O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
________________________________________________________
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TOJIXON SABITOVA
O`ZBEK XALQ DOSTONLARINING NAZARIY ASOSLARI VA BADIIYATI
MONOGRAFIYA
TOSHKENT
2022
UDK:
KBK:
T
Sabitova T.
O`zbek xalq dostonlarining nazariy asoslari va badiiyati.
T.Sabitova.Toshkent: 2022-115
Mazkur monografiyada folklorshunoslikning yirik epik janrlaridan bo`lgan o`zbek xalq dostonlarining nazariy asoslari va badiiy jihatlari ilmiy tadqiq qilingan.dostonlardagi tahlillar muallifning ilmiy kuzatishlari, adabiy-nazariy qarashlari va 50 yildan ortiq pedagogik tajribalariga tayangan holda va ta`limga nisbatan innovatsion yondashuv sifatida e`tirof etilayotgan yangiliklarni xalq dostonlarini o`qitishdagi bir necha interfaol metodlardan foydalanish mumkinligi jihatlari ko`rsatib berilgan. Folklorshunoslikning yirik janri bo`lgan dostonlarning nazariy, poetik, yangi metodik tamoyillarini tahlil va tadqiq etish Yangi O`zbekistonni Uchinchi Renessans davrining bugungi muhim hamda dolzarb masalalaridandir.
Monografiya pedagogik oliy ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor o`qituvchilar, bakalavriat va magistratura talabalari, filolog mutaxassislar, yosh ilmiy tadqiqotchilar va keng kitobxonlar uchun mo`ljallangan.
Mas`ul muharrir:
Davlatova Adiba- filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Taqrizchilar:
Abdimurod Tilavov-filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Nodira Xoliqova- filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy texnik kengashining 2022 yil 15 noyabrdagi -sonli majlisi qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN Sabitova T., 2022
nashriyot 2022
Ushbu monografiyani Chirchiq davlat pedagogika universitetining
5 yilligiga bag`ishlayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |