Chirchiq davlat pedagogika universiteti tojixon sabitova


Download 1.62 Mb.
bet13/29
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1032306
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
МОНОГРАФИЯ охирги вариант

Ichida sichqonlar bolalab yotgan,

Ortidan tushgan pishak oltoyda yetgan,
Shunday qalmoq qo'lini bulg'ab keladi…

Odam tushmas uning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon etmas beliga…

Bu qalmoqlar qalmoqlarning ravishi
Oh ursa olamni buzar tovushi,
To'qson molning terisidan kovushi …

Qahrlansa toshni yorar qahari,
To'qson norning go'shti bo'lmas nahori,
Har iziga ketar ancha bahori (bug`doy) …

Tag'i ham bir qalmoq keldi maydonga,
Oltmish karich olachadan qalpogi,
To'qson qo'yning terisidan telpagi.

To'rt yuz quloch qo'lda hassasi,
Sarhovuzdan katta edi kosasi,
Shuning bilan o'n sakkizdan nashasi,
To'qson qarich bo'zdan bo'lgan kissasi.
Alpomishning dushmanlari shu darajada bahaybat, beqiyos kuch-qudratga egaki, xalq o'z sevimli qahramoni Alpomishning ulardan ham kuchli, qudratli bo'lishini orzu qiladi. An'anaviy dostonlarda qahramonlar xalq tomonidan nihoyat darajada ideallashtiriladi. Alpomish mana shunday xalq idealidagi qahramonlardan biridir.
Mubolag'a qahramonning xos tomonlarni bo'rttirib berish vositasidir. Shuningdek, bu vosita ko'p hollarda metafora, jonlantirish, o'xshatish kabi badiiy vositalar bilan birgalikda qo'llaniladi. Xalq shoirlari butun bir xalqning xislatlarini bir-ikki obrazlarda mujassamlashtirib bera olganlar, doston qahramonlari bo'rtirish usuli bilan tasvirlanadi. Natijada doston qahramonlarining butun xatti-harakatlari mubolag'alashtiriladi. Bunday tasvirlash bilan doston ta'sirchanligi oshiriladi, tinglovchi yo o'quvchi ongiga tez etib boradi va uning xotirasida uzoq saqlanib qoladi. "Ravshan" dostoni ham chiroyli mubolag'alarga boy:
Oti to'pning o'qiday,
Suvsiz cho`lda otilib,
Sovib tortib buyrini,
Togning boshini ko'zlaydi.
Shuningdek, "Ravshan" dostonida kallar obrazini tasvirlashda ularni gavda tuzilishi va boshqa tomonlari shunday mubolag'a bilan tasvirlagan:
"Aynoq kal shunday edi: ot, tuya, arava ko'taraolmas edi, doimo bir yoqqa ko'chirmoqchi bo'lsa, piyoda ketar edi. Ersak kal shunday edi: oqshomlari kamonni qo'lga olsa, qushni ko'zidan urar edi". Baxshi kallarni bunday bo'rttirish orqali ularning o'ziga xos tomonlarini, yaya'ni birining bahodirligini, ikkinchisining merganligini konkret ta'kidlab ko'rsatadi.
Dostonlarda faqat qahramonning gavda tuzilishi mubolag'a uslubi bilan tasvirlanib qolmasdan, qahramon qarashlari ham bo'rttiriladi. Dushman qahramonning jismoniy kuchgagina emas hatto bir qarashiga ham dosh olmaydi. Masalan, "Xushkeldi" dostonida Go'ro'g'lining qarashi shunday mubolag'alashtiriladi: "Go'ro'g'libek shunday darvozadan kirib boraversa, bir ajali yetgan bachchag'ar, bir burchakda yozilib turgan ekan. Go'ro'g'libek shunday bir qaradi. Haligi odam birdan dod solib yig'lay boshladi. "Voy o'ldim, voy o'ldim, anavu bachchag'ar menga bir qaradi, o'tim yorildi. talog'ham yorildi. Ho', odamlar Go'ro'g'limikan? Ho', yoronlar, o'ldim! Shu odamni ko'ringlar, bilinglar, men o'laman, men odam bo'lmayman, o'ldim, o'ldim" - deb baqiraverdi". Bu epizoda xalq qahramoni har qanday dushmanga bir qarashda dahshat sola oladigan bahodir ekanligi namoyon etilgan.
Dostonlarda qahramon obrazigina emas, balki butun bir epizodlar va boshqa obrazlar (masalan, ot obrazi) ham mubolag'a usuli bilan tasvirlangandir. "Go'ro'g'li" turkumidagi dostonlarda G'irot, "Alpomish" dostonida Boychibor va boshqa otlar shunday timsollardandir.
Dostonlardagi poyga epizodida o'ta mubolag'a bilan tasvirlangan kartinaga duch kelamiz. Qahramon poygada hammadan uch-to'rt kun keyin jo'nab, hammadan oldin marraga yetib kelishi ham mubolag'a kuchidandir. Qahramon otining tilga kirishi, odamday gapirishi na faqat jonlantirish, balki mubolag'a tasvirining ajoyib namunalaridan biridir. Bu bilan shoir yo baxshi qahramonning birinchi yordamchisi, maslahatgo'yi ot ekanligini ta'kidlaydi. "Qunduz bilan Yulduz" dostonidagi G'irko'k otning gapirishi epizodi fikrimizning dalili bo'la oladi: "Anda G'irko'k ot, nazarkarda xonazot tilga kelib, Avazxonga necha yerdan timsol keltirib bir so'z dedi:
Ustimda bo'lmadi Go'ro'g'li Sulton,

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling