Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
Chirchiq shahar suv havzalarining kimyoviy tarkibi va ekologik holati
Download 2 Mb.
|
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chirchiq daryosining shaharga kirish, shahardagi va shaharning chiqish qismlaridagi kimyoviy holati 2.2-jadval
- 2.2. Tadqiqot obyekti va metodlari Iqlimi.
2.2 Chirchiq shahar suv havzalarining kimyoviy tarkibi va ekologik holati
Chirchiq shahrining eng yirik suv havzasi bu Chirchiq daryosi hisoblanadi. Labaratoriya sharoitida Chirchiq dayosining kimyoviy tarkibi aniqlandi va quyidagi ma’lumotlar olindi: Chirchiq daryosining kimyoviy tarkibi 2.1-jadval suv miqdori, mg/L suv miqdori, µg/L
Belgilar: R - Chorvoq suv omboridagi suv namunasi; R1, R2, R3, R4, - Chirchiq daryosi va uning irmoqlaridagi suv namunalari; C1, C2, C3, C4 va C5 - sug‘orish kanallarida suv namunalari; D1 va D2 - qishloq xo‘jaligi dalalaridan oqizish suvlaridagi suv namunalari; D3 - ‘C’ zavodidan tushirish joyidagi suv namunasi; P1 - nasosli suv namunasi (3 m chuqurlikda); M1-Chirchiq daryosi umumiy tarkibi M2-Bo‘zsuv kanali umumiy tarkibi Chirchiq daryosi kimyoviy tarkibini aniqlaganda shaharga kirish, shahar va shahardan chiqishdagi kimyoviy ko‘rsatkichlar solishririldi: Chirchiq daryosining shaharga kirish, shahardagi va shaharning chiqish qismlaridagi kimyoviy holati 2.2-jadval
Chirchiq daryosining kimyoviy tarkibida simob, kadmiy va qo‘rg‘oshin kabi zaharli metallar suvhavzasining ayrim qismlarida aniqlangan, Fe va Ba esa suv havzasining bir nechta joylarida maksimal qiymatlaridan oshib ketgan. Selitra, nitrit, sulfat, ammoniy va fosfatlar kabi ifloslantiruvchi moddalar, hamda, qishloq xo‘jaligi va boshqa sanoat tarmoqlaridan oqava suvlar tufayli ba'zi suv namunalarida bu moddalarning miqdori maksimal qiymatlaridan ko‘payib ketgan(2.1-jadval). Ko‘pgina ionlarning darajasi statsionar manbalar, avtomobil yo‘llari va turar-joy binolari yaqinida oshgani aniqlandi, As va Sb kontsentratsiyasi esa dastlab Chorvoq suv omborida yuqori bo‘lgan. Binobarin, ifloslantiruvchi moddalar va ifloslantiruvchi moddalarning aniq manbalarini yaxlit va tizimli yondashuvda aniqlash uchun suv havzasini qo‘shimcha tekshirish zarur [33; 3-5-b Murodjon Nasedjanov Water Quality Monitoring of the Chirchik River Basin, Uzbekistan 22-1, 195 -198 (2012 ) Journal of Arid Land Studies 3-5b, 16; 113-b, 37; 3-76-b]. 2.2. Tadqiqot obyekti va metodlari Iqlimi. Chirchiq shahri Chimyon tog‘ oldida joylashganligi uchun uning yozda iqlimi quruq va issiq. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi - 2,9°C, iyul oyiniki o‘rtacha 23,3°C , eng past temperatura - 29°C - 33°C, eng yuqori temperaturasi 35° - 47°C. Yog‘ingarchilik miqdori reylef balandlashgan sari ortib boradi: tekislik qismida 200 mm, tog‘ yon bag‘irlarida 378 - 397 mm. Eng ko‘p yillik yog‘in miqdori 424 mm bo‘lib, yog‘ingarchilikning ko‘p qismi qish va bahor fasllariga to‘g‘ri keladi. Qishda yog‘ingarchilikning miqdori 48 - 53 – 67 mm, bahorda esa 36 - 59 - 64 mm oralig‘ida bo‘ladi. Tuproqlari. Chirchiq shahrining tuprog‘i asosan, bo‘z tuproq, tog‘li va balandliklar bilan tutashgan qismida karbonatli jigarrang tuproqlar keng tarqalgan. O‘simlik va hayvonot olami. O‘simlik qoplami xilma - xil. Ipakrang qo‘ngirbosh, yaltirbosh, bug‘doyiq, shuvoq, qo‘zikulok, bodom, qizilcha va boshqa yuksak o‘simliklarlar sistematikasiga taluqli turlar keng tarqalgan. Hayvonlar va qushlardan tulki, yumronqoziq, kukkarga, mayna, kaklik va boshqalar uchraydi. Chirchiq shahri tog‘ yon bag‘irlari chorvachilik uchun qulay yaylov, tekislik terassa kismi dehqonchilik uchun serunum, qurilish materiallari konlari bor. Chirchiq shimoliy yon bag‘ridan, 2600 m balandlikdan Chirchik daryosi qor, yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolarga kirib, uning to‘lin suv davri mart - may oylariga to‘g‘ri keladi, yillik suv miqdorining 60 % bahor va yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Avgust - sentyabr oylarida esa daryo suvi kamayadi. Ilmiy tadqiqot obyekti sifatida Chirchiq shahar tabiiy va sun’iy suv havzalarining diatom suvo‘tlari o‘rganildi. Chirchiq shahr suv havzalari suvo‘tlaroidan namunalar yig‘ish uchun shahar suv havzalarining 13 ta joyidan doimiy kuzatuv nuqtalari belgilandi. Bular: Chirchiq daryosining shaharga kirish qismi o‘ng qirg‘oq sohilidan 1 ta, Chap qirg‘oq sohilidan 1 ta, daryoning o‘rta qismidan 1 ta, o‘ng va chap qirg‘oq sohilidan 1 ta, daryoning chiqish qismi o‘ng va chap qirg‘oq sohilidan 1 ta, Bo‘zsuv kanalining o‘rta qismi o‘ng qirg‘oq sohilidan 1 ta, chap qirg‘oq sohilidan 1 ta, Zaxariq kanalining o‘ng qirg‘og‘idan 1 ta, chap qirg‘og‘idan 1 ta, Iskander kanalining o‘ng qirg‘og‘idan 1 ta, chap qirg‘og‘idan 1 ta, Xonariq kanalining o‘ng va chap qirg‘oq sohillaridan 1 tadan kuzatuv nuqtalaridan iborat. Bu kuzatuv nuqtalarida 2021-2022-yillar davomida yoz, kuz, qish, bahor mavsumlarida algologik kuzatishlar olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida suvo‘tlarni yig’ish uchun quyidagi asbob-anjomlardan foydalanildi: Namunalarni yig’ish uchu plastik va shisha idishlar; Fiksatsiyalovchi reagent( 4 % li formalin eritmasi); Skalpel va pinset; Lupa va har xil o‘lchamdagi qoshiqlar. Diatom suvo‘tlarni yig’ishda umumiy algologik metodlardan foydalanildi. Namunalarni yig’ish vaqtida vaqt, namuna olish joyi, ob-havo sharoitlari, oqim tezligi, suvning tiniqligi va suvning pH muhiti yozib borildi. Probalar yig’ilgan idishlar etiketkalandi. Diatom suv o‘tlarini to‘plash jarayonida [ 41; 14-20-b, 31; 120-129-b] yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan suv ob’yektlaridagi toshlar, shag‘allarning poya va barglaridan skalpel, o‘tkir pichoq bilan ma’lum maydonchadan ( ) probalar qirib olindi.Probalar aynan olingan joy suvi bilan to‘ldirilgan idishlarga yig‘ildi va bunda suvo‘tlarni substratga birikkan joyi nobud bo‘lishini hisobga olgan hamda fitoplankton turlarni aniqlash maqsadida diatomlarni alohida substrat bilan birgalikda holatdagi namunalari ham to‘plandi. Namunalarni fiksatsiya qilish uchun namunalarning bir qismiga 4%li formalin eritmasidan 0,1 ml miqdorda problar yig‘ilgan idishga soldindi. Algologik namunalarni yig‘ish va o‘rganish umumiy qabul qilingan metodlar va Gollebarx metodi [38; 651- 652-b, 40; 200-b, 55; 5-7-b, 56; 140-142, 51; 1-16-b.] orqali amalga oshirildi. Diatom suvo‘tlarni yig’ish maxsus texnikalarni talab qilmaydi. Shuning uchun boshqa suvo‘tlar kabi plankton, plankton-bentos, bentoslarni yig’ish uchun ishlatiladigan odatiy usullardan foydaalnildi. Ob’yektlaradn yig’ilgan namunalar namuna olingan joyi, suvning temperaturasi, vaqti, yig’ish vositasi bilan etiketkalandi. Algologik namunalarni yig‘ish vaqtida suvning rangi va tiniqligi, suv va havoning harorati, oqim tezligi, shuningdek, o‘rganilayotgan ob’yektni ifloslantiruvchi manbalar, suv muhiti (pH) ham hisobga olindi. Turlar tarkibini aniqlashda yorug’lik mikroskopidan foydalanildi. Suvdagi tirik hujayralarini yaqqol ajratib olish uchun metilen sinkining suvli eritmasidan foydalanildi. Bunda 1 l suvga 0,001 g metilen sinki qo‘shilib, namuna yuvildi. Diatomlar tarkibidagi volutin moddasini ko‘rish va diatom suvo‘tlarni yaqqol ajratib olish uchun biroz kuchliroq eritmadan foydalanildi. Bunda volutin qizg’ish-binafsha rangdan ko‘k rangga bo‘yaldi [39, 12, 11, 42, 27, 17 ]. Diatom suvo‘tlarni aniqlashda va sistematikasini shakllantirishda asosan chet el aniqlagichlari, shuningdek mahalliy aniqlagivh va monografiyalardan foydalanildi. [28, 46, 27, 29, 30, 24, 18]. Bulardan tashqari SSSR diatom suvo‘tlari aniqlagichlaridan ham foydalanildi[48]. Suvo‘tlarni sistematik guruhlarga solishda chet el mualliflarining aniqlagich va monografiyalaridan keng foydalanildi Shuningdek, Markaziy Osiyo suvo‘tlar florasi va mahalliy suvo‘tlar monografiyalari va aniqlagichlaridan keng foydalanildi [16; 380-b.]. Suv havzalarining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo suv havzalari algofloralarining umumiy o‘xshashlik koefitsiyentini aniqlashda Jaccar[ 5; 442-b ] formulasidan foydalanildi: Bu yerda Kj- ikki qiyoslanayotgan nuqtalar yoki daryolar uchun umumiy bo‘lgan turlar soni, a- birinchi ob’yekt yoki daryodagi turlar soni, b- ikkinchi ob’yekt yoki daryodagi turlar soni, c- uchinchi ob’yekt yoki daryodagi o‘xshash turlar soni. Suv sifatini baholashda G.I.Dolga, Ya.Ya.Nikitinskiy [37; 3-76-b], R.SramerHucek, V.Sladoseceklarning hamda R.Kolikwitz va M.Marson [16; 113-b] shkalasi va R.pante, H.Buck formulalasidan: suvning ifloslanish darajalari va minerallashuvi O.A.Alenkin [5; 443-b.] N.Jukinskiy va boshqalar klassifikatsiyalaridan foydalanildi. Suvo‘tlarning uchrash darajasini aniqlashda 9 ballik shkaladan foydalanildi ( 2.3-jadval). Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling