Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi


Ingliz tili kafedra mudiri M.A.Yusupova


Download 27.03 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi27.03 Kb.
#1770581
1   2   3   4
Bog'liq
tavsiyanoma 28.05

Ingliz tili kafedra mudiri M.A.Yusupova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Turizm fakulteti XTA yo‘nalishi
2-bosqich 21/4–guruh talabasi
Sharipova Nodira Shavkat qiziga
TAVSIYANOMA
Talaba Sharipova Nodira Shavkat qizi 2003-yil 23- sentabrda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2021-yil Toshknt viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yonalishiga qabul qilingan. N.Sh.Sharipova guruh talabalari ichida o‘zining jonkuyarligi, dunyoqarashi, bilimliligi, izlanuvchanligi, fidoyiligi, o‘qish va ilmga boʻlgan chanqoqligi, zehnliligi hamda tashkilotchiligi bilan ajralib turadi, hamda oʻquv jarayonida o‘zining faolligi, tashabbuskorligi bilan ham fakultet talabalariga o‘rnak boʻla oladi, shuningdek, fakultetning ma'naviy ma'rifiy tadbirlarida ham faol ishtirokchi hisoblanadi
Sharipova Nodira universitet va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etmoqda. "Oʻzbek tili haftaligi", "Sumalak sayli", "9-may Xotira va qadrlash kuni",”Ustoz va murabbiylar kuni”, “O‘zbek tili bayrami kuni”, Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun”, ”Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi, "Bir oyda o‘n kitob, bir yilda yuz kitob bilan do‘stlashdim", "Sport-sog‘lik garovi" “Essaylar tanlovi” “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa tadbirlar shular jumlasidandir. Universitet va fakultet tomonidan tashkil etilgan “Ma'naviyat haftaligi" doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan.
Bugungi kunga qadar Sharipova Nodira Shavkat qizi tizimidagi xorijiy jurnallarda, impakfaktori yuqori boʻlgan xalqaro jurnallarda, xalqaro konferensiyalarda, OAK ro‘yxatidagi mahalliy ilmiy jurnallarda, Respublika va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 30 dan ortiq maqolalari, ilmiy raxbarlari, ustozlari bilan birgalikda chop qilinib kelingan.
"Research and publications" ilmiy nashrlar markazi ilmiy kengashining 2022- yil 26- avgust oyining 5- sonli qaroriga asosan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida "Ta'lim fidoyisi" nomli esdalik nishoniva sovğalar bilan taqdrlandi
Hamda "Science box" ilmiy markazi rahbarining 12- dekabr 2022- yildagi buyruğiga asosan "Ilmiy tadqiqotchi-2023" xalqaro ilmiy amaliy koʻrik tanlovi esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
”Afsonaviy yoshlar” yoxud “Kelajak sari” forumi 2- va 3-mavsum ishtirokchisi ”best delegat” sohibasi. “Upward growth forum” faol ishtirokchisi, “journal of universal scienc research’ qoshida 16-17-18-19 mart kunlari tashkil etilgan “to‘rt imkoniyat “online forumi faol ishtirokchisi, “Tashabbus ”forumi 2- mavsum delegati, “ziyokorlar marafoni” forumi 2-mavsum delegati, “Shaxsiy rivojlanish” forumi faol ishtirokchisi. Mamlakatimizda 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlanib Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlari o‘rtasida o‘tqazilgan tanlovda “eng yaxshi maqola muallifi” nominatsasi g‘olibi boldi va Chirchiq shahar hokimi tomonidan taqdrlangan. Respublika boyicha o‘tqazilgan “Zamon farzandlari online forum”i tashkilotchisi va spikeri, universitetda tashkil etilgan “talabalar akademiyasi” faol a’zosi va spikeri, “Tashabbus 1-mavsum forumi” “Ochiq mikrafon” loyihasi faol ishtirokchisi, “Unity forum 7-mavsum” forum qatnashchisi va delegati. “7 generation uz. forum” qatnashchisi va “best delegat” sohibasi. “Children of time project” loyihasi faol qatnashchisi va best delegati. “youth forum” faol ishtirokchisi. Xalqaro “All India Council for Technical Skill Development” a’zosi, “Global Goodwi; ambassador 2023”, “Young leaders conference 2023” ishtirokchisi va “Gold delegate” sohibasi. Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabining doyimiy Olimpiyada ishtirokchisi Keniya davlatining “The Mount Kenya Times” gazetasida maqolasi chop e’tilgan.
Talaba Sharipova Nodira Shavkat qizini 2021- 2023 o‘quv yili mobaynida barcha fanlardan a'lo baholarga o‘qiganligini va yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib “Yil talabasi 2023” ning “yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” yo‘nalishiga nomzodini tavsiya qlaman.


Download 27.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling