Chirchiq iqtisodiyot va pedagogika instituti
Misrjla tabaqalanish va qulchilikning kuchayishi
Download 87.06 Kb.
|
Kurs ishi Yerimbetov Jahongir(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «tirik murdalar»
- Qadimgi podsholik davrida Misr 1. Qadimgi podsholik davrida Misr.
- 4-sulola
- 6-sulola
5. Misrjla tabaqalanish va qulchilikning kuchayishi. Misrda xo`jalik asta-sekinlik bilan rivojlanib borgan. Aholining yuqori tabaqa-lari fir`avn, amaldor, askarboshi, ruhoniy va nufuzliy oqsoqollar boyib ketganlar. Dehqonlar, hunarmandlar va mayda savdogarlar aholining o`rtahol tabaqasini tashkil etardi. Mamlakat aholisining anchagina qismi kambag`al dehqoplar va qashshoqlardan iborat edi. Misr fir`avnlari urushda asir tushganlarni qulga aylantirar edilar. Dastlabki vaqtlarda asirlar dushman sifatida o`ldirib yuborilgan. Shuning uchun misrliklar ularni «murdalar» deb atashardi. Keyinchalik esa asirga tushgan kishilarni o`ldirmaydigan bo`ldilar. Ular qul qilib sotilar, harbiylar va zodagonlarga bo`lib berilarredi. Omon qolgan asirlarni «tirik murdalar» deyishardi. Bu «tirik murdalar» qullar tabaqasini tashkil etib, ular hech qanday mol-mulkka va huquqqa ega emasdilar. Quldor qul ustidan cheksiz huquqqa ega bo`lib, uni sotish, jazolash, kaltaklash va hatto o`ldirishga ham haqqi bor edi. Qullarning barchasi, kon qazuv ishlarida, kanal, to`g`on, imorat, yo`l qurish ishlarida ishlatilar va qishloq xo`jaligidagi og`ir ishlarni bajarar edilar. Cho`rilar ayol qullar ko`proq uy-xo`jalik yumushlarida ishlar edilar. Qul egasi quldor deyilgan. Qullar quldorlar uchun ishlaganlar. Quldorlar qullarga ular ishlay olishlari uchun ovqat berganlar xolos. Quldorlar esa qullar mehnati evaziga rohat-farog`atda yashaganlar. Shunday qilib Misr dunyodagi dastlabki quldorlik davlati edi.
Qadimgi podsholik davrida Misr 1. Qadimgi podsholik davrida Misr. Hikoya qilganimizdek 12- sulola fir`avnlari Misrni birlashtirishga asos solganlar. Qadimgi podsholik davri miloddan avvalgi 2800-yildan 2250-yilgacha davom etib, unda 36-sulola fir`avnlari hukmronlik qilganlar. Misr fir`avnlari podsholikni kengaytirish, mustahkamlash va markazlashtirish uchun kurash olib borganlar. Misr fir`avnlari boylik orttirish maqsadida qo`shni mamlakatlar ustiga qo`shin tortib borganlar. 4-sulola podshosi Snofru janubda Nubiya, shimoli-sharqda Sinoy yarim oroli, Falastinga g`arbiy yo`nalishda Liviya qabilalari ustiga harbiy yurishlar qilgan. U misga boy Sinay yarim orolini Misrga qo`shib olgan. Nubiyadan 7 ming asir, 200 ming chorva va juda ko`p qimmatbaho buyumlar olib ketilgan. 4-sulolaning so`nggi vakillari davridan boshlab mamlakatda ichki qarama-qarshilik kuchaygan, qo`zg`olonlar boshlangan. 6-sulola namoyandalari davrida ya`ni miloddan avvalgi XXIVXXIII asrlarda podsholik kuchsizlanib, qadimgi Misr davlati parchalanib keta boshlagan. Podsholikka itoat etgan davlatlar mustaqil bo`lish uchun intilganlar. Download 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling