Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 2 Mb.
bet11/30
Sana16.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1489676
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
SUV HAVZALARI DIATOM SUVO‘TLARI

SH.B Zhumayeva [ 68; 431-432-b] 2022-yilda nashr etilgan maqolasida Buxoro viloyatidagi yer usti suv havzalarining o‘rganilayotgan hududlarida fitoplanktonning asosiy sifat va miqdoriy xususiyatlarini o‘rgangan. To‘dako‘l va Quyumozor suv omborlaridan olingan suv namunalarida fitoplanktonning eng yuqori umumiy darajasi Cyanophyta, eng yuqori fitoplankton biomassasi Bacillariophyta va Chlorophyta da kuzatilgan. Shu bilan birga, Quyumozor suv ombori suvlarida euglenofitlar va dinofitlar topilmagan. Ko‘ldan olingan fitoplankton namunalarida To‘dako‘lda b-mezosaprobning planktonik chuchuk
-shoʻr suvli shakllari ustunlik qilishi aniqlangan; Suvo‘tlarining sho‘r suvli b- va a-mezosaprob turlari ustunlik qilganligini aniqlagan. Ushbu tadqiqotda To‘dako‘l ko‘lida Bacillariophyta-13 ta, Chlorophyta -14, Cyanophyta-6, Dinophyta-5, Euglenophyta-1ta tur uchrashi, Quyumozor suvomborida Bacillariophyta -21 ta, Chlorophyta -6,Cyanophyta -6 ta tur uchrashini aniqlagan.

I bob bo‘yicha xulosalar


Tabiatda biomassa hosil qilish va oziqa zanjirida suvo‘tlarning ahamiyati kattava ularning tarqalishini o‘rganish muhim va ilmiy ahamiyatga ega. Bugungi kunda suvo‘tlar ekologiyasini o‘rganish va O‘zbekiston hududidagi suvo‘tlarni invertarizatsiya qilish muhim masala hisoblanadi. Xususan, Chirchiq shahar suv havzalari diatom suvo‘tlarini invertarizatsiya qilish, ularni ekologik guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Suvo‘tlarni o‘rganish sohasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlar olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil etildi, O‘zbekistonning turli suv havzalari algoflorasini o‘rganish bo‘yicha qiyosiy tahlillar o‘rganildi.

II BOB. TADQIQOT OBYEKTI, METODLARI VA HUDUDNING TABIIY-GEOGRAFIK TAVSIFI
2.1. Chirchiq shahar suv havzalarining tabiiy-geografik tavsifi
Chirchiq daryosi Sirdaryo suv xavzasiga kiradi(1-rasm). Toshkent viloyatidagi asosiy daryo bo‘lib Chotqol va Pskom daryolarining birlashuvidan kelib chiqqan bo‘lib, 4400 m balandlikda joylashgan, Pskom va Chotqol daryolaridan hosil bo‘lgan. Chirchiq daryosining yuqori qismida Chorvoq gidroelektrstansiyasi tashkil etildi. Chirchiq-uchta ko‘p aholi yashaydigan shaharlari-G‘azalkent, Chirchiq shahri va respublikaning poytaxti-Toshkentni suv bilan ta'minlaydigan eng muhim suv artyeriyasidir. Chirchiq-Sirdaryoning eng ko‘p oqimi Chotqol va Pskom tog‘ daryolarining birlashuvidan iborat. Daryoning O‘rtcha yillik oqimi 7,0 km3 bo‘lib, qor va muzliklardan to‘yinadi, ammo katta sarflar iyul va avgust oylarida saqlanib qoladi[Umurzokov N.; 17-20-b]

2.1-rasm. Chirchiq daryosining geografik xaritasi
Chirchiq tabiiy geografik o‘lkasining eng yirik daryosi—Chirchiq va Ohangaron daryolaridir.Chirchiq daryosi Talas Olatog‘i, Chotqol, Piskom, QorjontovvaUgom tog‘laridan suvoladi, ChotqolvaPiskom daryolarining qo‘shilgan joyi Chirchiq deb ataladi.Chirchiq daryosining Chotqol, Piskom, Ko`ksu va Ugom kabi irmoqlari mavjud [44; 20-b].

2.2-rasm. Bo‘zsuv kanalining geografik xaritasi
Boʻzsuv — Chirchiq daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Boʻzsuv Chirchiqning oʻng sohilidagi qadimgi terassalar boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga [26] tomon yoʻnalib, Toshkentviloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻltumanlari, Toshkent Shahri hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m³/sek, 10GESdan quyida 110 m³ (ortiqcha suv Chirchiq daryosiga tashlanadi). Boʻzsuvning oʻzani egribugri, kengligi 10–20 m. Quyi oqimida 30 m gacha chuqur dara hosil qilgan. Boʻzsuvdan har ikki tomonga suv sarfi 0,5 m³/s dan 35 m³/s gacha boʻlgan, irrigatsiya va sanoat uchun moʻljallangan kattakichik 23 kanal chiqarilgan. Eng yiriklari: oʻng sohil Qorasuv,Salor, Kaykovus, Anhor, Iskandar, Yuqori Toshkent, Joʻn, Kurkuldak, Niyozboshi, Shimoliy Toshkent kanallari, Boʻrjar tashlamasi. Salor, Kaykovus, Qorasuv va Anhor Toshkent shahridan oʻtib, shaharni suv bilan taʼminlaydi. Boʻzsuv va undan chiqarilgan kanallarning umumiy uz. 400 km dan oshadi. Boʻzsuv suvi bilan Toshkent viloyati Zangiota, Qibray, Yangiyoʻl tumanlari va Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi 140 ming ga yer suv bilan taʼminlanadi.Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin Boʻzsuvda, jumladan 1995—2000-yillarda uning Anhor tarmogʻida oqimni tartibga solish, qirgʻoqlarni mustahkamlash va sohil boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilgan.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling