Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 2 Mb.
bet6/30
Sana16.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1489676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI

Tadqiqotning maqsadi: Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari turlar tarkibini aniqlash, mavsumiy suksessiyasini o‘rganish, tularning keng ko‘lamli tahlilini amalga oshirish va suv havzalari suvini ekologik sanitar holatini aniqlashda indikator-saprob turlarni aniqlash.
Tadqiqotning vazifalari: Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari taksonomik tarkibini aniqlash, tahlil qilish; Shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini mavsumiy suksessiyasini aniqlash; Shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini tarkibining miqdoriy o‘zgarishlarini aniqlash; Shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini tarkibidagi dominant turlarni va ekologik guruhlarni o‘rganish.
Tadqiqotning obyekti: Chirchiq shahar suv havzalari: Chirchiq daryosi, Bo‘zsuv kanali, Zaxariq kanali, Iskander kanali, Xonariq kanali ob’yektlari.
Tadqiqotning predmeti: Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari taksonomiyasi, floristikasi, ekologiyasi, suksessiyasi.
Tadqiqot uslublari: algologik, gidrobiologik va statistik metodlar, laboratoriya tahlillari usullaridan foydalanildi, umumiy algologik tadqiqot uslublari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari tur tarkibi ilk marta o‘rganilib, Chirchiq shahar suv havzalari diatom suv o‘tlari 2 ta sinf, 4 ta tartib, 4 ta tartibcha, 10 ta oila, 32 ta turkum va 200 ta tur aniqlandi. Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari ekologik guruhlari to‘g‘risida ma’lumotlar olindi, tahlil qilindi. Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlari mavsumiy suksessiyasi va dominant turlari aniqlandi. Shahar suv havzalaridagi diatom suvo‘tlari miqdori, ularning mavsumiy suksessiyasi bo‘yicha ma’lumot olindi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati Toshkent viloyati ‘Suvoqava’ ishlab chiqarish boshqarmasi uchun suv omborlari suvining sanitar-epidemiologik holatini aniqlashda foydalanilanish hamda Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining biologiya va ekologiya yo‘nalishlari talabalari “Algologiya va mikologiya”, “Gidrobiologiya”, “Gidroekologiya” fanlaridan qo‘shimcha yangi ma’lumot sifatida foydalanishi mumkinligi bilan izohlanadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling