Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti matematika oʻqitish metodikasi fanidan Kurs ishi mavzusiga taqdimostrreplA


Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi


Download 215.51 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi215.51 Kb.
#1248719
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi taqdimoti

Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
  • Matematik to'garaklar,
  • olimpiadalar,
  • qiziqarli matematik kechalar,
  • matematik ekskursiyalar.

  • Shuningdek, matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish.

Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik konkruslar va olimpiadalar. Matematik konkruslar qiyin masalalar echish, o‘tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha o‘ziga xos musobaqalardir. Matematik konkruslar asosan yaxshi matematikni, tez tushunadigan, payqaydigan, ziyrak , yaxshi sinfni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Qiziqarli matematik kechalar: sinflar yoki kichik guruglarda o‘tkaziladigan qiziqarli va murakkab savol-javoblardan iborat bo‘lgan kechalar hisoblanadi.
Matematik ekskursiyalarning maqsadi- aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda, matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda bulardan tashqari matematikadan ko‘rsatmali qurollar, har xil gazetalardan qirqib olingan, Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi son ma’lumotlar, har xil mashinalarning tezliklari haqidagi, bolalarga ko‘proq tanish mollarning baholari, oziq-ovqatlar narxlari ifodalangan materiallar yopishtirilgan albomlar, «Bilasizmi?» nomi ostidagi qiziqarli matematik ma’lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
  • Bilimlarni va amaliy ko'nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini,
  • matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash,
  • mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.


  • Download 215.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling