Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti
Tezkorlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllari mavjuddir
Download 353.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 1
Tezkorlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllari mavjuddir:
- tafakkur (fikrlash) jarayonining tezligi; - oddiy va murakkab reaksiyalarning qanday bo’lmasin biron- bir tashqi ta’sir yoki kompleks ta’siriarga javoban tezligi; yakka harakatni bajarish tezligi; - harakatlar tezligi (ayrim harakatlar seriyasini bajarish vaqti). O‘yinchi harakat faoliyatining tezligi, birinchi navbatda, harakatlami muvofiqlashtiruvchi markaziy nerv tizimining faoliyatiga munosib bo‘lishi lozim. Gandbolchining tezkorligi muayyan reaksiya tezligida, jadal siltanishda, 25-30 m masofada ko‘rsatiladigan yugurish tezligida hamda to’p bilan yoki to‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalanadi Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosipedda uchish va shunga o‘xshash har xil maksimal tezlik bilan bajariladigan siklik mashqdan foydalaniladi. Qayta tezlanishda maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, harakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana ko‘pgina mashqlarni keltiramiz: -yonboshlab, orqa bilan jadal yugurishni bajarish; - tizzani yuqoriroq ko‘tarib va qadamlami maksimal tezlikda qo‘yib yugurish; - 25-80 m masofa oyoq uchida depsinib, tez sakrab-sakrab harakat qilish; - maksimal sur’atda aylantirilayotgan kalta va uzun arg‘amchi bilan sakrash; - aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib o‘tish; - o‘rta masofaga yugurayotganda sur'atni to‘satdan o‘zgartirish; - dastlab yugurib borishdan so‘ng (6-8 m) 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish. Siltanish (rivok) va tez yugurishlar har xil estafetalarda musobaqa uslubida o‘tkazilgani ma’qul. Bir mashg‘ulotga mo‘ljallangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning hajmi uncha katta bo’lmasligi kerak. Tezkorlikni rivojlantirish uchun o‘yin texnikasi va taktikasiga oid ayrim mashqlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, tez yorib o‘tish, pressing ham, maksimal tezlikda to'pni yerga urib yurish va chalg‘itib o‘tish kabi mashqlar ham tezkorlikni rivojlantirishga imkon yaratadi. O‘yinchilarning yakka harakatida - hujum va himoyada oyoq harakatini tezlashtirib, harakat tezligini rivojlantirishga katta ahamiyat berish kerak, Download 353.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling