Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari
I BOB. EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH
Download 207.77 Kb.
|
Kurs Ishi - OS
I BOB. EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH
Ekskursiya xizmatining mazmuni va mohiyati. “Ekskursiya” tushunchasi yunoncha “excursion” so‘zidan olingan bo‘lib, “sayohatga chiqish, sayr qilish” degan ma’noni anglatadi. “Ekskursiya” tushunchasiga eng birinchi ta’rifni V. Dal (1882y) quyidagicha bergan: “ekskursiya - bu sayr-tomosha, biror nimani izlash, o‘simliklar yig‘ishdir”. Rossiyalik olim M. P. Ansiferov (1923 y) “ekskursiya - bu sayr bo‘lib, uning vazifasi aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o‘rganishdir”, degan fikmi keltirib o‘tgan. Kichik sovet ensiklopediyasida “ekskursiya - bu ma’lum bir joylarda, sanoat korxonalarida, sovxoz, muzeylarda va boshqa joylarda ilmiy va ta’limiy maqsadlarda jamoaviy tashrif buyurishdir” - deb ta’rif berilgan. Katta sovet ensiklopediyasida (1978y) “ekskursiya - bu diqqatga sazovor ob’ektlarga (madaniy yodgorliklar, muzeylar, korxonalar, joylar va sh. k) tashrif buyurish, bilim olishning shakli va metodi bo‘lib, odatda mutaxassis gid rahbarligida jamoaviy o‘tkaziladi” - deb ta’rif berilgan. Ekskursiya tushunchasini tahlil qilganda ekskursiya xizmatining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak bo ‘ladi. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va h.k.) bilan asoslanadi. Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazovor joylami ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslubiy jihatdan tashkil qilishdir, Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z oldidagi ob’ektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi. Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga yordam beruvchi obyektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlami olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya obyektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko£nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda, estetik qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar guruhini, ranglar jilosini, chiziqlar va ulaming kompleksini yorug‘lik, ma’lum burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Obyektlardagi tarixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli davrlardan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ulami hikoya qilishda gidning malakaviyligi ekskursantlaming kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: “Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak”. Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri - ekskursantlar ongida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning mohiyati, fe’l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir. Ekskursiya xizmatini baholash degani, gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlaming mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishidir. Ekskursiya xizmatiga munosabat - bu ekskursiya xizmati mavzusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlami his etishi, yozuvchi yoki rassom o‘z asarini yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir. Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq muallifning asari sifatida o‘z sujetiga ega bo‘Iib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘ysunadi. Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o'tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jihatidan o‘zgarishi bilan bogMiqdir. Awallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklami izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar yig‘ish kabi ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsadlami belgiladi. Tarbiyaviy ishlami samaraliroq tashkillashtirish harakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlaming biriga aylantirdi. Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlami taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. Demak, ekskursiya xizmati insonning atrof-muhitni o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda, korxona binolarida, laboratoriyalarda, ilmiy tadqiqot institutlarida va boshqa joylarda joylashgan obyektlar oldindan tanlangan bo‘ladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish, qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi vazifalari bilan belgilanadi. Gid ekskursantlaming obyekt ko‘rinishini, tarixiy joyning qadrqimmatini, ob’ekt bilan bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlariga yordam beradi. Ekskursant ayni damda nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi. Download 207.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling