Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
Download 2 Mb.
|
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. O‘zbekiston suv havzalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning qisqacha sharhi
- A.M. Muzafarov
- A.Xabibullayev, S. Xalilov
- K.S.Mamanazorova
- O.G.Husanova
T.P.Niyatbekov va S.S.Barinova [52; 5-20-b] 2000-2015-yillarda G‘arbiy va Sharqiy Pomir tog‘larida joylashgan Jelandi, Avj, Garm-Chashma, Sassiqbuloq, Sist va Barshor buloqlarining termal va mineral suvlarida Bacillariophyta bo‘limiga mansub turlarni o‘rgangan. Pomir termal va mineral suvlarga juda boyligi bilan xarakterlanadigan, doimiy ravishda ko‘tarilgan suv harorati 10 ºC dan 86 ºC gacha va har xil kimyoviy tarkibi, shuningdek, karbonat angidrid va azot gazlari bilan to‘yinganligi bilan ajralib turishi keltirilgan. Maqolada Bacillariophyta bo‘limiga mansub 3 sinfga mansub 51 avlod, 28 oila, 15 turkum 138 tur (navlari va shakllari bilan 163) ni aniqlagan. O‘rganilgan ob’yektlarda Naviculaceae oilasining Navicula, Cymbella va Nitzschia avlodlari ustunlik qilishi aniqlangan.
1.2. O‘zbekiston suv havzalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning qisqacha sharhi O‘rta Osiyo mamlakatlar hududidagi tabiiy va sun'iy suv havzalar algoflorasini qator olimlar tomonidan o‘rganilgan. Bulardan: A.M.Muzafarov (1965) O‘rta Osiyo tabiy suv xavzalari algoflorasi 2965 ta suvo‘tlarini turi borligi aniklangan bo‘lsa, A.E.Ergashev (1976) O‘rta Osiyo sun'iy suv havzalari algoflorasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan va 2681 ta tur va tur xillaridan iboratligi haqida ma'lumotlar beradi. O‘rta Osiyoning alohida respublikalari hududidagi kanallardan Turkmanistondagi Qoraqum kanali algoflorasi 290 ta, (Kogan va bosh., 1968), 239 ta (Po‘latova, 1980), 28 gacha (Kogan va bosh., 1985), kamayib borayotganligi manbalarda ko‘rsatilgan. Janubiy Qirgiziston suv havzalari algoflorasi 665 ta (B. Karimova, 2002), Oqbura daryosi 260 (Alimjanova, Shayimkulova, 2007) suv- o‘tlaridan iboratligi qayd etilgan. O‘zbekiston suv havzalaridan Chirchik suv havzasida 1562ta (Alimjanova, 2007), Ohangaron daryosida 210 ta (Eshmuratova va bosh., 2010), Zarafshon daryosining o‘rta oqimida 331 (Toshpulatov, 2014), quyi oqimida 264 (Mamanazarova, 2014), Shoximardon-Margilonsoyda 308 ta (Yuldashsva, 2014), Qoraqalpog‘iston hududidagi suvo‘tlar 902 (Elmuratov, 1997) tur va tur xillaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yirik suv omborlarining algoflorasi ma'lum darajada o‘rganilgan [10; 7 – 240-b], [9; 48 – 50-b], [20; 62 – 64], [ 49; 173 – 174-b], [61; 18 – 19-b], [50; 145 – 147-b], [59; 158 – 160], [60; 208– 209-b], [19; 165–167-b]. Bu o‘rinda A.M. Muzafarov, A.E.Ergashev, S.Xalilov, A.X.Xabibullayev, A.Temirovlar munosib hissa qo‘shdilar. Ular ilmiy tadqiqotlarida algofloraning taksonomiyasi, geografiyasi, ekologiyasi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirdilar [59, 60, 15, 9, 10, 20, 50, 61, 49]. A.M. Muzafarov [16; 380-b.] ko‘p yillik algologik ilmiy ishlarning natijasida 1958 yilda chop etilgan kitobida O‘rta Osiyo tog‘ suvlarida uchragan 812 tur va tur vakillarini keltiradi. Shunday qilib A.M. Muzafarov [39; 816-1215-b.] O‘rta Osiyo hududida joylashgan tur xil suvlardan hammasi bo‘lib, 2807 ta tur va tur vakilllari suvo‘tlarni topgan. Ushbu suvo‘tlar quyidagicha sistematik guruhlardan tashkil topgan: ko‘k -yashil suvo‘tlar 590 ta, tillasimon suvo‘tlar 22 ta, diatom suvo‘tlar 1166 ta, dinofita suvo‘tlar 42 ta, yashil suvo‘tlar- 806 ta, qizil suvo‘ti-8 ta va xara suvo‘ti 31 ta. A.Xabibullayev, S. Xalilov [ 21; 54 – 56-b], [19; 50 – 55-b] 1978- yilda nashr etilgan maqolasida Chorvoq suv ombori algoflorasini o‘rganib, jami 351 tur va tur xillariga mansub bo‘lgan 62 ko‘k-yashil, 7 tillarang, 4 sariq-yashil, 161 diatom, 9 dinofita,17 evglena, 91 yashil suvo‘tlar tur va tur xillari mavjudligini aniqlashgani keltirilgan. Suv havzalarining ayrim joylarida (o‘rtasi, qirg‘oq sohillarida) suvo‘tlar keng tarqalgan bo‘ladi, bu holatni ular suvning tiniqligi, quyosh nurining yetarli darajada tushishi, suv harakatining kamligi, qirg‘oq suvlarini yaxshi isishi, mineral va biogen oziqning ko‘pligi bilan izohlashadi. K.S.Mamanazorova [ 32; 67-74-b] 2009-2011-yillarda Zarafshon daryosining quyi qismidagi suvo‘tlari florasini o‘rgangan. 274 ta suvoʻtlar taksoni (jumladan 191 tur, 75 nav va 8 ta shakl)ni roʻyxatga olgan, shundan 76 ta takson (67 tur va 9 nav) suv sifati ko‘rsatkichi ekanligini keltirib o’tgan. Zarafshon daryosida suvo’tlarning mavsumiy dinamikasi fasllar kesimida o’rganilgan. Suvning sanitariya sifati suvo‘tlarining saproblik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholagan. Zarafshon daryosida olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra daryoning quyi oqimi beta-mezasaprob zonaga kiritilishi mumkinligi, suv sifati saprobligi boʻyicha 3-sinfga – oʻrtacha ifloslangan suvlarga (qoniqarli toza suvlar) toʻgʻri kelishini aniqlagan. O‘zbekistonning turli xil suvlari hovuz, kanallar, botqoq va boshqa suvlarni birinchi I.A. Kiselev [21 214-b.] o‘rganib va topilgan tur vakillarining ro‘yxatini bergan. Buxoro viloyatidagi ayrim kichik suv havzalari ilk bor I.A.Kiselev [ 33, 34, 35, 36 ] tomonidan o‘rganilgan. Hammasi bo‘lib 364 tur aniqlangan bo‘lib, ulardan 30 tasi ko‘k-yashil, 97 tur xivchinlilar, 11 tur dinofitalar, 108 tasi yashil, 20 tasi konugatalar hamda 20 tasi diatom suvo‘tlariga oid bo‘lgan. O.G.Husanova [ 45; 141-143-b] 2020-yilda nashr etilgan maqolasida hozirgi kunga qadar O‘zbekistonda tuproq suvo‘tlari bo‘yicha bir nechta tadqiqotlar olib borilganligi, tadqiqotning asosiy qismi ularning taksonomik tuzilishi, xilma-xilligining geografik tarqalishi va ekologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat ekanligi, ilk tadqiqotlar 1960-yillarda boshlangan bo‘lib, hozirgacha O‘zbekistonda faqat bir nechta olimlar shug‘ullanayotganligini izohlab o’tgan. Tuproq algoflorasini o`rganishda asosan sug`oriladigan yerlarda uchraydigan suvo`tlarning aniqlanishi va ularning tez rivojlanishi kuzatish orqali Oʻzbekistonning turli hududlarida tuproqlarning xilma-xilligi, oʻsimliklarning zichligi va mikroiqlim sharoitlaridan kelib chiqib, tuproq suvoʻtlari guruhlari har xil miqdorda tarqalganligi aniqlagan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling