Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
L suvdagi diatom suvo‘tlari hujayralari soni(10 ming)
Download 2 Mb.
|
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI
1 L suvdagi diatom suvo‘tlari hujayralari soni(10 ming)
3.1-jadval
Yoz mavsumida suvning harorati oqim bo‘ylab 15° - 28° С, havo harorati 21° - 37° С pH-6, oqim tezligi (6-20) 15-28 m/s, suv havzalarining oqi,ida suv tiniq bo‘lib, suv tubi ko‘rinib turadi, quyi oqimda 5-40 sm ekanligini kuzatdik. Bu davrda diatom suvo‘tlari suv havzalarida quyidagicha aniqlangan: Chirchiq daryosida 106 ta tur, Zaxariq kanalida 110 ta tur, Bo‘zsu kanalida 94 ta tur, Iskandar kanali 97 ta tur, Xonariq kanalida 80 ta tur aniqlandi va diatom suvo‘tlarning Cyclotella kuet zingiana Friske, Rhizosolenia longiseta Zacharias,Tetracyclus lacustris (Ehr.) Hust., Achnonthes conspicuci Mayer turlari dominantlik qilishi aniqlandi. Kuz mavsumida daryo oqimi bo‘ylab suvning harorati 9° —22° С; havo harorati 18° - 29° С, pH-6, oqim tezligi 0,5-1,6 m/s. suv havzalarining suvi tiniq bo‘lib, suv tubi ko‘rinib turadi. Quyi oqimda suvning tiniqligi 14-25 sm oralig‘ida o‘zgarib boradi. Bu davrda shahar suv havzalarida o‘rtacha umumiy olganda 172 ta diatom suvo‘tlari uchrashi aniqlandi. Qish mavsumida daryo oqimi bo‘ylab suvning harorati 2° -5° - 12° С, havo harorati 0° - 4° - 12°С oralig‘ida, pH-6, oqim tezligi 0,8-1,2 m/s, suv havzalari suvi tiiq bo‘lib, suv tubi ko‘rinib turadi. Quyi oqimda suvning tiniqligi 8-18 sm oralig‘ida o‘zgarib boradi. Quyi oqimda suvning tiniqligi 8-18 sm oralig‘ida o‘zgarib boradi. Bu mavsumda quyosh nurining kamayishi, haroratning pasayishi suvo‘tlarning rivojlanishiga noqulayliklar tug‘diradi. Qish mavsumida 149 ta diatom suvo‘tlari aniqlandi. Ayniqsa Cymbella Ag. Turlari 31 ta tur bo‘lib, shundan Cymbella aequalis turi juda ko‘p darajada qish falida uchraydi. Shulardan С. baicalensis Skv turi esa faqat qish mavsumida uchradi. Demak, Chirchiq suv havzalarida tarqalgan diatom suvo‘tlarining umumiy soni 200 tani tashkil etdi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling