Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-kurs 19-8 gurux talabasi Pulatbayeva Sevaraning, Xalq pedagogikasi fanidan, tayyorlagan slaydi


Download 113.48 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi113.48 Kb.
#1132207
Bog'liq
Pulatbayeva S. Xalq pedagogika

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 4-kurs 19-8 gurux talabasi Pulatbayeva Sevaraning, Xalq pedagogikasi fanidan, tayyorlagan slaydi

Mavzu: Hozirgi kunda xalq pedagogikasi o'rganishga bo'lgan shart-sharoitlar

  • REJA:
  • 1. Xalq pedagogikasi fanining yaratilishi va rivojlanish tarixi. 
  • 2. Xalq pedagogikasi fanining maqsadi va vazifalari.
  • 3. Xalq pedagogikasi fanining mazmuni va mohiyati. 
  • 4. Xalq pedagogikasi fanining ahamiyati
  • Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekistonning taraqqiy etish tamoyillari belgilandi, milliy istiqlol, vatanparvarlik, ma’naviyat mafkurasini yoshlar ongiga singdirish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Bu esa yoshlarga chuqur nazariy va amaliy bilim berishni, davr talabiga javob bera oladigan ijodkor, tashabbuskor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashni va kamolga yetkazishni, xalkimizning milliy va ma’naviy qadriyatlarini tiklashni, ulardan unumli foydalanishni talab qilmoqsa. «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda: «O’zbek xalqining milliy, tarixiy va madaniy an’analari, ma’naviy tajribasi ta’lim va tarbiya tizimiga uzviy kiritilishi zarur», — deb alohida ta’kidlandi. 
  • Ta’lim-tarbiya tizimining mazmuni, yo’nalishlari, ularni amalga oshirishning shakl va usullari xalqning turmush tarzidan, milliy an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chunki tarbiya tizimining yaratuvchisi, ijodkori ham, uni keyingi avlodga yetkazuvchi ham xalqsir. Shu kungacha qo’llanilgan sobiq tuzum davrining tarbiya nazariyasi xalqimizni o’z milliy va ma’naviy boyliklaridan mahrum qildi. O’zbek xalqining necha ming yillik tarixga ega bo’lgan tarbiyaviy ta’siri, boqiy an’analari, urf- odatlari va ularni amalda qo’llash usullarining yo’qolib ketish xavfi paydo bo’ldi. Xalqimiz o’z ona tilini, madaniyatini, tarixini, boy ma’naviyatini unutayozdi. Xalq pedagogikasi inkor etildi. Faqat istiqlol tufayligina o’zbek xalq pedagogikasini o’rganish, tiklash, amaliyotda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik. 
  • To istiqbolga erishgunimizcha ta’lim-tarbiya tizimiga Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik. Ta’lim-tarbiya sohasidagi endigi vazifamiz—Sharq pedagogikasini o’rganish, shu sohaga e’tibor qaratishdan iboratdir. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi va kundalik turmushimizga qaytarildi. Chunki milliy qadriyatlarimizni e’zozlamay turib, o’z milliy qiyofamizga ega bo’la olmaymiz. Millatimiz, xalqimiz,davlatimizning erki va mustaqilligini saqlab qololmaymiz. Zero, milliy qadriyatlarimizga millatning tili, dini, urf-odatlari, an’analari, bayramlari, o’zaro muloqot va muomala shakllari kiradi. Shu bilan birga, o’zbek xalq pedagogikasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg’unligini ta’minlashi, uning gor milliy qobikda chegaralanib qolishining oldini olishni taqozo etadi.
  • Bizning milliy qadriyatlarimizni e’zozlashimiz boshqa xalqlarning qadriyatlarini yo’qotish, kamsitish hisobiga bo’lmasligi kerak. Chunki milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlardan oziklanadi. Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat uchun umumiy bo’lgan talab va ehtiyojlarni qondiradi, barcha xalkdar uchun birday ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, milliy qadriyatlarimizni o’zida aks ettirgan istikdol mafkurasini yoshlar ongiga singdirishda o’zimizga xos milliy xususiyatlarimizni unutmasligimiz kerak. Bu milliy xususiyatlarimiz oila, mahalla, ona yurt muqaddasligi, ota-onaga, Vatanga, kattalarga hurmat, ona tiliga muhabbat, ayolga ehtirom, sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik,
  • Mehr-oqibat kabi fazilatlarimizdan iboratdir. Shuni iftixor bilan qayd etmoq kerakki, ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan. Darhaqiqat olmon olimi Xerlerning «Sharq Yevropaning muallimidir», — deb e’tirof etishi bejiz emas. Haqiqatan ham, o’zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos dorilfunun yaratgan xalqsir. O’zbek xalqining madaniy merosi, milliy pedagogikasi ulkan bir dengiz. Endi bu dengizdan suv ichadigan, bahramand bo’ladigan vakt keldi. Xalq pedagogikasi tarixan tarkib topgan, bolalarni xalqning ijodiy an’analari ruhida tarbiyalash tajribasidir.
  • Xalq pedagogikasi xalqimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o’rganadi, bu esa bo’lg’usi pedagoglarni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlashga, ta’lim-tarbiya tizimini milliy ruh bilan sug’orishga yordam beradi. Zero, o’zbek milliy an’analarini, urf-odatlarini har tomonlama o’rganish, tadqiq qilish, talabalarga ularning mazmuni va tarbiyaviy xususiyatlarini tushuntirish, ulardan ilmiy-metodik jihatdan to’g’ri foydalanish, talabalarda,o’qituvchilarda, jamoatchilikda xalq qadriyatlariga qiziqish uyg’otish, ular asosida kishilarning madaniy, axloqiy, jismoniy, ma’naviy darajasini yuqori saviyaga ko’tarish kabi bugungi kunning dolzarb muammolarni hal etishda ham xalq pedagogikasi muhim rol o’ynaydi. 
  • Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi — xalqimizning uzoq va yaqin o’tmishdagi pedagogik qarashlarini, milliy ta’limga oid an’analarini, qadriyatlarini o’rganish, uni qayotga tatbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonida ko’llashdir. Xalq pedagogikasi fanining vazifasi — xalqimizning turmushi, madaniyati, ruhiy xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, o’ziga xos tarbiya tizimini vujudga keltirishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga, o’zligimizni anglashga, istiqlol mafkurasini hayotga tez va keng yoyishga, ularni yoshlar ongiga singdirishga yordam berishdan iboratdir. 
  • Xalq pedagogikasining bugungi kundagi yana bir vazifasi — milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirib, xalq pedagogikasi an’analarini ta’lim-tarbiya sohasiga tatbiq etish, uning eng yaxshi tomonlaridan unumli foydalanishdir. Xalq pedagogikasi boy ilmiy-pedagogik manbalarga ega. A.K.Munavvarov, K.Hoshimov, I.Jabborov, I.M.Mo’minov, G.A.Hidoyatov, S.X.Temurova, Z.M.Mirtursunov, B.A.Qodirov, O.M.Musurmonova, M.Sherboyev, M.Sattor, T.Javliyev, M.Ochilov, R.Usmonov, M.T.To’laboyev, U.Mahkamov kabi ko’pgina olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-pedagogik adabiyotlar xalq pedagogikasi kureini o’tishda muhim manba sanaladi. Ayniqyea, «Uzbek pedagogikasi antologiyasi», «Pedagogika tarixi», «Pedagogika» kabi darslik va qo’llanmalardan asosiy manba sifatida foydalanganimizni alohida e’tirof etamiz.
  • Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalq pedagogikasi juda ko’p qirrali bo’lib,maxsus o’rganishni talab etadi.
  • O’zbek xalq pedagogikasi mazmunan boyib, mukammallashib borishida ilm- fanning boshqa sohalari, ya’ni mumtoz adabiyot, sai’at, musiqa, xalq og’zaki ijodi, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi soxalar zaminida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo’ladi, eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib oladi. O’zbek xalq pedagogikasini o’qitish jarayonida o’qitishning yangi  noan’anaviy, interfaol usullaridan keng foydalanish nazarda tutilgan. Avvalo, ma’ruzalarning muammoli shakllari, talabalar bilan fikriy hamkorlik, amaliy mashg’ulotlarda esa davra suhbati, bahs, munozara, uchrashuv, ekskursiyalar uyushtirish, intervyu olish, debat o’tkazish, dare jarayonining samaradorligini oshiruvchi turli ta’limiy usullar: «aqliy hujum», «klaster»,diagrammavenna, sinkveyn, quticha usullarini qo’llash, uch bosqichli modelli dare tashkil etish yaxshi natijalar beradi
  • Bu predmetni o’qitishning o’ziga xos yana bir muxim xususiyati-o’qitilayotgan va o’tkazilayotgan tarbiyaviy mavzu va tadbirlarni bevosita xalqimiz xayoti, tajribasi hamda yurtimiz tabiati, etnografik va hududiy xususiyatlari bilan bog’lash mumkin. Bundan tashqari, xalq pedagogikasi kursi talabalarga pedagogika tarixidan va pedagogika fanidan olgan bilimlarini mukammallashtirishni, milliy tarbiya tizimining xususiyatlarini bilishni, xalq qadriyatlarining g’oya va mazmunini chuqur anglashni, umuminsoniy qadriyatlardan milliy qadriyatlarning farqini ajrata bilishni, xalq an’analaridan, urf-odatlaridan foydalanishning yo’l va usullarini o’rgatadi, pedagogikadan kurs ishi, referatlar, yozma ishlar va diplom ishlarining mavzusini tanlashga yordam beradi. 
  • Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo`lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkadan qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, etti o`lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o`ylab ish tutiladi, ya'ni tarbiyani o`tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko`rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor undan mukammal foydalanadi.
  • El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan o`zbek xalq pedagogikasi ham ayrim shaxslar yohud bir-ikki jamoa (ular qanchalik iqtidorli-iste'dodli bo`lishmasin) tomonidan yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar bilan o`lchanuvchi hayotida o`zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, sa'y-harakatlari, yo`l-yo`riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratgan. Ayni choqda o`zbek xalq pedagogikasi o`z rivojida, boyib, mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, ya'ni mumtoz adabiyot, san'at, og’zaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo`ladi, eng yaxshi namunalarini o`ziga qabul qilib oladi...
  • Xalq og’zaki ijodida yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do`st-birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik.va yomonlikning, yaxshi va yomon so`zning oqibati, halollik, to`g’rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va insofsizlik, do`st-birodarlik, og’a-inichilik va qon-qardoshchilikning ahamiyati, botirlik va qo`rqoqlik, odob-odobsizlik, mehmon va mehmondo`stlik, saxiylik, baxillik va kamtarlik, sabr-qanoat va sabrsizlikning oqibati, qadr va qadrsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, tajribakorlik, kaltabinlik va ishonchsizlik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik va nosamimiylik, andisha va andishasizlik, farosat va farosatsizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, reja va rejasizlik, me'yor va me'yorsizlik, mas'uliyat va mas'uliyatsizlik, vaqt va fursat, foyda va zarar, sog’lom tarbiya, tozalik va ozodalik, tabiatni e'zozlash, dehqonchilik va chorvachilik qadriyatlari, hayvonlar, qushlar, er-suvni e'zozlash, kattaga hurmat, yoshga mehr- shafqat, yo`l va yo`ldosh, sevinch va g’am, to`y va motam, farzand va far- zandsizlik, kiyinish, so`zlashish, yurish-turish, salomlashish, ko`cha odobi, ovqatlanish madaniyati, muomala, sayohat qoidalari, uxlash, yuvinish, jamoat va kattalar oldida o`zini tuta bilish, kitob o`qish madaniyati, kattalarga qarashish, uy yumushlarini bajarish, dars tayyorlash, o`zbek to`ylari axloqiy, aqliy va jismoniy maktab ekanligi kabi qadriyatlardir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!
Download 113.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling