Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Download 289.5 Kb.
|
Амалиёт кундалик БОТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 ball (a’lo)
1. Talabalar faoliyatini baholash:
- 5 - a’lo; - 4 - yaxshi; - 3 - qoniqarli; - 2 - qoniqarsiz. 2. Pedagogik nazorat shakllari: - individual va guruh bilan suhbatlarni uyushtirish; - amaliyotchi talabalarning hujjatlarini izchil, doimiy tekshirib borish; - talabalar faoliyatining hisobga olinishini ta’minlash; - amaliyotchi talabalar tomonidan tashkil etilayotgan darslarni va guruhdan, ta’lim muassasasidan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish. Amaliyotchi talabalarning pedagogik faoliyatlarini nazorat qilish va baholash quyidagicha amalga oshiriladi: 5 ball (a’lo) - talaba o‘quvchilar bilan mustaqil ishlaydi, zimmasidagi vazifalarni to‘g‘ri anglaydi, maqsadni aniq qo‘ya oladi; - jamoa a’zolarning yosh, individual xususiyatlarini, ular bilan tashkil etiladigan pedagogik faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini tashkil qilish usullarini tanlaydi; - o‘quvchilarning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajalarini hisobga oladi; - tarbiyaviy ishlar samaradorligini tahlil qiladi; - guruh rahbari sifatida tashkilotchilik qobiliyatiga, keng dunyoqarashga, boy tafakkurga, ilg‘or ish tajribalari, innovatsion g‘oyalaridan samarali foydalanish malakasiga ega; - faoliyatni tashkil etishda bilishga oid, loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, muloqatga kirishuvchanlik, tashkilotchilik, izchillikni ta’minlash va texnik-texnologik malakalarga egalikni namoyon etadi. 4 (yaxshi) - talaba ayrim hollarda tarbiyaviy ish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha etarlicha bilimga ega emasligini, jamoa bilan tashkil etiladigan tadbirlarni uyushtirishga tayyorlanish va o‘tkazishda mustaqil, ijodkor ekanligi sust namoyon qiladi; - tarbiyaviy faoliyat maqsadlarini aniqlashda, tarbiya metodlarini tanlashda kichik xatolarga yo‘l qo‘yadi, murakkab pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi; - faoliyatni tashkil etishda bilishga oid loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, muloqotga kirishuvchanlik, tashkilotchilik, izchillikni ta’minlash va texnik-texnologik malakalarga egalikni namoyon etishga harakat qilsa-da, biroq, ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi. 3 (qoniqarli) - talaba tarbiya maqsadi va vazifalarini aniqlashda, ta’lim va tarbiya metodlarini tanlashda qiyinchiliklarga duch keladi; - tadbirlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishda xatolarga yo‘l qo‘yadi; - tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini etarli darajada hisobga olmaydi; - qo‘shimcha metodik qo‘llanmalardan foydalanishda tashabbuskorlik, faollik etishmaydi; - faoliyatni tashkil etishda bilishga oid loyihalash, ijodiy-amaliy, tadqiqotchilik, muloqotga kirishuvchanlik, tashkilotchilik, izchillikni ta’minlash, texnik-texnologik malakalarga egalikni namoyon etishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Download 289.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling