xabarim- basarim- nazarim- siymbarim
b) sevarim- jigarim- saharim- guzarim- xabarim- nazarim- siymbarim- basarim
c) sevarim- saharim- nazarim- jigarim- guzarim- xabarim- nazarim- basarim- siymbarim
d) sevarim- siymbarim- basarim- guzarim- jigarim- xabarim- saharim- nazarim
15. Atoyi qaysi she’rida yor ma’shuqasi uchun kipriklarini supurgi, yuzini hokondoz qilishga tayyor oshiq obrazini beradi?
a) * Ul sanamkim…
b) Mingiz yo rizvonmidur
c) “Begim” radifli gazalida
16. . Lutfiyni o‘z zamonasining ahli adabi va ahli fizolasi nima deb e’zozlagan?
a) “nuran- mahdum”
b) “fozil ul- fuzolo”
c) *“malik ul- kalom”
d) “malik ush- shuoro”
17. Nazm dengizining tubiga shungib, she’riy durlar yaratishga intilgam …...o’zbek dunyoviy adabiyotnniig Navoiyga qadar yetishgan atokli namoyan dalaridandir.
a)Lutfiy
b)Sakkokiy
c) *Atoiy
d)Navoiy
18. kim yoshlik davridan harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini puxta o‘rgandi, ilm-fanga, ayniqsa, she’riyatga havas qo‘ydi.
a)Lutfiy
b) * Bobur
c) Atoiy
d)Navoiy
19. Bobur “Xatti boburiyda” qaysi alifboni tahrir etdi
a) *arab
b) tukiy
c) o’zbek
d) b va a javob to’g’ri
20. Atoiy g’zallarida nechinchi asr o’zbek adabiy tiliga xos xususiyatlar uchraydi.
a) XIV
b) XX
c) *XV
d) XVI
Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling