Chirchiq davlat pedagogika universiteti tojixon sabitova


Download 1.62 Mb.
bet10/29
Sana18.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1032306
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
МОНОГРАФИЯ охирги вариант

Borib tutat otim turgan yerina,

Isim borsin Boychiborning burnina.
So'ngra mening tirikligim biladi,
U otning zarbini qalmoq ko'radi…
Bu tablada tovlab hayvon kishnadi.
Gulu zanjir mayda-mayda bo'ladi,
Bu parchindan o'zin ozod qiladi…

Bekning oti bir ag'anab turibdi,
Qo'l ochib chiltanlar duo qilibdi.
Ot quyrug'i boz qirq quloch bo'libdi,
Ot quyrug'in u zindonga solibdi.

Hakimbek beliga boylab olibdi,
Jonivor zo'r urib shu zamon tortdi.
Boychiborga pirlar berdi quvvatdi,
Hakimbek u zamon zindondan chiqdi…
Insoniyat o'zining taraqqiyotida turli bosqichlarni bosib o'tgan. Ibtidoiy, qabilaviy bo'lib, ayollarning jamiyatni boshqarishi poligamik oila tizimi bo'lgan. Oiladagi aka-ukalar uchun bir xotin bilan turmush qurish odati bo'lgan. "Maxabxorat" eposidagi Draupadi obrazini eslang. Hozir shu odat Tibet atrofiidagi ayrim qabilalarda uchrar ekan "Jenshino'mira" degan qomusiy kitobda 5 ta ayol haqida gap boradi. Shunda 5 ta aka-uka bir xotinga uylanadi. Ayol qarshi chiqadi. Bir erkak bir ayol bilangina turmush qurishi kerak, deydi. Monogam oila tizimi "Alpomish"da ham 90 alpdan 7 ta aka-uka qalmoq Alplari yo bittamizga yo barii- mizga teg, deyishida ko'rinadi. Bunda ham poligamik oila elementlari saqlanib qolgan. Demak, "Alpomish" dostoni juda qadimda yaratilganligiga bu ham asos bo'la oladi.
Folklorshunos O.Madaev asar Doston tarzida yaratilgunga qadar diffuziya holati yetakchi o'rinni egallagan, degan xulosani aytadi. Diffuziya - lotincha "singish", "tarqalish" so'zlaridan olingan. Diffuziya shunday holatki, bunda narsalar bir fursatda boshqa narsaga aylanib qoladi. Epik asar syujetining mifolo- giyadan afsonaga, keyin rivoyatga, ertakka va dostonga aylanishini B.Sarimsoqov "epik janrlar diffuziyasi" maqolasida ko'rsatib bergan. Diffuziya holati dostonga o'tish bosqichlaridir. Doston xalq og'zaki ijodining mahsuli. U taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichida paydo bo'lgan janr. Birinchi bosqichda mifologik qarashlar yetakchi bo'lgan bo'lishi mumkin. Rivojlanayotgan davrdagina doston holida yaratilgan bo'lishi kerak. Chunki bu dostonda xalq og'zaki ijodi janrlarining hammasi bor. Afsona - Alpomishning safarga chiqishi. Ertakka xos tomonlari bor. Qo'shiq -turey, turey, yor-yorlar. Maqollar, hikmatli so'zlar, mubolag'a va boshqalar o'z mujassamini topgan. Domlamizning fikricha, janrlarning o'zaro munosabatlari oqibatida doston degan durdona asar paydo bo'lgan. Doston sifatida shakllanishi uchun mifologik qarash hamirturush vazifasini o'tagan. Xullas, bunday misollarni dostondan ko'plab topish mumkin.
Asarning asosiy g'oyasi "Alpomish" xalqimizning ilk pedagogik tamoyillarini o'zida badiiy ifoda etishida ko'rinadi. Bu birinchi fazilat. Maqsad yoshlarni haqiqiy inson qilib tarbiyalash, haqiqiy inson bo'lsa, mard, jasur, bir so'zli, o'z maqsadiga intiluvchi shaxs bo'lishi kerak. Ota-onaga, elga, xalqiga xurmat, xalqini birlashtirish xizmati, elni so'raydigan erkak bo'lsa, odil bo'lishi kerak, ilmli bo'lishi kerak. Ayollar esa, avvalo, uy xizmatini yaxshi bilishi kerak, eriga vafodor, sadoqatli, nozik didli, o'z farzandlarini sevuvchi bo'lishi, eng yaxshi fazilatlar egasi bo'lishi kerak. Mana shu fazilatlarning hammasi "Alpomish"da bor. Kitobni qayta-qayta o'qisangiz asarning yangi-yangi qirralarini topaverasiz.
Xalq inson psixologiyasini yaxshi bilgan. Qahramonlarning yoshlik, o'smirlik, yigitlik ruhiyatida nimalar kechishini yaxshi bilgan. Xalqning tasavvurida haqiqatdan ham psixologik jihatdan turmushga qizlar juda tez yetiladi. Shu jihatdan olib qaraganimizda, Qaldirg'och garchi 14 yoshda bo'lsa ham akasiga nisbatan uning aqli baland, oila tushunchasini fahmlaydi va akasining yori Barchin dushman qo'lida qolgani, uni qutqarish zarurligini uqtiradi. Alpomish esa ko'proq jismoniy tarbiya, ot minish, davlat ishlari kabi tomonlarni o'ylaydi va Barchin xatiga e'tibor qilmaydi. Qaldirg'ochni gapidan keyingina oila masalasi jiddiy ekanligini tushunib yetadi va yo'lga otlanadi.
Qayd etish lozimki, o'zbek folklorshunoslari, jumladan, I.Ermatov dostonning badiiy xususiyatlari bo'yicha doktorlik, S.Yo'ldosheva nomzodlik dissertasiyasini yoqladi, O.Madaev "Alpomish" haqida so'z" risolasini e'lon qildi. Bu epos o'zining qomusiy xarakteri, yuksak badiiyati bilan jahon adabiyotining nodir durdonalaridan hisoblanib, yana o'nlab, yuzlab izlanishlarga manba bo'la oladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling