Chirchiq davlat pedagogika unversiteti gumanitar fanlar fakulteti tarix shaxs jamiyati o


Tarix o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarning o‘rni va ahamiyati


Download 60.5 Kb.
bet6/7
Sana01.11.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1736829
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti gumanitar fanlar fakultet-fayllar.org

2.2.Tarix o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarning o‘rni va ahamiyati
Tarix o‘qitish tajribasiga ko‘ra maktabda ta'limning quyidagi texnika vositalaridan foydalanilmoqda :
1.Oddiy texnika qurilmalari: Karta va o‘quv kartinalari ilinadigan, yog’ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar: ko‘chma sinf yozuv taxtasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan yozuv taxta.
2. Ovozli apparatlar: plastinkalar qo‘yib ovoz chiqaradigan asbob, magnitofon, radiopriyomniklar, bundan tashqari hozirgi paytda kompyuter texnoligiyalardan, disklarga tushirilgan tasvirlardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Maktab tajribasida plastinkalar va magnit lentalar, zamonaviy disklar yordamida, shuningdek, radiopryomniklar vositasida o‘quvchilarni mumtoz va o‘zbek, chet el bastakorlarining asarlari bilan tanishtirishb, tarix fanlarini orgatish keng quloch yoymoqda. Chunki musiqiy ijodiy asarlarga doir maktab kursining madaniy – tarixiy materialini plastinka va tasma yozuvlarisiz ko‘rsatib bo‘lmaydi. Masalan, madaniyatga doir mavzularni o‘tgan paytda musiqa asarlarini eshittirish darsni maroqli bo‘lishiga yordam beradi. Badiiy asarlar yozilgan plastinka va mangit tasmalari ham bor. Darsda G’.G’ulomning "Sen yetim emassan" she'ri yozilgan plastinkadan foydalanish mumkin.
Jamoat arboblarining, masalan 1- Prezidentimiz I.A.Karimovning nutqlarini mangit tasmalariga yozib olib eshittirish mumkin yoki televizorlar yordamida dars jarayonida o‘quvchilarga qo‘yib eshittirish ham mumkin.
Bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo‘llaniladi :
1.Yozuv materiallari yuzasidan o‘quvchilarga savollar berish bilan bu yozuvlar dars materiali tarkibiga kiritiladi.
2.Avvalo gramplastinka yoki tasma, disk yozuvi eshitiladi va ko‘rsatiladi. So‘ngra bu yozuv suhbat yordamida tahlil qilinadi.
3.Yozuvlar asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilinadi.
Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo‘yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni eshittirishni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko‘pincha magnit tasmasiga yozib olingan bo‘ladi.
Tarix darslarida magnitofon yozuvlaridan keng foydalaniladi. Radio va televideniye orqali beriladigan o‘quv va sinfdan tashqari ishlarga bag’ishlangan eshittirishlar tarixiy voqealarning ishtirokchilari, mehnat qahramonlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan o‘tkazilgan uchrashuv materiallari ana shu magnitofon yozuvlarining asosini tashkil etadi. Bu uchrashuv va suhbatlar aynan takrorlanmaydi, yozib olingan magnitofon tasmasidan uzoq yillar davomida va istagan vaqtda darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Bu o‘rinda ham texnika vositasi o‘quvchiga qo‘l keladi.
Har xil ko‘rsatuv asboblari va qo‘llanmalari ta'lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diapozitiv, diafilmlar va o‘quv kinofilmlaridan iborat.
Tarix darslarida bunday texnik sharoiti mavjud bo‘lgan kino xonasi yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix xonasi bo‘lishi kerak. Texnika vositalari bilan ta'minlangan xona asosan quyidagi talablarga javob berishi loz im :
1. xonani tezda qorong’ulatish va tezda yorug’latish mumkin bo‘lsin.
b) qorong’u paytda o‘quvchilarning yozuv – chizuv ishlarini olib borshi, tasvirlarni daftarga tushirishi, darslik matni bilan ishlashi uchun o‘tirgan o‘rinlari maxsus lampochkalar bilan yoritiladigan bo‘lsin.
c) xonada juda katta yozuv taxtasi bo‘lishi kerakki, uning bir qismi tasvir bilan band bo‘lsa, bir qismi tasvirlarni ko‘rsatish yoki boshqa maqsadlar uchun bo‘shu bo‘lsin.
d) xarita va rasmlar ilinadigan maxsus moslama bo‘lsin.
e) zarur texnika vositalari va ularni ko‘rsatadigan apparatlar xonada mavjud bo‘lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin.
Bunday maxsus tarix xonasi bo‘lmagan taqdirda sinfni uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jihozlasa bo‘ladi. Bu holda tegishli vosita va jihozlar maxsus javonda saqlanadi.
Shisha yoki plyonkadan ishlangan rangli diapozitlar epidiaskop yordamida ko‘rsatiladi. Keyingi yillarda, shishaga tushirilgan diapozitlar o‘rniga diafilmlar yordamida namoyish qilinadi. Diafilmlardan har bir o‘qituvchi hattoki, o‘quvchilar ham foydalana oladilar.
O‘qituvchi darsda diapozitif yoki diafilmdan to‘liq yoki qisman foydalanishi, ba'zan butun darsni o‘sha materillar asosida o‘tkazishi mumkin.
Diapozitiflardan yangi mavzuni bayon qilishda ham takrorlash darslarda ham foydalaniladi. Har qanday holatda ham diapozitif va diafilmlar o‘qituvchi bayonining aniq va jonli bo‘lishiga yordam beradi.
O‘quv kinofilmlari ham ta'limning ko‘rsatmali vositalari jumlasidandir, tarix o‘qitishda o‘quv kinofmlmli vositadir. Kinofilm o‘quvchilar ko‘z o‘ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini ko‘rsatmali qilib to‘liq harakatda gavdalantiradi.
O‘quvchilar boshqa ko‘rgazmali qurollardan ko‘ra kinofilmlar vositasida tarixiy o‘tmishni jonliroq idrok etadi. Tarixiy mavzularga bag’ishlangan badiiy filmlar (masalan "Muz jangi") "Jahon tarixi" fanini o‘qitishda o‘zining mazmuni va tarixiy voqealarni jonli qilib ko‘rsatish jihatidan tarixiy badiiy asarlarga o‘xshab ketadi.
Kionfilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o‘quvchilarga ijobiy ta'sir ko‘rsatish, estetik va axloqiy tarbiya berish vositasi hamdir. Kinofilmlar bilim olish vaqtini iqtisod qilishga yordam beradi. O‘quvchilar oddiy sharoitda o‘quvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarda bo‘lib soatlar sarf qilib oladigan bilimlarni 10 – 15 daqiqali filmni ko‘rib ham olishlari mumkin. O‘quv filmilarining emotsional, estetik ta'siri ham boshqa ko‘rsatmali qurollarga nisbatan shubhasiz kuchlidir.
Hozirgi davrda barcha jabxeni uz ichiga oli borayotgan kompyuter t iz imi dan ham tarix darslarida foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Masalan, o‘quvchilarning olgan bilimlarini aniq baxolashda kompyuterdan foydalanish mumkin. Bunda utilgan bob buyicha test savolllari to‘zib javoblarini kompyuterdan olish mumkin.
Kinofilmni o‘quvchilarga ko‘rsatishdan oldin, o‘qituvchining o‘zi uni sinchiklab ko‘rib chiqishi va o‘rganishi lozim. Bu bilan o‘qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan, asosiy diqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va suxandon matni bilan tanishtiradi. Shundan keyingi film o‘quvchilarga ko‘rsatiladi, so‘ngra film yuzasidan suhbat o‘tkaziladi, eng muhim kadrlar yuzasidan savollar beriladi, film mazmuniga bog’lab uyg a vazifa topshiriladi.
Tarix o‘qitish tajribasida o‘quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:
a) o‘qituvchi o‘z bayonini o‘quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko‘rsatish bilan bog’lab olib boradi. Tanlab olingan o‘sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulo a chiqaradi.
b) 10-15 daqiqali qisqa o‘quv filmlariga bag’ishlab dars o‘tkaziladi.
c) maxsus kino darsi tashkil etiladi.
d) darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.
Ta'lim tizimida ijobiy o‘zgarishlar davom etayotgan bir paytda tarix o‘qitishda teleeshittirishdan ikki xilida foydalanilmoqda.
1) sinfda qabul qilish uchun beriladigan o‘quv ko‘rsatuvlarini komyuterlar orqali o‘quvchilarga yetkazish.
2) o‘qishdan tashqari vaqtlardagi teleko‘rsatuvlar. O‘quvchilar bu eshittirishlarni uyda tomosha qiladilar. O‘quv teleko‘rsatuvlarini qabul qilish uchun maktabda oynalari parda bilan berkitilgan, ikki televizorli maxsus yoritish apparatlari muhayyo bo‘lgan sinf xonasi bo‘lishi zarur.
Darsda o‘quv teleko‘rsatuvlarining ikki xil turi qabul qilinadi .
1. 15 daqiqali teleko‘rsatuv.
2. 30 – 40 daqiqa davom etadigan yangi mavzuni bayon qilishga bag’ishlangan mavzuga mos teledars yoki takrorlash darsi.
Teleko‘rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o‘qituvchilar, yuristlarni hamda tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o‘quv materialini o‘rganishning dolzarbligi va mazmundorligini oshiradi.
O‘qituvchi teleeshittirshni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko‘radi. O‘quvchilarning teleko‘rsatuvlar mazmunini puxta o‘zlashtirib olishlari uchun o‘qituvchi ularga eshittirsh mazmuni yuzasidan savollar beradi yoki boshqa vazifalar topshiradi. Natijada o‘quvchilar ko‘rsatuvni faol fikrlab o‘zlashtiradilar. O‘qituvchi teledarsni suhbat bilan yakunlaydi. Shunday qilib, teleekran tarix o‘qitishda ko‘rsatmalilikning samaradorligini yanada oshirib yuboradi. Tarix o‘qitish tajribasi teledars g’oyaviy – tarbiyaviy va didaktik jihatdan ko‘rsatmali vositalarga ko‘ra hiyla afzal ekanligini isbotlaydi. Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilg’or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab,yuqori samaradorlikka erishish yo‘lida amaliy faoliyat olib borilmoqda.Hozirgi vaqtda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa o‘quvchilarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish,ularning tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator tadbirlar bajarildiki,natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim samaradorligining muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu -o‘qituvchi va o‘quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o‘quvchilarning butun dars jarayonida faol ishtirok etishidir.Albatta,bu o‘rinda o‘qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar qo‘l kelishi amaliyot ko‘rsatib turibdi.16
Hozirgi zamon har bir fan o‘qituvchisi zimmasiga inson,uning jamiyatdagi o‘rni va roliga har tamonlama qarash vazifasini yuklaydi.Buning uchun o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaning yangi shakllari,vositalari va usullarini egallashi va shu bilan birga o‘zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga,shaxsni tarbiyalashning yangi a’nanaviy,samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda ijodkor bo‘lmog’i lozim.
Maktablarda o‘qitilayotgan ijtimoiy,shu jumladan tarix fani o‘zida oliyjanob fazilatlarni mujassamlashtirilgan insonni tarbiyalashda benihoya ahamiyat kasb etadi. Maktabda o‘quvchi kishilik jamiyati bosib o‘tgan yo‘lni,ularning chet el bosqinchilariga qarshi,o‘z ozodligi va baxt-saodati, porloq kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni tarix darslaridan bilib oladi.Shu bilan birga tarix darslari o‘quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to‘g’ri anglashga yordamlashadi.
Bizga ma’lumki tarix-juda qadimiy fanlardan biri hisoblanadi.Tarix fanini kelajakni ko‘rsatuvchi „Ko‘zgu” desak bo‘ladi va bu ko‘zguga qarab har qanday inson,jamiyat, xalq o‘z kelajagini belgilab olishi mumkin. Hozirgi kunda O‘zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egallashi onson kechgani yo‘q. Shuning uchun tarixni o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bugungi kunning qadriga yetishini, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikni, o‘tmishdagi xatolardan xulosa chiqarib olishini o‘rgatish lozimdir . Qolaversa maktabda tarix fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda o‘zlari mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishga , miliy ong va tafakkurni o‘stirishga , eng asosiysi ma’naviy barkamol shaxsni , haqiqiy vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat berish lozim .
Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kunning pedagog hodimlari har bir darsda qiziqarli, samarali bo‘lgan yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish kerak.17
Bizga ma’lumki,tarix fanining asosini ma’lumotlar tashkil etadi.Ularni to‘liq eslab qolishi o‘quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug’dirishi mumkin (ayrim past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ).Bu kabi ma’lumotlarni o‘quvchilar xotirasida bir umrga esda qolishi,turli xil sahnali ko‘rinishlar,qiziqarli o‘yinli usullar,krossvordlar,guruhlar bilan ishlash,baxs-munozaralar olib borishiga bog’liq.
Men o‘z darslarimda o‘quvchining alohida xususiyatlariga e’tibor berishga,ko‘proq o‘zim yaratgan turli usullardan foydalanilgan holda yoritishga harakat qilaman. Sizga taklif etilayotgan “Mavzuga zamin”, “T.A.R.I.X.” o‘yinli usullar tarix darslarni qiziqarli va samarali o‘tishiga yordam beradi degan umiddaman. Bizga ma’lumki o‘quvchilar mavzuni o‘qituvchi tushuntirib berishi chog’ida va o‘zi darslikdan o‘qib o‘zlashtirishi mumkin. Lekin bu degani sinfda hamma o‘quvchilar o‘zlashtira oladi degani emas. Chunki hamma o‘quvchilarning xotirasi,fikrlash doirasi birdayin bo‘lmaydi. Shuning uchun ularga turli xil o‘yinlar, sahnali ko‘rinishlar,baxs-munozaralar orqali darslar tashkil qilinsa,sinfdagi uncha yaxshi o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar ham mavzu haqida tushuncha hosil qilibgina qolmasdan,mustahkamlab oladi. Dars jarayonida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash chog’ida, avvalombor, o‘quvchilarni darsga tayyorlab olishi kerak.Yaxshi dars o‘tilishi,o‘quvchilarning yaxshi o‘zlashtira olishi eng birinchi navbatda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilishi,o‘tilgan mavzuni dab-durustdan boshlab,ularga o‘tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar berishdan emas, aksincha o‘quvchilarni o‘tilgan mavzu haqida qisqacha tasavvur hosil qilib olishiga bog’liq. “T.A.R.I.X.”-bu usul quyidagi jadval asosida to‘ldiriladigan jamoa o‘yinli usulidir. Ya’ni “T.A.R.I.X.” usuli quyidagi so‘zlarning bosh harflaridan olingan bo‘lib, T-test savollar, A-anagrammalar,R-raqamlardagi voqealar, I-ikki tarixiy jarayonni solishtirish, Xulosa kabi qismlardan iborat bo‘lib,bu jadvalni guruh bilan birgalikda to‘ldirish orqali o‘quvchilar mavzuning asosiy mazmuni keltirib chiqarishadi. “Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli —mavzuni o‘z fikri va o‘z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta’minlab beruvchi usuldir.18 Bu usul orqali o‘quvchilarni shu fanga nisbatan qizig’ishini uyg’otish, mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta’minlaydi.Qolaversa, o‘quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog’ida eslab qolishi quyin bo‘lgan ko‘plab uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni eslab qolishga,mustahkamlab olishiga yordam beradi.
«Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini qo‘llash bosqichma-bosqich va ma’lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi.Har bir bosqich mobaynida o‘quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi va so‘nggi III-bosqichda o‘quvchilar to‘liq biror-bir mavzuning mazmunini o‘z fikri va o‘z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular quyidagi bosqichlardan iborat: Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini birinchi marta qo‘llashda o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish uchun o‘qituvchi bir mavzuni olib,shu mavzuning asosiy mazmunini rasm yoki belgilar orqali tasvirlab beradi.(Bu usul haqida to‘liq tushunchalar keyingi bosqichlarda berilgan.Shu II va III bosqichlarga tayangan holda o‘qituvchi bu usulni qo‘llashi kerak) Bu usul o‘quvchilar bilan yakka tartibda amalga oshiriladi.Ya’ni har bir o‘quvchiga sinfda o‘tilgan mavzuning mazmuni o‘z g’oya va tasavvurlarini turli-tuman belgilar va rasmlar orqali bir varaqqa chizib kelish uyga vazifa qilib beriladi. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo‘lmaydi. Mavzuning mazmunini rasmlar orqali aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo‘lgan ism,nom yoki yillar,rasm va belgilarga qo‘shib yozib qo‘yilishi mumkin.Chunki yoddan chiqadigan uzunroq ism,yil rasm yoki belgiga chizib qo‘yilsa,o‘z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko‘tarilganda yuqoridagi yozib qo‘ygan ism,nom va yilga qarab yodga solishi va o‘z fikrini davom ettirish mumkin.Keyingi darsda o‘quvchilardan birma-bir bu rasmlar orqali nimani aks ettirgani so‘ralib,fikrlari tinglanadi va chizib kelgan rasm yoki belgilari qanchalik mavzuning mazmunini keltirib chiqarayotganligi o‘quvchilar bilan tahlil qilinib,xulosa va shu o‘quvchiga yo‘nalish beriladi. Bunday yakka tartibda bu usuldan foydalanish natijasida, fikrlash doirasi kengayib boradi va keyingi III bosqichdagi guruhlar bilan bu usuldan foydalanishiga zamin hozirlanadi. Ya’ni bizga ma’lumki guruhlar bilan ishlanganda ayrim past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon etmasligi mumkin.Buning oldini olish maqsadida bu usul har-bir o‘quvchidan alohida-alohida so‘raladi va hamma o‘quvchini faolroq qatnashishini ta’minlaydi. Yakka tartibda bu usuldan 5-6 dars mobaynida foydalaniladi. So‘ngra III bosqichdagi „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining guruhlar bilan ishlash tartibidan foydalaniladi. Guruhlar bilan ishlash natijasida „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining III bosqichi quyidagicha amalga oshiriladi.


Xulosa
O‘zbekisron Respublikasida ta’lim 1990 yilda qay tartibda edi, hozirgi kunda ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratildi. O‘quvchilarning bilimli va savodli bo‘lishiga har tomonlama sharoit yaratilgan. Hozirgi kunda ta’limda o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish uchu PEZA test, video rolik, Vend diogrammasi keng qo‘llanilib kelmoqda.Tarix darsini xaritalar, diagrammalar, rasmlar, bo‘r chizmalar va boshqa vizualizatiya turlaridan foydalanmasdan turib, kerakli darajada o‘tkazish mumkin emas. Ular tarixiy materialni talabalarga tushunarli qilib taqdim etish imkonini beradi. Vizualizatsiya ularning e'tiborini, fikrlashini va xotirasini faollashtiradi (psixologlar isbotladilarki, odam ko‘rgan narsasining 50 foizini eslab qoladi, eshitgan narsasi esa atigi 20 foizni tashkil qiladi), uni charchamasdan diqqatni darsning bir elementidan ikkinchisiga o‘tkazishga majbur qiladi. talaba.
Ko‘rgazmali qurollarda umumlashtirilgan tarzda aks ettirilgan tarix bevosita idrokning yaxlitligini ochib beradi.
Vizual usul beradi keng ochiq maydon (https://ief-usfeu.ru/uz/kak-velika-moya-zemlya-kak-shiroki-prostory-stihi-o-rodine-i-rostovskoi/) ijodkorlik uchun. O‘quvchilar ko‘rgazmali qurollarni o‘zlari tayyorlab, o‘quv materialini taqdim etishda foydalanishlari mumkin.
Zamonaviy didaktikada ko‘rinish tushunchasi idrokning har xil turlarini (ko‘rish, eshitish, taktil va boshqalar) anglatadi. Ko‘rgazmali qurollarning birortasi ham mutlaq ustunlikka ega emas
boshqalar. Tarix fani o‘qituvchisida ko‘plab illyustratsiyalar, rasmlar, fotosuratlar, devoriy xaritalar va boshqalar bo‘lishi kerak, ular o‘qituvchining hikoyasini illyustratsiya qilish va darslik matn materialini to‘ldirish imkonini beradi.
Vizual ta'lim - o‘rganilayotgan hodisalarni bevosita idrok etish asosida yoki ularning tasvirlari yordamida o‘quvchilarda g'oyalar va tushunchalar shakllanadigan mashg'ulot. Vizualizatsiyadan foydalanib, o‘qituvchi o‘qitishga juda muhim nuqtani - jonli tafakkurni kiritadi, bu, siz bilganingizdek, oxir-oqibatda har qanday bilishning boshlang'ich bosqichidir. U mavhum g'oyalar va so‘zlarga emas, balki o‘quvchi tomonidan bevosita idrok etilgan aniq tasvirlarga asoslanadi.



Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling