Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Download 323.13 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi323.13 Kb.
#1506288
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samira Kurs ishi g




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TURIZM FAKULTETI
UMUKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARI
KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: O’zbekiston qo’riqxonalaridan turizmda foydalanish
Bajardi: Maxamadova Samira
Tekshirdi: Shomurodova Shahnoza
Chirchiq – 2023

MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………................................….2
I BOB .Qo'riqxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini o'rganish

    1. Qo'riqxona tushunchasiga umumiy tavsif……………………………………..

1.2. Qo'riqxonalarni tashkil etish va ularning vazifalari…………………….…….
II BOB. O'zbekiston qo'riqxonalariga umumiy tavsif
2.1 O'zbekistonda qo'riqxonalarini tashkil etishidagi ayrim muammolar………..
2.2 O'zbekistondagi qo'riqxonalarning faoliyati………………………………....
2.3 O'zbekistondagi qo'riqxonalardan turizmda foydalanish…………………....
Xulosa…………………………………………......................………….....41
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati……………………………..……….42

Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. 
Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.
So‘nggi yillarda tabiiy hududlarni saqlab qolish va ularni qayta tiklash, ekologik muhitni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2018 — 2021-yillar davomida Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati, Xorazm va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘lari hamda “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etilib, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mamlakat hududidagi ulushi qariyb ikki baravarga ortdi.
Respublikada “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob hamda yo‘qolib borayotgan turlarini qamrab olgan, o‘ziga xos, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualar mavjud bo‘lib, ularni saqlab qolish va qayta tiklash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan Chotqol biosferasi, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qo‘riqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hamda Davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi.


Download 323.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling