Chirchiq davlat pedagogika universiteti tojixon sabitova


Download 1.62 Mb.
bet8/29
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1032306
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
МОНОГРАФИЯ охирги вариант

Men biluvda bizni ko'zga ilmadi.
Misqol oyim keldi Eram bog'idan,
Hindistondan Gulnor pari kelmadi.
Gulnorjonni olib kelmasam bo'lmas,
Axir bir kun shundaycha gap bo'ladi.
Olib kelay borib Gulnor parini,
Qarindosh, maslahat qanday bo'ladi?…
Ko'rinadiki, ideal qahramon "maslahatli to'n kalta bo'lmas", degan xalq hikmatiga amal qilyati. Undagi aql, kattalarga nisbatan odobi ko'rinyapti, ikkinchidan, qahramon qanchalik qudratli bo'lmasin, u hech qachon yigitlarining ko'magisiz maqsadga erishishi mumkin emas. Go'ro'g'li uni yo'lda katta jangu jadallar, zo'r to'siqlar kutayotganini oldindan ko'ra bilgan. Shunga ko'ra tog'asi Ahmad Sardor boshliq yigitlari va lashkari bilan safarga otlanadi: "ana endi yoppa-yovliq oti bori otni minib, Toyli-tayoqli Hindistonga yuringlar deb, Ahmad Sardor bo'z otini minib, tug'ni qo'liga ushlab, vaqtini xushlab, ana shu otlarni o'ynatib, suvliqni chaynatib, Gurri-Gurri, dasta-dasta bo'lib jo'nay berdi..."
Ularning ketib borishini shoir shunday tasvirlaydi:
Yelkada bordi parangi,
Qo'lida bordi zarangi.
Ot qo'yadi qulo cho'lda
Kelayapti goho elda.
Goho yorug`, goh qorong'i,
Rustamday beklar jo'nadi.
Bastamga o'xshab jo'nadi…
Ular juda ko'p yerlardan-tog'lardan, cho'llardan, daryolardan o'tib Afg'onistonga keladi. Afg'oniston podshosi bularni dushman deb o'ylab urush boshlamoqchi bo'ladi. Mana shu joyda ikki tomon o'rtasida ziddiyat bo'lay deb, bu do'stlikka aylanib ketadi. Chunki Go'ro'g'li bosqinchi emas, u o'zbek xalqining sevimli qahramoni, adolatli xukmdor bo'lgani uchun Afg'oniston podshosi Abdi Otaliq bilan do'st bo'lib qoladi. Go'ro'g'lining lashkari hech kimning hech narsasiga tegmaydi, hech kimga ziyon-zahmat etkazmaydi. Ularning maqsadi bitta, Gulnor parini olib qaytish, agar toy hindi qarshilik ko'rsatsa, u va lashkari bilan to'qnashishdir.
Ijodkor xalq va atoqli baxshi Po'lkan shoir mahorati shundaki, ular ideal qahramonni huda-behuda dramatik holatga ro'baro' qilmaydi, qon to'ktirmaydi. U do'stga - do'st, dushmanga - dushman, aqli raso qahramon. Shunga ko'ra Afg'onistonda yuz berishi mumkin bo'lgan ziddiyatga tadbirkorlik bilan barham beradi va voqealarni Hind yurtiga ko'chiradi.
Go'ro'g'li Qong'ar tog'ida, ya'ni tomosha tog'da Gulnor pari bilan topishgandan keyin uning maqsadi amalga oshgan, Gulnor parini olib ketaversa bo'lar edi. Ammo vaziyat uning jangga kirishini taqozo qiladi. Go'ro'g'li behuda qon to'kilishiga qarshi, lekin Gulnor parining otasi toy hindi o'z lashkarlari bilan Go'ro'g'li ustiga bostirib kelib qoladi. Uning maqsadi Gulnor parini Go'ro'g'liga bermay, uni jazolash edi. Shu narsa aniqki, muayyan maqsadni ko'zlagan xalq qaxramoni adolatsizlik qilayotgan raqibiga taslim bo'lib qolmaydigina emas, unga qaqshatg'ich zarba berishi kerak. Ana shuning uchun ham g'oyibdan madad keladi:
Toy hindi shopiman.
Osmondan yarqiratib,
Go'ro'g'lining boshidan
Tos tepasini ko'zlab,
Go'ro'g'liday polvonga.
Toy hindi xanjar soldi.
Go'ro'g'li ham Toy hindi askariga qarshi jangga kiradi. Toy hindi juda kuchli raqib. Lekin Go'ro'g'li ham undan qolishmaydi. Ular o'rtasidagi konflikt kurashda yanada rivojlanadi. Go'ro'g'lining devpolvonlaridan tashqari, Hindistonda uning adolatparvar hamfikrlari bor. Bunday hamfikrlilarning boshlig'i, etakchisi toy hindining vaziri Simindir. U bu kurashda Go'ro'g'lini qo'llab-quvvatlaydi.
Ko'rinadiki, asar voqealari Go'ro'g'li - Toy hindi - Amin vazirlar o'rtasidagi ziddiyatlar fonida keskin tus oladi. Bu konflikt Go'ro'g'lining sevgilisini olib qaytishi, Hind yerida tinchlik o'rnatish, adolatli podshoh ko'tarish bilan tugaydi. Shu bilan ideal qahramon maqsadiga erishdi, jangu jadallar nihoyasiga etdi.
Mabodo, asar voqealariga shu erda nuqta qo'yiladigan bo'lsa, Doston shinavandalari Go'ro'g'li matonatiga unchalik qoyil bo'lmagandek tuyuladi. Qoniqtirmayotgan yeri shundaki, qahramon sevgilisi uchun shuncha jang qildi, qizni olib qaytdi. Ammo gap shundaki, xalq san'atkori birinchi mavzuda juda katta ijtimoiy masalani xalq manfaati nuqtai nazaridan turib hal qila olgan. Birinchidan, epik Go'ro'g'li Hind yurtini qora niyatli xukmdorlardan tozalaydi va adolatli shoh ko'taradi. Ikkinchidan, qardosh afg'on xalqlari bilan do'st tutinib, do'stlik, tinchlik qo'shnichilik to'g'risidagi asriy xalqchil g'oyalarni olg'a suradi.
Ijodkor xalq voqealarni qolgan eridan davom ettirish uchun endi Go'ro'g'li bilan Chambil elining azaliy dushmani bo'lmish arablar o'rtasidagi bo'lgan ziddiyatdan foydalangan. Aytish joizki, bu voqea zo'rma-zo'raki bog'langani yo'q. Go'ro'g'li toy hindini yengib, Gulnor parini olib o'z vataniga jo'narkan, u qaytishda Afg'oniston xukmdori Abdi otaliqqa mehmon bo'ladi. Fursatdan foydalangan Jalman qizilning o'g'li Alman qizil, Go'ro'g'li urushda o'lgan bo'lsa, otamning xunini olaman deb Shirvonga borib, Rayhonning otasi Bektosh arabni olib Chambil yurti bilan urushishga jo'naydi.
Ko'rinadiki, azaliy dushman hech qachon tinchib ketmaydi, u o'ch olish payida bo'ladi. Po'lkan shoir ana shundan kelib chiqib, ikkinchi mavzuning tabiiy bog'lanishiga ergashgan, ikkinchi asosiy konflikt mana shu erdan boshlanadi. Shunisi xarakterliki, bu yerda ham katta konflikt tarkibiy qismini tashkil etuvchi kichik ziddiyatlar borki, bular Xoljuvon oyim bilan arablar Yunuspari, Misqol pari to'qnashuvidir. Xoljuvon oyim arablarga ma'naviy zarba bersa, Yunus pari boshlik Chambil yurtining xotin-qizlari qurol bilan dushmanga tashlanadi:
Xotinlarni Yunus pari yig'dirdi,
Barisiga sarboz libos kiydirdi.
Telpak kiygizdi-da, sochin yig'dirdi.
Qolganlarning yelkasidan to'ntarib,
Bog'ginasini bo'sh-bo'shgina bog'latib,
Kark teri qolgan egniga quydirdi.
Chor Oynani boshlariga kiydirdi.
Kampir qolmay, xotin qolmay hammasin,
Yig'ib keldi ham momosin, ammasin
Yig'ib kelib mulla libos kiydirdi.
Yana Go'ro'g'lining dev-polvoni Hasan chopson himoya qilishga keladi. U Gulnor parining gapidan arazlab ketib, balo tog'iga ketgan edi, kampiri bilan arablarning kelganini ko'rib qoladi. O'zi kurashishga yakkama-yakka kuchi etmadi va Go'ro'g'liga xabar berishga ketdi. U Go'ro'g'lini Afg'onistondan topib, dedi:
Belni mahkam bo'g'ing endi,
Oyoq - qo'lni yuving endi!
Qistab borib arablarni,
Yovlab kelgan taraflarni,
Shirvon elga quving endi.
Bu gapni eshitib Abdi Otaliq do'sti Go'ro'g'liga yordamga bermoqchi bo'ladi, lekin Go'ro'g'li ko'nmaydi. Avval Hasan Chopsonni yuborib, keyin o'zi odamlar bilan jo'naydi. Bu erda konflikt voqealar xarakteriga mos hal qilinadi. Boshda Go'ro'g'li - toy hindi Amin Vazirlar o'rtasidagi tasodifiy ziddiyat fonida ko'zga tashlangan konflikt endi Chambil - afg'on xalqlari Ittifoqining umumiy dushmani - Arab bosqinchilariga qarshi zarba berishdek keng diapazondagi voqealarni tasvirlashda chiroyli badiiy usul rolini o'taydi.
Xullas, Go'ro'g'li boshliq ijobiy kuchlar bilan toy hindi, Bektosh Arab, Rayhon Arab kabi salbiy obrazlar o'rtasidagi kurashda yaxshilik timsoli bo'lgan ijobiy kuchlar g'alaba qozonishi an'anaga mos bo'lib, bunda syujetning asosiy unsurlaridan hisoblangan konflikt muhim rol o'ynaydi.


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling