Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti


Gandbolchilami yosh xususiyatlarini inobatga olib, jismoniy


Download 353.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.03.2023
Hajmi353.78 Kb.
#1246665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза 1

 
Gandbolchilami yosh xususiyatlarini inobatga olib, jismoniy 
sifatlarining rivojlanishini o ‘rganish 
Jismoniy sifatlar! (kuch, tezkorlik, chidamlclik, chaqqonlik va egiluvchanlik) 
bilan harakat malakalarining rivojlanishi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. 
Yangi harakatlarni o‘zlashtirish turli harakat sifatlarining takomillashishi bilan 
kuzatiladi. 
Jismoniy tayyorgarlik ikkita turga bo‘linadi 
1.Umumiy jismoniy tayyorgarlik 
2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik 
Gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarni 
har tomonlama tayyorlash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar va sportning boshqa turlaridan olingan 
shug‘ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar bunda asosiy 
vositalar sifatida qo‘llaniladi. Bunda mushak-paylarning rivojlanishi va 
mustahkamlanishiga, ichki organlar «faoliyati»ning takomillashishiga, harakatlar 
muvozanatining yaxshilanishiga va harakat sifatlari umumiy darajasining oshishiga 
erishiladi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo‘llaniladigan 
ko‘pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi, ayni chog‘da 
ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko‘proq rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi – gandbolchi uchun xos 


bo‘lgan jismoniy sifatlar va funksional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda 
takomillashtirishdan iboratdir. 
Gandbolchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida kuch, tezkorlik, 
chidamlilik, chaqqonlik, epchillik asosiy o‘rin tutadi. Ayni shu jismoniy fazilatlar 
gandbolchilarning harakat imkoniyatlari darajasini ifodalaydi.
 
KUCHNI TARBIYALASH 
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi arnaliyotida sportchining eng muhim 
jismoniy fazilatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki kuch ma'lum darajada 
o‘yinchining maydonda harakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balanligi 
darajasini belgilaydi. 
Kuch o‘z xarakteriga ko‘ra: mutlaq kuch, nisbiy kuch, “portlovchi” va 

Download 353.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling