Chirchiq davlat pedogogika instuteti


Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1155428
1   2   3   4   5   6
Masofaviy o‘qitish jarayonining o‘ziga xosliklari. 
1.Eguluvchanlik. O‘quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir. 
2.Modullik. 
3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda. 
4.O‘zaro ta‘sir etish. 
6.3.Masofaviy ta’limning didaktik tizimi. 
Hozirgacha mavjud didaktik tizimda ta’lim jarayoni 7 ta elementni o‘z ichiga olar 
edi: ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ta’limning shakli, 
vositasi va metodlari. 
Masofaviy ta’limning didaktik tizim esa 12 elementni o‘z ichiga oladi. 
9- chizma
maqsad 
 
O‘quv-moddiy 
mazmun o‘qituvchilar 
Nazorat 
Metodlar
Normativ-huquqiy 
vositalar o‘quvchilar 
iqtisodiy 
shakllar 
 
marketing 
 
Qo‘shimcha elementlar, ya‘ni o‘quv moddiy, nazorat, normativiy-huquqiy, 
iqtisodiy, marketing kabilar an‘anaviy didaktik tizimda ham ko‘zga tashlanmay 
ishtirok etadi,lekin pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta’limdagi kabi 
printsipial ahamiyat kasb etmaydi. 
 


Masofadan o‘qitishning metod va vositalari. 
Masofadan o‘qitish texnologiyasi (MO‘T) mahsus metod,vosita va o‘qitishning 
tashkiliy shakllari tizimi bo‘lib,ta’lim mazmunini ko‘p tarmoqli ravishda amalga 
oshirishga qaratilgan. 
Oliy o‘quv yurtlarining ko‘pgina o‘qituvchilari (pedagogika va didaktika 
o‘qituvchilaridan 
tashqari) 
“o‘qitish 
metodi” 
tushunchasiga 
unchalik 
qiziqmaydilar. Chunki ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qitish faoliyatini empirik tarzda
o‘rganib oladilar. Ular asoson kafedra mudirilari yoki yetakchi professor – 
o‘qituvchilariga taqlidan o‘qitish usullarini qo‘llaydilar. Lekin shu usullar qaysi 
ta’lim metodlari tizimiga kirishini bilmaydilar yoki qiziqmaydilar. Ta’lim metodini 
bilish ta’limni takomillashtirish-ning muhim shartlaridan biridir.Ta’lim metodi har 
hil o‘quv predmetlarini o‘qitishni qanday amalga oshirish yo‘larini belgilaydi.Ta’lim 
metodi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati to‘g‘risida nazariy tushuncha beruvchi 
didaktik kategoriyadir.Masofadan o‘qitish har hil ta’lim metodlari orqali amalga 
oshiriladi va unda bir qancha usullardan foydalaniladi.Har bir usul muayyan 
harakatlardan iborat bo‘lib,o‘qitishning hal hil didaktik vositalari yordamida 
ma‘lum bir maqsadga erishishga qaratiladi. Masofadan o‘qitish metodlaridan 
foydalanganda qo‘ydagi usullarni qo‘llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, 
tushintirish, hikoya, suhbat, mashq, masala yechish, material ni yodlash, yozma 
ish va takrorlash kabilar. [4] 
Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o‘quv mazmuni o‘z ichiga olgan masofaviy 
o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchi qo‘lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim 
etish, o‘quvchilarning o‘rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini 
bajaradi. Ma‘lum bir o‘quv materiali bir qancha o‘rgatish vositalari (bosma 
materiallar, audio-video va boshqalari) bilan berilishi mumkin. Vositalarning har 
biri o‘z didaktik imkoniyatlarga ega. O‘qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o‘quv 
materialini har hil vositalarga ko‘ra bo‘lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga 
oshirishga qaratilgan o‘quv axborotlarni tashuvchi tizim sifatida o‘quv 


materiallaridan o‘quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o‘qitish 
tizimi vositalari qo‘ydagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
1.Darsliklar (an‘anaviy darsliklar,elektron darsliklar,qo‘llanmalar, spravoch-
niklar va boshqalar). 
2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar; 
3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o‘qituv tizimlari; 
4.Audio va o‘quv axborot materiallari
5.Video o‘quv-axborot materiallari; 
6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari; 
7.Masofaviy trenajyorlar; 
8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi; 
9.Masofaviy elektron kutubhonalar; 
10.O‘rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o‘qitish vositalari; 
11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o‘qitish vositalari; 
12.Virtual reallikka asoslangan o‘qitish vositalari. 
Masofadan o‘qitish tizimida o‘qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari 
vositasida amalga oshiriladi.Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz. 
Darsliklar. Didaktik bosma materiallarni tayyorlashda qo‘ydagilarga asoslanishi 
kerak. 
O‘quv qo‘llanmalar shunday tuzilishi kerakki,o‘quvchi faqat zarur hollardagina 
qo‘shimcha o‘quv axborotga murojaat qilsin. 
O‘quv material strukturasini tashkil etishda modul printsipidan foydalanish kerak. 
Materialni mustaqil o‘zlashtirish va mustaqil ish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar 
berilishi lozim. O‘quv qo‘llanmada nazorat vazifalari,bilimni tekshirish uchun savol 
va javoblar, mashqlar bo‘lishi kerak. Umuman olganda o‘quv materiallar quydagi 
strukturaga (o‘quv predmetiga ko‘ra invariant) asoslangan bo‘lishi kerak: 


Kirish (dastur va mutahassislikni tarihi predmet, aktualligi boshqa 
predmetlar bilan bog‘liqligi va o‘rni); [8] 
Kurs bo‘yicha o‘quv dastur; 
Kursning maqsadi va vazifalari; 
Kursni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalari; 
Mundarija; 
Bo‘lim (modul)lar bo‘yicha asosiy material tartibga solingan
Bo‘limlar bo‘yicha o‘rganish uchun javoblari mavjud bo‘lgan testlar, savollar va 
masalalar; 
Yakuniy test; 
Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar; 
Kichik ilmiy tekshirish ishlari uchun tematika; 
Atamalar lug‘ati; 
Qisqartirmalar ro‘yhati; 
Yakuniy qism; 
adabiyotlar ro‘yhati (asosiy, qo‘shimcha, fakultativ); 
Hrestomatiya (kurs tematikasi bo‘yicha darsliklar, ilmiy maqolalar, metodika 
lardan misollar); 
Qo‘llanma muallifining qisqacha ijodiy biografiyasi. 
Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar rangli qilib ishlangani ma‘qul; 
Kirish – to‘q sariq, notanish so‘zlar lug‘ati – pushtiriang, tekst – oq-qora, 
mashqlarga kalitlar to‘q ko‘k, o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari och- sariq, topshiriqlar 
(testlar) – yashil ranglarda. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling